Pepsi Superliga 11-turi doirasidagi markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘lib 2-3 hisobida zafar quchdi.
O‘yinnig dastlabki daqiqalarida “sheralr” tezkor gol bilan hisobni ochishgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, aniqrog‘i, 5-daqiqada G‘aybullayev hisobni tenglashtirdi.
38-daqiqada Bobir Abduxoliqov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq oradan yana uch daqiqa o‘tgach Gonsalvesh hisobni tenglashtirdi.
O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida xakam mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik zarba belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Ismoil Gonsalvesh penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni ta’minladi.
Pepsi Superliga, 11-tur.
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:3.
Gollar: G‘olib G‘aybullayev (4), Bobir Abdixoliqov (38) – Jaloliddin Masharipov (2), Gonsalvesh (41, 84-penalti).
"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 5.G‘olib G‘aybullayev, 17.Doniyor Narzullayev, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (27.Islom Rashidxonov, 77), 14.SHarof Muhitdinov (77.Jasur Hasanov, 63), 31.Saydullo Rahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov (20.Islom Kenjaboyev, 51), 69.Dragan Cheran.
"Paxtakor": 25.Eldor Suyunov - 2.Akmal Shorahmedov, 55.Marko Simich, 4.SHerzod A’zamov, 29.Vladimir Kozak, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev (10.Jamshid Iskanderov, 80) - 9.Jaloliddin Masharipov, 18.Bahrom Abdurahimov (22.Jasur Yaxshiboyev, 90), 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh (80.Rostin Griffits, 89).