Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL-2017|2018. Final: faktlar, raqamlar, ko‘rsatkichlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropa chempionlar ligasining 2017/18 yilgi mavsumi ham yakuniga yetdi. Muxlislarni lol qoldirgan holda qatorasiga uchinchi marotaba Madridning «Real» klubi yana nufuzli turnirning shohsupasiga ko‘tarildi.

Quyida final bahsi atrofidagi va uchrashuvda qayd etilgan diqqatga sazovor fakt va turli ko‘rsatgichlar haqida gaplashamiz.

«Real» Yevropa CHLning yangi tarixida «shalpangquloq» kubokni ketma-ket 3-marta qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘ldi. Boshqa hech qaysi jamoaga turnirda qatorasiga 2 marta zafar quchish ham nasib etmagan.

To‘g‘ri, Chempionlar kubogi davrida «Ayaks» va «Bavariya» ketma-ket 3 martadan zafar quchgan. Lekin «Real»ning eski turnirdagi seriyasi 5ta g‘alabaga teng (1956-1960 yillar mavsum).

«Real» turnirning butun tarixida 13-marta g‘alaba qozondi. Madridliklarning shuncha g‘alabadan 4tasini oxirgi 5 yilda tantana qilishgani diqqatga sazovor.

«Real» oxirgi 3ta g‘alabasini Zayniddin Zidan qo‘l ostida rasmiylashtirdi. Bungacha hech qaysi murabbiy Yevropaning eng nufuzli musobaqasida ketma-ket 3 marta g‘alaba nashidasini surgan emasdi.

Zayniddin Zidan turnirdagi g‘alabalari soni (murabbiy sifatida) bo‘yicha Karlo Anchelotti («Milan» bilan 2 marta va «Real» bilan  1 marta) hamda Bob Peysli («Liverpul» bilan 3 marta)ga tenglashib oldi.

«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp murabbiylik faoliyati davomida 7-marta finalda qatnashib, 6-marta mag‘lubiyatni tan oldi. U Dortmundning «Borussiya»sida ishlagan vaqti Germaniya kubogi finalida 2 marta va CHLda 1 bora mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi (barchasi «Bavariya» tomonidan).

«Liverpul» bilan esa bunga qadar Yevropa Ligasi va Angliya Liga kubogi finallarini boy bergandi. Qisqasi, Klopp finaldagi yagona g‘alabani 2012 yili «Borussiya» bilan Germaniya kubogida nishonlagan.

«Real» yulduzi Krishtianu Ronaldu CHLning eng sovrindor futbolchisiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi turnirda 5-marta shohsupaga ko‘tarildi. U birinchi g‘alabasini «MYU»da nishonlagandi. To‘g‘ri, Chempionlar kubogini olsak, 5 marta bosh sovrin yutgan yana bir futbolchi bor - «Real» afsonasi Alfredo di Stefano.

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane finalda ham gol urib, «Liverpul» triosi natijasini yaxshiladi. Xullas, Mane - Firmino - Saloh uchligining mavsumdagi gollar soni 30taga yetdi.

Bu turnir rekordidir. Umuman, bu futbolchilar CHLning bitta mavsumida 10tadan gol urishdi. Turnir tarixida biror hujum triosida bunday tenglik kuzatilmagandi.

Garet Beyl CHL finallari tarixida zaxiradan maydonga tushib, «dubl» muallifiga aylangan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu YECHL-2017|2018ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Portugaliyalik futbolchi mavsum davomida 15ta gol urdi. E’tiborlisi, Ronaldu ketma-ket 6 mavsumdan buyon CHL bosh goleadori maqomini begona qilmayapti.

Umuman, u faoliyati davomida turnir to‘purarlari poygasida 7-marta g‘olib chiqdi. Tarixda hech qaysi futbolchi bunday natijani qayd etmagandi.

«Real» hujumchisi Karim Benzemaning turnirdagi gollari soni 56taga yetdi va u umumiy ro‘yxatda PSV, «MYU» hamda «Real»ning sobiq vakili Ruud van Nistelroyga yetib oldi.

Benzemadan oldinda 3 nafar futbolchi bor: Krishtianu Ronaldu (120ta gol), Lionel Messi (100ta gol) va Raul Gonsales Blanko (71ta gol).

Yakunlangan mavsum «Real»dan tashqari, «Atletiko» ham yevrokubok (EL) g‘olibi bo‘ldi. Shu tariqa Ispaniya jamoalarining so‘nggi 5 yildagi xalqaro g‘alabalari soni 9taga yetdi.

Primero ishtirokchilari bu oraliqda CHLda 5 marta («Real» - 4, «Barselona» - 1) va YELda 4 marta («Sevilya» - 3, «Atletiko» - 1) zafar quchishdi. Qisqasi, so‘nggi 5 yilni olsak, boshqa liga vakili atigi 1 marta shohsupadan joy oldi («MYU» avvalgi mavsum YEL g‘olibiga aylangandi).

Diqqatga savozor tomoni, shuncha vaqtda Yevropa superkubogi ham ispan klublaridan ortmadi. Oddiy ifoda etganda, yevroturnirlarda Ispaniya va Angliyadan boshqa mamlakat klublari g‘alaba nimaligini bilmadi.

«Real» yevrokuboklarda 307-g‘alabasiga erishdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi. Bungacha yuqori ko‘rsatkich «Barselona»ga ham tegishli edi - 306ta g‘alaba.

«Real» va «Atletiko» klublari Yevropa superkubogi-2018da o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Bu sovrin tarixida «Madrid derbisi» birinchi marta kuzatiladi. Eslatma, superkubok taqdiriga 15 avgust kuni Tallinda oydinlik kiritiladi.

«Real» o‘zi ishtirok etgan yevrokuboklar finalida ketma-ket 9-marta g‘olib chiqdi. «Qirollik klubi» yevroturnirning hal qiluvchi o‘yinida oxirgi marta 1982|1983 yillar mavsumida mag‘lub bo‘lgandi.

O‘shanda madridliklar Shotlandiyaning «Aberdin» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. «Real» shundan buyon CHK|CHLda 7 marta, UYEFA kubogida 2 marta zafar quchdi.

UYEFA texnik kuzatuv guruhi «dubl» muallifi Garet Beylni final o‘yinining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etdi. Fakt shuki, CHLning so‘nggi 3ta finalida faqat «Real» vakili eng yaxshi futbolchi maqomini olmoqda. 2016 yili Serxio Ramos, o‘tgan mavsum esa Krishtianu Ronaldu e’tirof etilgandi.

Angliya klublari qatorasiga 7-marta finalda Ispaniya jamoalariga imkoniyatni boy berdi: 2006 yil - «Sevilya» - «Midlsbro» - 4:0 (UYEFA kubogi); 2006 yil - «Barselona» - «Arsenal» - 2:1 (CHL); 2009 yil - «Barselona» - «MYU» - 2:0 (CHL); 2010 yil - «Atletiko» - «Fulxem» - 2:1 (EL); 2011 yil - «Barselona» - «MYU» - 3:1 (CHL); 2016 yil - «Se-vilya» - «Liverpul» - 3:1 (EL); 2018 yil - «Real» - «Liverpul» - 3:1 (CHL).

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:36, 29.05.2018. O'qildi: 18445 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик