Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetini borib ko‘rdi. MOQ Prezidentini Universitetning o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Komil Yarashev kutib oldi.

Umid Ahmadjonov salkam 20 gektar maydonga ega bo‘lgan Universitet hududini ko‘zdan kechirar ekan, respublikadagi eng asosiy jismoniy tarbiya va sport ta’lim maskaniga qo‘yilayotgan asosiy talab malakali murabbiylar yetkazib berish ekanligini qayd etib o‘tdi. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi kerakli barcha yordamni ayamasligini, zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, tashrif davomida Umid Ahmadjonov va ishchi guruh vakillari Universitet hududidagi sport manejini borib ko‘rishdi, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tan olish kerak, MOQ Prezidenti u yerdagi sharoitlardan umuman qoniqmadi. Sababi, 2005 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan manej hozirgacha biror marotaba ta’mirlanmagan va tabiiyki ayni paytda kapital ta’mirga muhtoj holatda. Vaholanki «Barkamol avlod» sport o‘yinlari uchun qurilgan ushbu sport inshooti bir paytlar O‘zbekistondagi eng zo‘r manej bo‘lganligini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Ammo, hozirgi kunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universiteti talablariga mutlaqo javob bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi «O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3197 qaroriga binoan mazkur Oliy o‘quv yurti va Chirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji uchun bino va inshootlarni qurish hamda ularga berilayotgan tegishli binolar va inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmachi, «O‘zshaharsozlikLITI» AJ bosh loyihachi tashkilot, “Qurilishbirlashmasi” AJ – bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan. Unga ko‘ra, 2018 – 2021 yillar davomida Universitet uchun binolar qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun davlat tomonidan pul mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratilishi belgilab qo‘yilgan.

Ammo afsuski, davlatimiz tomonidan shunday imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, ayrim mas’uliyatsiz rahbarlarning loqaydligi tufayli ishlar o‘lda-jo‘lda qolib ketgani xaqida Umid Ahmadjonov kuyunib gapirdi.

Tashrif davomida Universitetning suzish havzasi, o‘quv binolari ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Umid Ahmadjonov Universitet sport manejida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati musobaqalarini ham tomosha qildi, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar zalida esa Osiyo o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan og‘ir atletikachilarimiz – Ruslan Nuriddinov, Rustam Djangabayev va Farhodbek Sobirov kabi terma jamoa a’zolarining mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdi, ular bilan suhbatlashdi. MOQ rahbari sportchilar uchun zarur bo‘lgan barcha-shart sharoitlar yaratib berilishini, qanday takliflar bo‘lsa murojat uchun eshigi ochiq ekanligini qayd etib o‘tdi.

Umid Ahmadjonov uchrashuvga yakun yasar ekan, mana shunday sharoitda ham ishlayotgan Universitet pedagogik jamoasiga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

«Ochig‘i, bu yerdagi holatni ko‘rib juda achindim. Prezidentimiz Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejini bejizga mazkur Universitetga biriktirib bermagandilar. Chunki bu yerning tabiati, iqlimi, joylashgan hududi yosh sportchilar uchun ayni muddao hisoblanadi. Ammo, so‘nggi vaqtlarda o‘quv yurtiga e’tibor pasaygan. Mana shunday sharoitda mehnat qilayotgani uchun Universitet jamoasiga, shu jumladan ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Biz yaqin kunlarda ushbu holat yuzasidan katta yig‘ilish tashkil etamiz va sharoitlarni kuchaytirish yo‘lida tezkor choralarni amalga oshiramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:54, 11.05.2018. O'qildi: 4384 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.