Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maradona Belarus klubida ish boshladi - bu nimani anglatadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

16 may kuni Argentina va dunyo futboli afsonasi Diyego Maradona Belarusning Brest shahri vakili «Dinamo» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tantanali marosim Dubay shahrida o‘tkazildi. «Dinamo» klubi matbuot kotibi Olga Xijinkova gaplariga ko‘ra, Diyego katta ishtiyoq bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

«Diyego bilan shartnoma imzolash qiyin bo‘lmadi. Uning o‘zi klubimizda ishlash, bolalar akademiyasi bilan shug‘ullanish, bolalar futbolini rivojlantirishga tayyorligini va bu borada ishtiyoqi juda kuchli ekanini bildirdi» - dedi Xijinkova.

Klub matbuot xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, Maradonaning Belarusga kelishi - bu nafaqat «Dinamo» uchun, balki butun milliy futbol uchun muhim voqeadir.

Bu yangilikda qanaqadir bir-biriga zid narsalar bordek tuyuladi: tarixdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri qayerdayu, MDH hududidan tashqarida umuman nomi chiqmagan Belarus futbolining o‘rtamiyona klubi qayerda?

Ammo, Diyegoning futbolchilikdan keyingi hayotiga nazar solib, buning sabablarini tushungandek bo‘lamiz. 

Maradonaning g‘alati va noodatiy qiliqlari borligi hech kimga sir emas. U o‘z obro‘si haqida unchalik qayg‘urib o‘tirmaydi. Futbolchilik paytidagi ishqiy mojarolar, doping va giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni eslash kifoya. Afsuski, Maradona futbolchilik iqtidorini kapitalizasiya qilolmadi, o‘tmishdagi yutuqlarini allaqachon yo‘qotib bo‘ldi va hayotda o‘zini goh o‘tga, goh cho‘g‘ga urib yashamoqda.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Maradona o‘zini murabbiylikka urdi. Dastlabki va hozircha yagona jiddiy ishi Argentina terma jamoasi bo‘ldi. U bilan JCH-2010 musobaqasi chorakfinaligacha yetib borib, Germaniyaga yutqazdi.

Shundan so‘ng, arab futboliga sho‘g‘ng‘ib, «Al-Vasl» va «Al-Fujayra» klublarida samarasiz ishladi. Endi esa navbat Belarus klubiga keldi.

Maradona «Dinamo» bilan uch yillik shartnoma imzolagan, uning shartlari sir tutilmoqda. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Diyego «klubning strategik rivojlanishi bilan shug‘ullanadi, shuningdek, barcha bo‘limlari, xususan bolalar akademiyasi ishini boshqaradi». Diyego Armandoning o‘zi esa bosh murabbiy bo‘lib ishlashini ham aytmoqda, ammo faqat jahon chempionatidan so‘ng. U murabbiylar shtabiga sobiq jamoadoshlari Luis Islas, Ektor Enrike va Xorxe Burruchagani taklif iqlmoqchi.

Ko‘p narsaga Maradona va klub vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani oydinlik kiritishi mumkin. U Brestda emas, balki Abu Dabi shahrida o‘tkaziladi. Nega aynan u yerda? Gap shundaki, «Dinamo» asl sovetcha nomga ega bo‘lishiga qaramay, xususiy klub hisoblanadi. Ikki yil oldin uni ishbilarmon Pol Daer sotib olgan. Uning kompaniyasi Belarus Respublikasi qishloq xo‘jaligi texnikalarini Yaqin Sharq va Afrika davlatlariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ayni paytda, «Dinamo» Belarus chempionatida 16ta jamoa ichida 8-o‘rinda bormoqda. Unga chexiyalik mutaxassis Radoslav Latal murabbiylik qilyapti. 20 may kuni esa klub kutilmaganda BATE klubini mag‘lub etib, Belarus kubogini qo‘lga kiritdi. Bu yutuq Maradona qadamining qutlug‘ kelgani bilan baholandi.

Diyegoning o‘zi shaxsan futbolchilarni tabriklab, Instagram sahifasida: «Dinamo» Brest klubidagi yigitlarimni Kubok sohibi bo‘lgani bilan qutlayman» - deb yozdi.

Bugun mavzuga oid yana bir shov-shuvli xabar tarqaldi. Belarus matbuotining yozishicha, «Dinamo»ga tegishli bo‘lgan Brest stadioni (diqqat!) BAA davlatining sobiq amiri Zayd ibn Sulton An-Nahayon sharafiga «Zayd» deb nomlanadi. U qayta ta’mirlanadi va sig‘imi 10 mingdan 30 minggacha oshiriladi.   

Belarus-arab-Argentina eksperimenti qanday natija bilan tugashidan qat’iy nazar, bir narsa aniq, klub yaxshigina reklama qilindi (ayniqsa, uning egasi biznesi). Qolgan narsalar esa, albatta ikkinchi darajali...

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 14:26, 23.05.2018. O'qildi: 3919 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик