Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishonch (qissa, 10-qism)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol va OAV / Futbolchilar hayoti
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xayriddin aka bizni musobaqa boshlanguncha boshqa mashq qildirmadilar. Musobaqadan bir kun avval deyarli uxlamadim. Ertasi kuni hammamiz maktab hovlisida yig‘ildik. Ustozimiz aytganlaridek, bo‘ynimizda safar anjomlari bilan liq to‘la ryukzaklar. Faqat Tite katta oq sumkalarga narsalarini solib kelibdi. Hamma sinfdoshlarim shu yerda. Birgina Hamiz kelmadi. Ustozimiz tinmay soatiga qarar, nima qilishini bilmay turardi. Hamizdan esa darak yo‘q. Biz esa nuqul betoqat bo‘lar edik. Mirsodiq o‘zicha g‘udranib:

— Hamiz kelmaydi, kutib vaqt yo‘qotyapmiz, — deya hammani battar asabini egovlar, G‘ani esa ryukzakini ustiga o‘tirib olib yo‘lga tikilardi.

Avtobus haydovchisi mashinani o‘t oldirganda, uzoqdan qora inomarka ko‘rindi. Mashina biz tomonga uchib keldida, keskin to‘xtadi. Orqa eshikdan Hamiz ryukzakni yelkasiga tashlab tushdida, yugurib kela boshladi. Shu payt razm solib qarasam, hammaning ko‘zida xursandchilik uchqunlari ko‘rindi. Faqatgina Farhod bundan mustasnodek, yuzini chetga burdi. Hammamiz bir pastda avtobusga joylashdik. Yuragimiz hayajondan sakrab ketayotgandek edi go‘yo. Bir-birimizga gap bermay, chug‘urlashib ketardik. Oldimda o‘tirgan Mirsodiq bilan Abror nuqul sinfdoshlarimizning qiliqlarini ko‘rsatib berib, hammani kuldirib ketar, xatto Farhod ham qotib-qotib kulardi... Biz o‘yin-kulgu bilan manzilimizga yetib keldik.

Bizning musobaqa avvaliga kichik saralash bahslaridan boshlanar ekan. Birinchi o‘yinda yenggan jamoagina asosiy musobaqaa qatnashish huquqini qo‘lga kiritar, birinchi o‘yinda yengilganlar uyiga qaytib ketarkan. Buni bizga ustozimiz yo‘l bo‘yi tushuntirib keldilar. Hamammiz sezib turibmiz, turnirda qatnashish uchun birinchi o‘yinda nima qilib bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz lozim.

Men Toshkentda yashasam ham shaharni uqadar yaxshi bilmas edim. Hamiz bu yerlarni besh qo‘lday bilarkan. U yo‘l-yo‘lakay qayerda qanday joylar borligini hammaga birma-bir tushuntirib ketardi. Faqat ustozimiz hech kim bilan gapalshmas, nimadandir juda ham bezovta edi. U goh-goh suhbatga qo‘shilar, so‘ng bir zumda yana jimib qolardi. Sezyapman, ular juda ham hayajonlanayaptilar, lekin sezdirmaslikka urinyaptilar. Avtobusimiz shahar ko‘chalaridan suzib borar ekan, sinfdoshlarim «qayerga keldik?» — deb Hamizdan so‘rashgan edi, u javob berdi. Aytishicha, Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston Sport markazi binosi qoshidagi kichik sun’iy maydonchalar tomonga ketayotgan ekanmiz. Ha, u to‘g‘ri aytgan ekan. Bir fursat o‘tgach, mahobatli inshoot oldidan chiqdik. Maydonchalar oldida tumonat odam, bizni esa ustimizni qandaydir yuk bosib kelardi. Hamma bizga o‘zgacha qarab qo‘yayotganday bo‘lar, hammamiz o‘ng‘aysizlanardik. Ustozimiz bizni bir joyga yig‘dilarda, turnir mutasaddilari yig‘ilib turgan tomonga ketdilar. Biz tahminan yarim soatcha kutib o‘tirdik. Jamoalarning murabbiylari o‘zaro qur’a tashlashdi. Ustozimiz xavotir aralash oldimizga keldilarda:

— Qani bu yerga, — deya maydon ortiga o‘tdilar. Hayajon bilan qur’ada Chirchiq shahridan kelgan jamoa bilan tushganimizni aytdilar. To‘g‘risi, hammmamizdan ham ular ko‘roq hayajonlanar edilar. Biz esa o‘yinni tezroq boshlash ishtiyoqida yonar edik...

O‘yinimizgacha bir soat vaqt bor ekan. Biz kiyimlarimizni almashtirib, yengil chigal yozdi mashg‘ulotlarni boshlab yubordik. O‘z an’anamizga sodiq qolgan holda jamoaviy yugurishdan boshladik. O‘yinimiz boshlanishga yigirma daqiqa qolganda Hayriddin aka hammamizni kiyinish xonasiga olib kirib ketdilar. Hayajondan ustozimizning yuzlari odatdagidan qizarib turar, lekin dadil so‘zlardilar. Ustozimiz barchani o‘ziga qarashini iltimos qildilar. Ular 2-3 soniya gapni nimadan boshlashni bilmay turdilarda, so‘ng:

— Bizning olti oydan oshiq qilgan mehnatimiz aynan mana shu o‘yinga bog‘liq, agar hozir shu yerda yutqazsak, uyga ketishimizga to‘g‘ri keladi. Sizlarga shu kungacha ko‘p buyruq berdim. Lekin bugun iltimos qilmoqchiman. Iltimos, yigitlar, bugun ichinglardagi hayajonni, qo‘rquvni shu yerda qoldirib maydonga chiqinglar, u yerda xuddi mashg‘ulotda harakat qilganday erkin, hech narsani o‘ylamasdan futboldan rohat olinglar. Xuddi mahalladagi do‘stlaringiz bilan o‘ynayotganday erkin bo‘linglar, eng muhimi bir-biringizni xafa qildirib qo‘ymanglar.

Ustozimizning gaplarini hammamiz vujudimiz quloqqa aylanib eshitdik. So‘ng ustozimiz bugun kim asosiy tarkibda maydonga tushishini aytdilar. Har doimgiday men u yerda yo‘q edim. To‘g‘risi, ichimda kuchli hayajon borligi uchun bunga ortiqcha e’tibor bermadim. Ustozimiz yechinish xonasidagi doskaga bo‘r bilan taktikamiz sxemasini chizdilar, kimni qayerda o‘ynashini birma-bir ta’kidlab o‘tdilar. Darvozada Ibrohim. Himoyada G‘ani terak, sambochi G‘ulom va kamgap Ixtiyor. Qanotlarda Mirsodiq va Timur, Markazda esa Farhod. Men va Hamiz zaxirada qoldik.

Tashqaridan kimdir ustozimini chaqirgani eshitilib qoldi. Xayriddin aka «Qani endi, olg‘a! Yaratgan egam omadimizni bersin», — deya qisqa duo qilib ham qo‘ydilar. Biz ustozimiz sovg‘a qilgan «Manchester Yunayted» formasida maydonga chiqib keldik. Raqiblarimiz esa sap-sariq libosda ekan. Ular mening ko‘zimga bizdan balandroqdek, bizdan jussaliroqdek ko‘rindi. Ko‘rinishidan hech ham bizning tengqurlarimizga o‘xshamas edilar.

Hakam har doimgidek sardorlarni o‘z yoniga chaqirdida, tanga tashladi. To‘p bu safar bizga tushdi. Jamoamiz to‘pni maydon markazidan boshladi. Biz shuncha payt orziqib kutgan musobaqamizning shundoqqina darvozasi tagida turardik. Uni ochish yoki ocha olmay qaytib ketish o‘z qo‘limizda edi. Shu payt atrofga razm solib qarasam, sun’iy maydon atrofini tumonat odam o‘rab olibdi. Katta-kichik o‘yinni tomosha qilib turishibdi. Bizning yigitlar har doimgidek o‘yin nazoratini raqibga topshirib, oshiqcha kuch ishlatmasdan himoyalanishardi. O‘sha ustozimizning «dinamit» taktikasi. Raqib murabbiy semiz rus amaki ekan, uchrashuv boshlanishi bilan ruschalab so‘kinishga tushib ketdi. Xayriddin aka esa o‘ta bosiqlik bilan maydon chetida o‘yinni u yerdan bu yerga yurib kuzatar, bir joyda o‘tira olmas edi.

Raqiblarimiz nuqul qo‘pol o‘ynashga urinishar, iloji boricha qaltisroq harakat qilishardi. Hatto maydon markazida to‘p uchun kurashda Titeni ikkitasi turtib qulatib ketishgani yetmaganday, ochiqchasiga yotgan joyida allanimalar deya so‘kinib ketishdi. Uchrashuvning bunaqa boshlanishiga yigitlar tayyor emas edilarmi, yoki biz hayajonimizni kiyinish xonasiga tashlab chiqa olmadikmi, har holda o‘zimizga o‘xshamas, lekin raqibga ham hujum qilishga imkon qoldirmasdik. Bo‘sh zona qidirib, ular bir-biriga to‘pni yetkazib, nima qilishini bilishmas, nuqul uzoqdan tepishardi. Birinchi taymning oxirlarida markazdagi Abror ularing hujumini buzdida, oldinga otildi. Qarshisidagi raqibini bir amallab aldab, hujumdagi Farhodga to‘pni yetkazdi. Farhod to‘pni egallashi bilanoq eski kasali tutib qoldi shekilli, raqiblarni birin-ketin aldashga tushib ketdi. Bitta, ikkita, so‘ng uchinchisiga kelganda orqasidan yugurib kelayotgan o‘yinchi uning oyoqlariga ortdan zarba berdi. U shunday baqirib yubordiki, men uning oyog‘i sinib ketdi deb o‘ylab qoldim. Xayriddin aka «e-e-ey!», — deya qo‘lini paxsa qilib, hakamga o‘shqirib ketdi. Hakamning esa parvoyi falak qo‘lini siltagancha jarima zarbasini ko‘rsatdi. Farhod oyog‘ining og‘rig‘iga chiday olmadi yoki kaltak yegani alam qildi shekilli, o‘rnidan turdida, oqsoqlangancha yuzidagi g‘azab olovini yashirmay, to‘g‘ri uni ortidan tepgan o‘yinchining qarshisiga kelib bir nimalar dedi. Raqib qo‘li bilan biroz itargan edi, Farhod, kutilmaganda, uning yuziga musht tushirdi. Maydonda avvaliga “chaq” qilgan tovush eshitildi. Sariq libosdagi o‘yinchi burnini ushlab yerga yotib oldi, uning sariq libosiga qon shovvulab oqib tushardi. U burnini to‘sgancha maydonda yotib olib, nuqul ruschalab «ay , ay», — deb so‘kinar, Farhod esa ko‘zlarida sovuq o‘t chaqnab, uninig tepasida turardi. Hakam bir pastda uning oldiga yaqinlashib, qizil kartochkani ko‘rsatib yubordi.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Davomi bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:23, 14.05.2018. O'qildi: 4798 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.