Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Milliy olimpiya qo‘mitasida sport tizimi rahbarlari ishtirokida katta yig‘ilish tashkil qilindi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 18 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida sport masalalariga bag‘ishlangan katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov, shuningdek, sport federasiyalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda sport sohasida to‘planib qolgan muammolar, tashkiliy masalalar, joylarda ishning borishi, Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

“Bugungi kundagi eng asosiy muammolardan biri sportchilar zaxirasi yo‘q ekanligidadir. Buning asosiy sababi esa albatta murabbiylarga borib taqaladi. Bunday vaziyatda qanday sportchilar tayyorlaymiz? Xalqaro musobaqalardan so‘ng hisobotlar chiroyli qilib yozib beriladi. Ammo, ularning tahlili yo‘q. Nima uchun muvaffaqiyatsizlik tahlil qilinmaydi? Qachongacha bunday bo‘ladi? Endi federasiyalar buning uchun javob berishadi.

Ixtisosllashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida ish qanday tashkil qilingan? Ular orqali munosib zaxira yetishib chiqyaptimi? Buni chuqur tahlil qilib chiqish lozim. Balki iqtidorli, ammo mablag‘i yo‘q bolalar chetda qolib ketayotgandir? Musobaqalarda muntazam ravishda bir hil sportchilar ishtirok etib kelishadi”, – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari ham murabbiylar masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

“Kuni kecha Qo‘qondagi yangi sport maktabining ochilishiga bordik. U hususiy sport maktabi. Bizning tizimdagi BO‘SMlar davlatdan yiliga ikki milliard so‘m olsadat bunday darajaga chiqa olmayapti. Endi BO‘SMlarda olimpiya sport turlari alohida tartibga solinadi, ularga e’tibor kuchaytiriladi. Bu borada sport federasiyalari bilan birga ish olib boriladi. Murabbiylarni tayyorlash masalasini ham qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu bo‘yicha sport federasiyalaridan taklif kutamiz. Olimpiya zaxiralari kollejida ham murabbiylar tayyorlash yo‘nalishini tashkil qilishimiz lozim. Bu juda muhim, alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalardan biridir.

Raqobatni oshirish uchun BO‘SMlar orasida musobaqalarni ko‘paytirishimiz kerak. Aynan o‘sha yerdan iqtidorlar saralab olinadi. Bugungi kunda bunday maktablarda 40-100 nafardan murabbiy bor. Ular nima bilan shug‘ullanishmoqda? Shuning uchun ham u yerdagi murabbiylar masalasini qayta ko‘rib chiqishimiz shart. Ommaviylikni oshirish, aholini sportga qiziqtirish uchun kerak bo‘lsa turli tashkilotlar bilan memorandumlar tuzish kerak. Ular bilan hamkorlikda aholini sportga qiziqtirib olishimiz oson kechadi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilishda shuningdek, Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, terma jamoalarga sportchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Olimpiya zaxiralari kollejlaridagi qabul kvotasi hududlardagi baza, murabbiy va talabdan kelib chiqqan holda taqsimlangani ma’lum qilindi.

“Sportchilarning ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir sport turi bo‘yicha sportchilar turlicha kaloriyali ovqatlar iste’mol qiladilar. Og‘ir atletikachi bilan yengil atletikachi bir hil ovqat yemaydiku? Buni to‘g‘ri o‘rganib chiqib, tizimni yo‘lga qo‘yib olish lozim. Qolaversa, Olimpiya zaxiralari kollejlarining xech birida fitness zali yo‘q. Ularning har biriga fitness zal qurib berishimiz kerak. U yerda bokschi ham, dzyudochi ham, umuman barcha sportchilar shug‘ullanib, o‘z ustilarida ishlashi mumkin bo‘ladi.

Kerak bo‘lsa BO‘SMlarni hususiylashtirish haqida o‘ylash lozim. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Qo‘qondagi sport maktabi BO‘SMlardan ham zo‘r. U yerda barcha sharoitlar bor.

Navbatdagi masala esa maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish, bolajonlarni sport bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Kelajakda Respublikadagi MTMlarga reja asosida jamg‘arma hisobidan sport anjomlari olib beriladi. Ommaviylik aynan shu orqali ko‘tariladi. Ular orqali BO‘SM va OZKlarga tayyor sportchilarni yetishtirib olamiz. MTM, maktab, BO‘SM, OZK. Ana sizga tayyor tizim. Shuni yo‘lga qo‘yib olsak lisenziya olish bilan maqtanib yurmaymiz. Nufuzli musobaqalarda ulardan ishonch bilan medal kutamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, bugungi kungacha oliy mahorat maktablariga qarab, quyi bo‘g‘inlarga e’tibor qaratilmaganligi, bu orqali muammolar to‘planib qolganligi haqida gapirildi. Umuman olganda, yig‘ilish qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi. Mutasaddi xodimlar va sport federasiyalari mas’ullari OZKlarga qabul qilish mezonlari, unda nimalarga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi bo‘yicha qizg‘in debat uyushtirishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:51, 18.06.2018. O'qildi: 3343 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.