Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9983 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3096 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Son Xyun Min: «Vatandoshlarim – faxrim»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Osiyo futbolining bugungi bosh yulduzlaridan biri - «Tottenxem» vakili Son Xyun Min FIFA.com saytiga bergan eksklyuziv intervyusida Rossiyada boshlanadigan jahon chempionatini intiq holda kutayotganini alohida ta’kidladi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi yetakchisi shuning barobarida bolalikdagi kumiri Park Ji Sun va 2002 yilgi mundialning yorqin lahzalarini yodga oldi.

Koreyslar jamoasi jahon futbolining bosh turniri tarixiga kirgan vaqt Son Xyun hali 10 yoshga ham to‘lgan emasdi.

Ko‘pchilik biladi, albatta, Janubiy Koreya termasi Osiyo hududida tashkillashtirilgan ilk mundialda mezbonlardan biri sifatida ishtirok etib, katta shov-shuv ko‘targandi.

Zero, koreyslarning «pley-off raundlarida Italiya va Ispaniya termalaridek futbol gigant-larini yo‘ldan surib tashlashlarini hech kim kutgan emasdi.

Maydon egalari o‘sha JCHda yarim finalga chiqishgan va hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini qudratli Germaniya milliy jamoasiga boy berishgandi.

Yosh Son Xyun barcha vatandoshlari kabi Gus Xiddink boshqaruvida mo‘’jizaviy matonat namoyish etgan koreys yulduzlari - Xon Myun Bo, An Jun Xvan, Sol Gi Xyun ijrosidagi o‘yinlarni cheksiz hayrat bilan tomosha qilgan.

Darhaqiqat, golland mutaxassisi terma jamoani misli ko‘rilmagan balandlikka olib chiqib, butun mamlakatga ertaknamo taassurotlar va g‘urur bag‘ishlagandi.

Allaqachon «Tottenxem» yetakchilari qatoriga kirgan Son Xyun Min JCH-2002 qahramonlarini yodga olar ekan, ular orasida o‘zi uchun Park Ji Sun alohida o‘rin tutganini bot-bot ta’kidlaydi: «U hali ham Koreya tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U hali ham mening asosiy kumirim».

Aytish joiz, Koreya Respublikasi va Yaponiyada tashkillashtirilgan mundialdan 9 yil o‘tib, Son Xyunga mamlakat milliy jamoasi safida o‘z kumiri bilan yelkama-elka turib o‘ynash nasib qildi.

Qolaversa, u «Manchester Yunayted»ning sobiq yulduzi izidan borib, Angliya Premyer-ligasida shuhrat qozonmoqda. Asosiysi, Son Xyun bugun koreyslar jamoasining shubhasiz, bosh yulduzi va yetakchisidir.

— Janubiy Koreya bundan 16 yil oldin jahon chempionatini qabul qilgan va milliy jamoa yakunda 4-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Umuman, mamlakat futboli mundialga mezbonlik qilish asnosida ulkan yuksalishga erishgani ayni haqiqat. O‘sha turnir haqida gap ketganda, aynan nimalarni eslaysiz? Eng yorqin xotirangiz...

— Eh, 2002 yil tortiq etgan taassurotlar bir olam. Ularning hammasi ijobiy. JCH o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilganman va eng yorqin xotira sifatida chorak final o‘yinidan keyingi voqealarni aytishim mumkin. O‘shanda milliy jamoamiz Ispaniya termasi bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi.

Kechagidek yodimda, o‘yindan keyin odamlar ro‘y bergan voqeaga shunchaki, ishonolmay, aqldan ozishgandi, go‘yo. Zero, jamoamizni jahon chempionatida ko‘rishning o‘zidan cheksiz baxtiyor bo‘lardik. Bu yerda esa yarim final. Qisqasi, hamma-hamma qizil futbolka kiyib olib, ko‘chaga chiqqandi, jumladan, men ham.

— Darhaqiqat, hamyurtlaringiz o‘sha turnirda haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishgandi. Yuksak ishtiyoq va ijobiy natijalar asosi nima edi, sizningcha? Xotirangizga muhrlangan muayyan o‘yin vaziyatini ayta olasizmi?

— Italiya va Ispaniya termalari kabi kuchli raqiblar bilan o‘ynab, g‘alaba qozonish - ulkan natija. Albatta, jamoamizda «uy devorlari» qabilidagi ustunlik bor edi, lekin asosiysi, futbolchilar juda uyushqoq holda to‘p surishgan.

Uchrashuvlar davomida kuzatilgan qaysidir vaziyatni esa alohida ajratib ko‘rsatolmayman, chunonchi, JCH-2002ning har bir lahzasi chin fantastika hisoblanadi!

— Bolalik chog‘idanoq Park Ji Sunga futbol kumiri sifatida qaraganingiz rostmi?

— Ha. Aslida ko‘plab futbolchilar o‘yiniga mahliyo bo‘lganman, lekin ular orasida eng yaxshisi - Park Ji Sun. Koreyada APL o‘yinlari muntazam translyasiya qilinardi, ayniqsa, «Manchester Yunayted» ishtirokidagi bahslar. Sababi oddiy - jamoa safida Park to‘p surardi.

Uning Angliyada ko‘plab sovrinlar sohibiga aylangani ko‘pchilikka ma’lum. Menimcha, Park Ji Sun hamon koreyalik eng yaxshi futbolchi. U shuningdek, hali ham mening bosh kumirim.

— Sizga Park bilan xalqaro darajada birga o‘ynash ham nasib etdi. O‘zaro hamkorlik qanday hissiyotlar taqdim qilgandi?

— Milliy jamoa safida Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogi-2011ga borganimizda, 18 yoshli yigitcha edim. Ta’rifi yo‘q hissiyotlar. Axir kechagina kumiri o‘yinlarini televizorda tomosha qilgan bolakayning birdaniga uning yonida shug‘ullana boshlashi...

Muhimi, Parkdan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ji Sun - miyasidan tortib, suyaklarigacha professionallik singib ketgan futbolchi. Harakatlarini diqqat bilan kuzatardim. Hattoki, ovqatlanish tartibiyu, qanday uxlashini ham e’tiborga olganman. Bunda mehmonxonada birga turganimiz qo‘l kelgan.

Ammo Park bilan dangal gaplashishga jur’at etolmasdim, chunki ancha uyatchan bo‘lganman. Umuman, birga o‘ynaganimiz - tengi yo‘q va unutilmas tajriba. Hozirgacha o‘zaro munosabatimiz juda iliq. Chunonchi, Park nafaqat buyuk futbolchi, balki ajo-yib inson ham.

— Braziliya-2014 mundialida bevosita qatnashdingiz. O‘zingiz uchun debyut jahon chempionati nechog‘li taassurot qoldirdi?

— Avvalo, JCHdek yirik musobaqada mamlakatim sharafini himoya qilganimdan g‘ururlandim. Zero, futbolchilar 4 yilda bir martagina shunday imkoniyatga ega bo‘lishadi.

Qolaversa, saralash bosqichidan o‘tish juda qiyin. Mana, menda JCHda o‘ynash tajribasi bor va barchasi nechog‘li mushkulligini yaxshi bilaman. Demoqchimanki, mundial mukammal tayyorgarlikni talab qiladi. 2014 yili tarkibimizdagi ko‘plab yigitlar yosh edilar.

Xususan, aksariyat futbolchilar men kabi JCHda ilk bora ishtirok etishgan. Milliy chempionat yoki saralash bosqichi o‘yinlari esa — mutlaqo boshqa narsa. Demoqchimanki, endi yaxlit jamoa sifatida shaylanishimiz kerak.

— Shvesiya, Meksika va Germaniya termalari - JCH-2018 guruh bosqichida aynan shu jamoalarga qarshi o‘ynashinglarga to‘g‘ri keladi. Bo‘lajak raqiblar haqida ikki og‘iz...

— Juda murakkab kvartet. O‘zi bunday katta turnirlarda yengil guruhga umid bog‘lash noo‘rin. Umumiy qaraganda, shvedlar bizda kuchliroq, meksikaliklar ham, nemislar ham, albatta. Lekin biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashamiz, hech kim shunchaki, yengilishni istamaydi.

Futbolda tarkib jihatidan teng 2ta jamoa o‘zaro bahslashadi. Ha, mahorat, tajriba katta ahamiyat kasb etadi, demak, bo‘lajak mundialda ishtiyoq va tayyorgarlik bobida ustunlik qilishimiz kerak.

— Umuman, Janubiy Koreya termasi o‘z oldiga qanday vazifa qo‘yadi? Misol uchun, «pley-off»ga chiqish...

— Tabiiyki, bu masalada baralla gapirishni istardim, biroq futbolda oddiy «ha» yoki «yo‘q» qabilidagi javoblar bilan ish bitmaydi. Agar haqiqiy ahil jamoaga aylanib, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olsak, o‘ylaymanki, bemalol guruhdan chiqishga da’vogarlik qilamiz.

Umidvormanki, ilk bosqich to‘sig‘idan o‘tishni uddalaymiz. Takror aytaman, guruhimiz o‘ta murakkab, asosiysi esa, o‘z mamlakatim va jamoamga ishonaman. Boshqacha ifoda etganda, Janubiy Koreya bilan faxrlanaman, milliy termadagi sheriklarim bilan ham.

O‘ylaymanki, «pley-off»ga yo‘l olish vazifasini bajarishga qodirmiz, faqat talabga muvofiq, tayyorlansak, bas.

— Endi suhbat mavzusini Angliyaga buramiz: tumanli o‘lkadagi hayotingiz, «Tottenxem» va APL haqida gapirib bersangiz...

— Avvalo, aytishim kerak, Premyer-ligada o‘ynash azaliy orzum edi. Hozir ba’zan aynan o‘z orzumdagi chempionatda to‘p surayotganimga ishonmay qolaman - hammasi zo‘r. Shaxsiy hayotimda ham muammo yo‘q. London - sayyoramizdagi eng go‘zal shahar. Ajoyib klubdoshlarim davrasidagi mashg‘ulotlarda shunchaki, rohatlanib ishlayapman.

Muhtasham «Uembli»da to‘p surishning o‘zi bir olam zavq. Shuningdek, Angliyada safar o‘yinlari ham futbolchini o‘zgacha ilhomlantiradi. Xullas, bu yerda o‘yinning ham bir daqiqasi orombaxsh lahzalarni tortiq etadi.

To‘g‘risi, gohida hammasi tushdek ko‘rinadi, axir APLda to‘p surish men uchun bolalik orzusi edi. Shunchaki, beqiyos hissiyotlar, cheki yo‘q ehtiroslar!

— Xo‘sh, Angliya chempionati uchrashuvlari futbolchi sifatida o‘sishingizga nechog‘li ta’sir qildi?

- Menimcha, bu yerda ham jismonan, ham ruhan yangi darajaga chiqdim. Xususan, o‘yinimning ko‘p jihatlari yaqqol o‘zgardi. O‘z o‘rnida, «Tottenxem» va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Aynan «shporlar» tufayli Bundesligadagi ishtirokimga nisbatan olganda, yuqoriroq saviyaga ko‘tarildim. Hammasi - og‘ir mashg‘ulotlar samarasi. Muhimi, tinimsiz ter to‘kish zoye ketmayapti va ham klub, ham terma jamoada yaxshiroq o‘ynashimga yordam bermoqda.

Janubiy Koreya milliy jamoasi o‘z tarixida jahon chempionatida jami 9 marta ishtirok etgan va faqat 2ta urinishda guruh bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan.

Son Xyun Min koreyslarning hisob bo‘yicha 10-mundialda 3-marta «pley-off»ga yo‘l olishlariga ishonmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:02, 11.05.2018. O'qildi: 2795 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.