Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Abidal» atrofidagi mash-mashalar yoxud Yumtitining «Barsa»dagi kelajagi qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy mavsum yakunida «Barselona»ning fransiya­lik himoyachisi Samyuel Yumtiti xususidagi gap-so‘zlar tobora avjiga chiqmoqda.To‘g‘ri, futbolchi o‘z vazifasini talab darajasida ado etmoqda. Shu bilan birga o‘zining moliyaviy holatidan mamnun emasligini yashirmayapti.

2012 yil qishda jarohat tufayli ikki markaziy himoyachilari - Lovren va Krisdan judo bo‘lgan «Lion»­da keskin vaziyat yuzaga kelgandi.

«Jamoa yangi markaziy himoyachini izlayotgan, skautlar esa turli variantlarni taklif eta boshlagan pallada men kelajagi porloq Yumtitini tilga oldim», - deydi jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Remi Gard. Aynan shu mutaxassisning tashabbusi bilan ikki oy muqaddam 18 yoshini qarshilagan iqtidor sohibi asosiy tarkibdan joy oldi.

Gard unga xuddi o‘z o‘g‘lidek ishonch bildirdi. Bu bejiz emasdi, albatta - Sem himoyaning so‘l qanotida ham, markazda ham risoladagidek to‘p surardi.

Ana shu fazilat yosh futbolchiga «Yangi Abidal» taxallusini sovg‘a qildi. Bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan (182 sm.) himoyachi atletizm evaziga bu kamchilikni bartaraf etadi. Faoliyatining dastlabki bosqichida Sem tez-tez pozisiyasini yo‘qotib qo‘yish kabi kamchiliklardan xoli emasdi. Ammo hozirda bu «xastalik»lardan batamom forig‘ bo‘lgan.

Barselonaga esa himoyachi «Lion»dagi 4,5 yillik malaka oshirishdan so‘ng yo‘l oldi. O‘shanda 22 yoshli futbolchi fransuz klubining asosiy tarkibida 150 martadan ko‘proq maydonga tushgandi. E’tiborlisi, Yevro-2016da Didye Desham Yumtitini tarkibga kiritmagandi.

Biroq Sem yirik musobaqa shukuhidan to‘liq bahramand bo‘ldi. Matyo asosiy tarkibdan tushib qolganida, uning o‘rnini Rami to‘ldirdi. Lekin Varan jarohat olganidan keyin Desham aynan Yumtitini taklif etdi. Bungacha Sem terma safida biror marta ham maydonga tushmagandi.

Shunga qaramay, debyutni o‘ta muvaffaqiyatli nishonladi - Islandiya bilan bo‘lgan chorak final bahsida uning ijrosidagi 75ta uzatmaning barchasi jamoadoshlariga aniq yetib borgandi.

Aslida «Barselona» Yumtiti ortidan quvmadi, u Markinyos-Laport-Stounz uchligidan bir himoyachini xarid qilish niyatida edi. Biroq bu reja amalga oshmadi. Shundan keyin Sem 25 mln. evaziga Kataloniyaga yo‘l oldi.

Joriy mavsumda markaziy himoyachi har bir o‘yinda o‘rtacha 70ta uzatmani amalga oshirmoqda. Ularning aniqlik foizi - 91 foiz. Ta’kidlash joizki, shunchaki vaqtni «o‘ldirish» maqsadida himoya chizig‘idagi sheriklariga oshirilgan to‘plar bu ko‘rsatkichda aks etirilmagan.

Xullas, La Ligada ishonchli to‘p surishda davom etmoqda. Bir qarashda hammasi risoladagidek - bir yo‘la bir nechta sov­ringa da’vogarlik qilayotgan nomdor jamoa safida o‘ynash hammaga ham nasib etavermaydi. Biroq yosh himoyachi hozirdan boshlab futbolchilikdan ke­yingi hayoti farovonligini ta’minlash xususida qayg‘ura boshladi.

O‘yin saviyasiga nisbatan transfer bahosining arzonligi (60 mln.) boshqa jamoa­larning fransiyalik futbolchiga qiziqishini oshirdi. Sem esa «Kamp Nou»ni tark etish niyatida bo‘lmasa ham bu vaziyatdan unumli foydalanish yo‘lini axtara boshladi. Manba xabarlariga ko‘ra, Yumtiti yiliga 5-6 mln. atrofida ish haqi olib, bu borada Suares va Inyestaga yaqinlashib olish niyatida.

«Kataloniyaliklar azaldan o‘zgacha qadriyatlarni ilgari surib keladilar - «Barsa» tarkibida to‘p surishning o‘zi ulkan sharaf! Messi, Inyesta, Xavi, Puyol va Pike kabi yulduzlar shunday ruhda tarbiyalanishgan:

«Sen maydonda shunday to‘p surki, mutasaddilar seni iloji boricha ko‘proq «Kamp Nou»da olib qolish payida bo‘lishsin. Moddiy manfaatdorlikni ularga qo‘yib ber. Hammasi o‘yiningga bog‘liq».

Yumtiti esa o‘zi yoki agent vazifasini bajarayotgan akasi Yannikning tashabbusi bilan biroz shoshqaloqlika yo‘l qo‘ydi. Oqibatda ko‘pchilikni o‘ziga qarshi qilib qo‘ydi.

Bundan tashqari, Sem ba’zan tiliga erk berib yuboradi. Masalan, Kataloniyaga kelganiga hech qancha bo‘lmay turib jamoa­ning avvalgi uslubini tanqid ostiga oldi: «Barsa»ning Raykaard davridagi uslubi menga yoqardi. Pep kelganidan keyin o‘yinning jozibasi pasaydi. Uning uslubiga ko‘ra, jamoa to‘pni uzoq ushlab turadigan bo‘ldi. Bu juda zerikarli».

Qizig‘i shundaki, arzon bahodagi mohir himoyachiga talabgorlar orasida Gvardiolaning «Manchester Siti»si ham bor. Shuningdek, «MYU»ning yiliga 9 mln.lik maosh berishga tayyorligi haqida ham xabarlar yo‘q emas. Ayrim gap-so‘zlarga ko‘ra, yozda Yumtitini o‘z safida olib qolish «Barselona»ga oson bo‘lmaydi.

Agarda Sem «Kamp Nou»da qolsa, himoya chizig‘ining hukmdoriga aylanadi. Jamoa esa bir-ikki yildan keyin Jerar Pike o‘rniga munosib sherik topish payiga tushadi.

Mabodo tomonlar kelisha olishmasa, Ernesto Valverde uchun qo‘shimcha bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi. Fransiyalikning ketishini kutayotganlar ham yo‘q emas - Dayo Upamekano («RB Leypsig»), Tilo Kerera («Shalke») va Kleman Langle («Sevilya») kabi mutasaddilar uchun «Barselona» bilan manfaatli kelishuvga yo‘l ochiladi. Biroq bu hozircha taxminlar, xolos.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:00, 22.04.2018. O'qildi: 5213 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик