Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orzu sari yo‘l yoxud Mark Andre ter Shtegenning faoliyati haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen «Selta»ga qarshi kechgan bahsda (2:2) ilk bor sardorlik bog‘ichida maydonga tushdi.

Yaqinda 25 yoshli mahoratli kiper ThePlayersTribune.com saytiga ota-onasining garajidan boshlab, to «Kamp Nou»gacha bo‘lgan hayot yo‘li haqida gapirib berdi.

SHIKASTLANGAN BURUN

- Bu aynan kiperlikni tanlashimga sabab bo‘lgan voqea, - deydi Ter Shtegen. - Menxengladbaxning «Borussiya» klubi bolalar jamoasi darvozasini qo‘riqlayotganlar deyarli har bir uchrashuvda burunlaridan jarohat olishardi. Murabbiy bu pozisiyada o‘ynaydiganlarga ehtiyoj sezsada, hech kim posbon bo‘lishni istamasdi.

Natijada men ko‘ndim. Bundan avval hujumda o‘ynab, gollar urardim. So‘ngra darvozadan o‘rin oldim va... bu menga yoqib qoldi. Ilk o‘yindayoq kiperlikka mehr qo‘ydim deyolmayman, ammo o‘zimni erkin his etdim.

Navbatdagi o‘yinlarda esa xotirjamlik ortib boraverdi. Sheriklarim ham, ota-onam ham o‘z ishimni a’lo darajada uddalayotganimni tez-tez ta’kidlashardi.

Uyimiz yaqinida mo‘’jazgina bog‘cha bo‘lsada, u yerda to‘p surishga ruxsat berishmasdi. To‘ng‘ich akam bilan o‘yin uchun garajni jihozlagandik. Men zarba yo‘llardim, akam darvozabon vazifasini o‘tardi. To‘rt yoshga to‘lganimda, bobom meni «Borussiya» maktabiga olib bordi. U yerda bizga kim yordam berishi mumkinligini bilardi.

Meni jamoaga qabul qilishdi. Tabiiyki, dastlabki mashg‘ulotdayoq ko‘p narsalarni o‘rgandim. Aytganimdek, bundan avval torgina garajda to‘p tepgandim.

Devor tomon zarba yo‘llayotganingizda to‘p faqat bitta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi - ya’ni faqat devorga. Siz tepasiz, to‘p esa sizga qaytadi. Futbol maydonida esa ikki tomon, ikki yo‘nalish borligi xayolimga kelmagandi.

Mana, to‘pni egallashim hamono onam, buvim va bobomning ovozlarini eshitdim. Shu zahoti miyamda bir fikr charx urdi: «Aftidan, ilk to‘pga ilk tegishimdayoq barchani lol qoldiraman, shekilli».

Gol urdim va ortimdan bir ovoz eshitildi: «Hoy, sen boshqa darvozani nishonga olding-ku!». Darvozani ilk bor ishg‘ol qilishim shu tariqa yakun topgandi.

XOTIRALAR IFORI

- Bobom haqida nima deyishim mumkin? Uning avtomobili marka va modeli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, hamisha toza turardi. Birorta dog‘ ham topolmasdik. U avvallari polisiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari lavozimida ishlagandi. Bobom bilan juda yaqin edik.

Mashg‘ulotlarga ketayotganimizda, mashinaning orqa o‘rindig‘ida meni ro‘molchaga o‘rog‘liq maxsus shirinlik kutib turardi. Yo‘l-yo‘lakay uni paqqos tushirardim.

Turnirlarda qatnashayotganimda, uydan ancha uzoqda bo‘lishimga qaramay, bobom va buvim har gal o‘sha yerga tashrif buyurib, o‘zlari bilan butun jamoa uchun yegulik olib kelishardi. Xilma-xillikni yoqtiradigan bobom turli mevalar, sabzavotlar, uy noni kabi mahsulotlar bilan barchamizni to‘ydirardi.

O‘sha kezlari bobom trubka chekardi, undan vanil isi kelardi. Keyinchalik chekishni tashladi. Men hech qachon chekmaganman, ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Ammo o‘sha paytdagi hid... uni juda yoqtiraman. Balki juda yoqimlimasdir, ammo xotiralarimning ifori shunaqa.

Bobom menga ko‘p narsalar haqida gapirib berardi - nima yaxshiyu, nima yomon, hayot bizga taqdim etadigan sinovlar. Futboldan boshqa hamma mavzudan so‘zlardi. Chunki millionlar o‘yini haqida eshitishni xohlamasdim.

Menga qanday o‘ynashim lozimligini o‘rgatishlarini yoqtirmasdim. Bobom bundan xabardor edi. Ha, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, futbolni mustaqil ravishda o‘rganishni xohlardim.

YOLG‘IZ BO‘LISHNI XOHLADIM

- Bir safar, o‘shanda 14 yoki 15 yoshda edim, murabbiy o‘yindan so‘ng mendan qattiq ranjidi. Aynan qaysi harakatim uchun bunday bo‘lganini eslolmayman. Shunchaki, uning jahli chiqqani, jamoadoshlarim oldida mening qanchalik yomon o‘ynaganimni aytgani yodimda. Avvallari men bilan bunday ohangda gaplashmagandi. Onamning avtomobilida o‘tirarkanman, ko‘zimdan duv-duv yosh oqardi. Bir necha kundan so‘ng tushuna boshladim: «Darhaqiqat, yomon o‘ynadim. Murabbiyning gapida jon bor». Ustozim aynan qaysi jihatlar bo‘yicha ishlashim kerakligini bilardi. Menga nisbatan qattiqqo‘llik qildimi? Albatta. Ammo rostini aytganda, shunga ehtiyojim bor edi. Professional futbolchi bo‘lganimda meni nimalar kutayotganini ko‘rsatib beradigan kishiga muhtoj edim. Har taraflama kuchayishim shart edi.

O‘ylashimcha, o‘shanda diqqatni jamlab, o‘zimni futbolga bag‘ishlashim kerakligini tushundim. O‘zimga nisbatan talabchanlikni oshirdim. Onam va bobom bilan futbol haqida gaplashishni istamasdim.

Barchasini o‘zim hal qilishga, yanada mustaqil bo‘lishga intildim. 15 yoshga to‘lganimda, bemalol skuter haydardim. Bobomga meni har kuni kuzatishi shart emasligini aytdim. Mashg‘ulotlarda yolg‘iz bo‘lishni xohlardim. Bobom esa qanchalik qiyin bo‘lmasin, ko‘nishdan o‘zga iloj topolmadi.

IKKI SABAB

- 2014 yili «Barselona» safiga qo‘shilish imkoniyati tug‘ilganda, taklifga rozi bo‘lish qiyinchilik tug‘dirdi. Mening olamim - oilam va «Borussiya» edi. O‘z olamimni tark etishim mumkinmidi? Ammo ushbu transferga ikki sabab tufayli ko‘ndim. Birinchisi - albatta, o‘yin uslubi. Hamisha o‘tishim mumkin bo‘lgan yagona jamoa - bu «Barselona», deb o‘ylardim. Bu klubning to‘p bilan muomalaga katta e’tibor qaratishi, oyoqlarini tez-tez ishga soladigan darvozabon uchun ayni muddao. Men esa xuddi shunday kiperlar sirasidanman.

Ikkinchi sabab keyinroq tug‘ildi. O‘shanda Andoni Subisarreta bilan tanishdim. Uning qarorimga kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkinligi xayolimga ham kelmagandi. O‘zaro suhbat chog‘i Andonining «Barselona» o‘yiniga bevosita taalluqli ekanligini his etdim.

Subisarreta klub, uning tarixi, o‘yin tajribasi, shuningdek, yangi jamoa, yangi shaharga ko‘chib o‘tish qanday ta’sir etishi mumkinligi haqida gapirdi. Bir so‘z bilan aytganda, «Barselona» futbolchisi bo‘lish nima ekanligini tushuntirib qo‘ydi. Ro‘paramda yoqimtoy, menga iliq munosabat bildirayotgan insonni ko‘rib turardim.

«Barsa» libosida to‘p surayotganimdan faxrlanaman. Bu men uchun futboldan ham ko‘proq narsani anglatadi. Shahar, klub ishqibozlari... Kataloniyada hech qachon o‘zingni yolg‘iz his qilmaysan. Hech narsani mustaqil hal etolmaysan.

«ODDIY KLUB EMAS...»

- Birinchi marta kiyinish xonasiga kirganimda, klub men bilan birga Ivan Rakitichni ham sotib olganidan xursand bo‘ldim. U nemischa va ispanchada bemalol gapirardi, chunki «Sevilya»da o‘ynagandi.

Dastlabki oylar mobaynida Ivan menga tarjimonlik qildi. Ammo men yigitlar bilan faol suhbatlashib, ularni tushunishni xohlardim. Shu tariqa ispan tili darslariga qatnay boshladim. Biz shunchaki oddiy klub emasmiz va bu ayni haqiqat. «Barselona»da qandaydir o‘zgacha narsa bor.

«Borussiya» men uchun hamisha qadrli bo‘lib qolaveradi. U yerda faoliyatimni izga solganman, Menxengladbaxda to‘p surarkanman, ko‘plab bolakaylar singari «Kamp Nou»da to‘p surishni orzu qilganman. Tasavvur qilyapsizmi, bobom hech qachon bizning stadionga kelmagan!

Unga Kataloniyaga kelishi lozimligini ko‘p marotaba aytganman. Bir kuni bobom, albatta yo‘lga chiqadi. Mabodo «Kamp Nou» yaqinida pomidor va katta qalampir ko‘targan qariyani ko‘rib qolsangiz, bilingki - bobom kelibdi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:26, 08.05.2018. O'qildi: 5830 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.