Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prezident qarori ijrosi: Yangi futbol akademiyalari qay tartibda tashkil etiladi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Futbol muxlislarimizga yaxshi ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorning bir qator bandlarida respublikamizda futbol akadameyalarini tashkil etishga e’tibor qaratilgan bo‘lib, shunga asosan hozirgi kunda O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Qarorga ko‘ra, hozirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ixtisoslashtirilgan Futbol maktab internatlari tugatilib, respublika bo‘yicha 14ta Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari va 1 ta Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etish rejaga kiritilgan. IFMIlarni tugatishga asosiy sabab, ushbu sport maktablarining asosiy vazifasi mamlakatimizga sara sportchilarni tayyorlab berish bo‘lishiga qaramay, ular bugungi kunda umumiy ta’lim maktablariga aylanib qolmoqda. O‘qishga kelgan bolalarning sportga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishlari, iqtidorlari hisobga olinmasdan pala-partishlik bilan o‘qishga qabul qilingan. Buning natijasida, sport maktablarining umumta’lim maktablaridan farqi tobora yo‘qolib borayotgandi.

Shundan kelib chiqqan holda, bolalarning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, professional futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash va O‘zbekiston milliy terma jamoalariga nomzodlarni yetkazib berish, o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, IFMIlar o‘rnida respublika bo‘ylab viloyat markazlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 tadan markazlashgan Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil qilinadi. Shuningdek, Toshkent shahrida alohida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil qilinib, viloyat hududiy futbol akademiyalarining saralab olingan eng iqtidorli futbolchilari ushbu akademiyada tahsilni davom ettiradilar.

“Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga yosh sportchilar qat’iy tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlovning shaffofligini ta’minlash maqsadida, qabul jarayonida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati va OAV vakillari ishtirok etadi. Ushbu akademiyalarda murabbiylardan tashqari 4 ta seleksionerlar shtati tashkil qilingan bo‘lib, ushbu seleksionerlar butun viloyat bo‘ylab yosh va iqtidorli bolalarni topishga safarbar qilinadi.

So‘ngra ushbu yosh iqtidor egalari hududiy futbol akademiyalariga taklif etilib, yiliga bir marta imtihonlardan o‘tkaziladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh futbolchilar hududiy akademiyalarda 7ta, Respublika akademiyasida 6ta yosh toifasiga ajratilgan holda ta’lim olishni boshlaydilar. Har bir o‘quvchi uchun akademiya yotoqxonasidan joy va kuniga 4 mahal ovqatlanish tashkil etiladi. Hududiy futbol akademiyalarining yosh tasnifi 11 yoshdan 17 yoshgacha.

Respublika futbol akademiyasining yosh tasnifi esa 13 dan 18 yoshgacha etib belgilangan. Ushbu hududiy futbol akademiyalarida o‘qish bepul bo‘lib, bitiruvchilar xohlagan sport maktablarida murabbiylik qilishi yoki O‘zbekiston professional ligasi va Pro-ligada futbolchilik faoliyatini olib borishi mumkin. Bitiruvchilarga akademiyaning maxsus diplomi taqdim etiladi” – deydi O‘FA mutaxassisi O‘ngar Djalimov.

Ta’lim oluvchilarning 7 xil yosh tasnifiga bo‘linishiga sabab, bolalar organizmi turli yoshda turli qiyinchlikdagi jismoniy tayyorgarlikka mos bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda ushbu akademiyalardagi mutaxassislar tomonidan turli yoshlar bilan O‘FA tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus mashq dasturlari va normativlarga asosan yosh futbolchilarga saboq berib boriladi. Darslar va mashg‘ulotlar jarayonida dunyoning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol akademiyalari hozirgi paytda foydalanayotgan usullar qo‘llaniladi.

Ayniqsa, mashg‘ulotlar va nazorat uchrashuvlari zamonaviy texnik vositalar yordamiz yozib olinib, akademiya tarbiyalanuvchilariga namoyish qilinadi va ularning harakatlari tahlil qilib boriladi. Bunday jarayon bugungi kunda professional futbolchilarni tayyorlashda dunyoning eng kuchli futbol akademiyalarida qo‘llanib kelinadi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur qarorga asosan tashkil etilayotgan ushbu futbol akademiyalari o‘zbek futbolining rivojida o‘ziga xos o‘rin tutishi shubhasiz.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:52, 23.04.2018. O'qildi: 2801 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик