Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oston O‘runov: «Orzum – «Real» va «MYU»da o‘ynash»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy mavsum o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan Namanganning «Navbahor» klubida Pepsi Superliganing eng yosh yarim himoyachisi o‘ynaydi.

Bu - Oston O‘runov. 17 yoshli xavbek «lochinlar»ning barcha o‘yinlarida faol to‘p surib, jamoasi g‘alabalariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Biz Oston O‘runovni suhbatga tortib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Oston bu yilgi Superliga bahslari sizda qanday taassurot qoldiryapti?

- Turnir ajoyib tarzda davom etyapti. Barcha uchrashuvlar qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechmoqda. Nafaqat oliy liganing nomi o‘zgardi, balki o‘yinlar saviyasi ham oshdi. Bir so‘z bilan aytganda, Superliga o‘z nomiga mos ravishda o‘tyapti.

- Mana, 13ta tur bahslari ortda qoldi. Superligadagi har bir raqib jamoa bilan bir martadan, «Metallurg» bilan hattoki, 2 marta o‘ynadinglar. Ortda qolgan shu davr mobaynida siz uchun qaysi uchrashuv nisbatan qiyinroq kechdi?

- O‘z maydonimizda 7-tur doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi kechgan bahsda biroz qiynaldik. Boisi, o‘sha o‘yinda mehmonlar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Biz esa avval muvozanatni tikladik va xayriyatki, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda g‘alaba to‘pini kiritib, irodali yutuqqa erishdik.

- Joriy mavsumda «Navbahor» yuksak maqsadlarni ko‘zlamoqda. Klub rahbariyati tomonidan jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani amalga oshirishda, ya’ni sovrinli o‘rinlar uchun kurash yo‘lida «lochinlar»ga qaysi klublar raqobat ko‘rsatishi mumkin?

- «Bunyodkor», «Paxtakor», «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari klubimizga munosib raqobat ko‘rsatishlarini taxmin qilyapman.

- Joriy mavsumda Superliganing eng yosh yarim himoyachisi sanalasiz. Bu sizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

- Yo‘q, aksincha, o‘zimga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Men 16 yoshimdayoq asosiy tarkibdan o‘rin olishni orzu qilgandim. Xudoga shukr, bu orzumga o‘tgan yili yetdim. 2017 yili «Navbahor» tarkibida «Metallurg»ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, oliy ligadagi debyutimni nishonlagandim.

Debyutim omadli chiqib, bekobodliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandik. Shuningdek, oliy ligadagi gollar hisobimni ham o‘tgan yili ochgandim va Olmaliqdagi bahsda to‘p kiritgandim. Afsuski, o‘sha golim jamoamizga yordam bermay, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandik. Joriy mavsumda ham gollar hisobimni ochishga intilyapman.

Xudo xohlasa, gollar urib, muxlislar ishonchini oqlayman, degan umiddaman. Fursati kelganida, shuni ham ta’kidlash joizki, yosh bo‘lsam-da, menga ishonch bildirib, «Navbahor»ning asosiy tarkibiga jalb etgan bosh murabbiyimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ilhom Ibrohimovich bilan oldin «Paxtakor»ning yoshlar jamoasida birga faoliyat yuritgandik.

Shu sababli, u o‘tgan yilning 2-davrasida meni «Navbahor»ga taklif etganida, bu taklifni ikkilanmay qabul qildim. Mo‘minjonov mening imkoniyatlarimni yaxshi bilardi va o‘tgan mavsumda cho‘chimay, asosiy tarkibga jalb etdi. Men ham ustozimning ishonchini oqlashga intildim.

Bu yil esa muntazam ravishda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushyapman va murabbiylarimizning ishonchlarini oqlashga, jamoamiz manfaati uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilyapman.

Kezi kelganida aytish joizki, Ilhom Ibrohimovich yosh bo‘lsa-da, ancha tajribaga ega murabbiy hamda ajoyib ruhshunos. Biz - futbolchilarni o‘yinlarga ko‘ngildagidek tayyorlaydi, har bir shogirdining ko‘ngliga yo‘l topa oladi. Bir so‘z bilan aytganda, Mo‘minjonov ajoyib inson va yaxshi ustoz. Shunday murabbiyning qo‘l ostida o‘ynayotganimdan faxrlanaman.

- Qaysi jamoadoshlaringiz sizga o‘z maslahatlarini berib, qo‘llab-quvvatlab turishadi?

- Dilshod Jabborov, Jahongir Mehmonov hamda Azizbek Turg‘unboyev mendan maslahatlarini ayashmaydi va doimo qo‘llab-quvvatlab turishadi.

- Maydonda qaysi futbolchilar bilan bir-birlaringni tushunib harakat qilasizlar?

- Azizbek Turg‘unboyev va A’zam Aliyev bilan maydonda bir-birimizni yaxshi tushunib to‘p suramiz. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, jamoamiz ahil-inoq. Barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi chiqishaman.

- Futbolga kirib kelishingiz qay tarzda yuz bergan?

- Fursati kelganida, shuni ta’kidlamoqchimanki, men oilada o‘rtancha farzandman. Mendan 3 yosh katta Doston akam bor. U bolaligidan millionlar o‘yiniga qiziqardi va ko‘cha-ko‘yda hamda stadionlarda ko‘p futbol o‘ynardi. Men ham akamga havas qilib, futbol o‘ynashni boshlaganman.

O‘n yoshimda otam qo‘limdan yetaklab, Navoiy shahridagi futbol maktabiga olib borganlar. Millionlar o‘yinidagi ilk saboqlarni Abduxalil Inoyatovdan olganman. 2011 yili Farg‘onada futbol maktablari o‘rtasida respublika turniri o‘tkazilgan. O‘sha musobaqada jamoamiz 3-o‘rinni egallagan.

Turnirga «Paxtakor»ning seleksioner murabbiylari ham tashrif buyurib, uchrashuvlarni kuzatishgan. Ularga o‘yinim ma’qul kelgan shekilli, meni o‘sha yili «Paxtakor» futbol akademiyasiga taklif etishdi.

Ushbu ta’lim maskanida o‘sha paytdagi o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo‘jayev qo‘l ostida tahsil oldim. 2016 yili «Paxtakor»ning yoshlar jamoasiga qabul qilindim. 2017 yilning 2-davrasidan «Navbahor» safida to‘p suryapman.

- Qaysi futbolchilarning o‘yinlariga havas qilasiz?

- Jahon futboli haqida gap ketganda, Portugaliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga, hamyurtlarimizdan esa milliy terma jamoamiz va Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovga havas qilaman.

Ushbu futbolchilarning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib, ulardan ko‘p narsa o‘rganishga intilaman.

- O‘z jamoadoshlaringizdan tashqari, Superligadagi 3 nafar eng yaxshi ampluadoshingizni aytib bera olasizmi?

- Albatta. Menimcha, bular - Azim Ahmedov («Paxtakor»), Sardor Sobirxo‘jayev («Bunyodkor») va Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»).

- «Navbahor» muxlislariga qanday ta’rif berasiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:44, 01.06.2018. O'qildi: 8620 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик