Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi bilan sportni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Milliy olimpiya qo‘mitasi aholining turli qatlami orasida sportni rivojlantirish va Olimpiya sport turlarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada tashkilot yetakchi sport mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi janob Kvon Yon U bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda shuningdek, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, sportchi va murabbiylar ishtirokida master-klasslar tashkil qilish va yana boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilishdi.

«Koreya Respublikasi futboli bilan yaqin aloqa o‘rnatganmiz. O‘FAga rais bo‘lganimda ham ilk tashrifimni aynan Koreyaga amalga oshirgandim. Uchrashuvda hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladik. Ayni paytda oktyabr oyida ikki mamlakat milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish borasida ish olib borilmoqda. Mamlakatingizda sport juda rivojlangan. Shuning uchun, Sizning yordamingizda boshqa Olimpiya sport turlarini ham o‘zaro hamkorlik asosida rivojlantirishni taklif qilardik. Bu borada master-klasslar o‘tkazilishini istardik. Bu yil O‘zbekiston Milliy universitetida Koreyaning milliy sporti hisoblangan taekvondo kafedrasini ochdik. Bugungi kunda Olimpiya sport turlariga katta e’tibor qaratganmiz. Sizning yordamingizda Koreya Respublikasi Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishni istaymiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorga binoan, sportni rivojlantirish eng quyi bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanayotganliliga alohida urg‘u berib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ham Janubiy Koreya tajribasi asosida, yaqindan hamkorlikda ish olib borayotganini qayd etib o‘tdi.

Umid Ahmadjonov o‘zaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Koreya Respublikasi jahonda yetakchi hisoblangan taekvondo WTF, o‘q otish, kamondan o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha hamkorlik qilishdan juda xursand bo‘lishini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini Janubiy Koreyaga olib borib, u yerda turli sport tadbirlarini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.

Bunga javoban, elchi ushbu uchrashuvdan xursand ekanligini, hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

«Avvalombor, uchrashuv uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingizga minnatdorchilik bildiraman», – deya so‘z boshladi janob elchi sof o‘zbek tilida. Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari etib saylanganingiz bilan tabriklayman. Siz ancha yillardan buyon o‘zbek sportini rivoji uchun katta hissa qo‘shib kelasiz, bundan xabarimiz bor. Bungacha o‘zingiz ishlagan tashkilotlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgansiz. Hozirda janob Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda sportni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Koreya sportiga yuksak baho berib o‘tdingiz. Biz bundan judayam xursandmiz. Hozirgi kunda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi mamlakatlari o‘rtasida munosabat juda yaxshi. Kelajakda ham ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan sport yo‘nalishida yanada rivojlanishi tarafdorimiz. Riodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ayniqsa, Paralimpiyachilarning muvaffaqiyatli ishtirokida sizning hissangiz juda katta deb hisoblaymiz», – dedi elchi Kvon Yon U.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov bir yangilikni ma’lum qildi. AFC Kongressida ko‘rilgan masalaga ko‘ra, 2030 yilgi JCHni o‘tkazish uchun Yaponiya – Koreya Respublikasi – Shimoliy Koreya mamlakatlari musobaqa mezbonligi uchun o‘z nomzodlarini taklif qilishgan. Yig‘ilishda ushbu g‘oya Konfederasiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Umid Ahmadjonov O‘zbekiston tomoni ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qilib o‘tdi.

Mehmon suhbat davomida o‘zbekistonlik taekvondochilar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratdi. Sportchilarimizning muhim musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga tilakdosh ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, taekvondoning boshqa yo‘nalishlarga qaraganda Koreya Respublikasi milliy sporti, Olimpiya yo‘nalishi hisoblangan taekvondo WTFga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligi haqida gapirib o‘tdi. Taekvondoning ushbu yo‘nalishini rivojlantirish uchun elchixona o‘z yordamini ayamasligini ham qo‘shimcha qildi. Bunga javoban Umid Ahmadjonov taekvondo WTFni hattoki maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida ham ommaviylashtirish ishlari amalga oshirilayotgani, qolaversa, ushbu sport turi rivoji yo‘lida dam olish kunlari poytaxtimizdagi istirohat bog‘larida turli sayllar tashkil etilayotgani haqida gapirdi.

Agar Koreya Respublikasida taekvondo rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan sportchi va murabbiylarni yurtimizga tashrif buyurishida o‘zining amaliy yordamini beradigan bo‘lsa, ular ishtirokida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan joylarida, jumladan Samarqanddagi «Registon» maydonida turli bayramlar, sport festivallari tashkil qilinishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. Janob elchi suhbat davomida Umid Ahmadjonovni kuzda taekvondo bo‘yicha o‘tkaziladigan «Elchi kubogi» musobaqasiga taklif qildi.

MOQ rahbari esa koreyalik taekondo professorini O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasining vise-prezidenti lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida ham gapirib o‘tdi. Suhbat so‘nggida esa fursatdan foydalanib, mehmonni 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «Olimpiya kuni»ga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov an’anaga ko‘ra O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:34, 21.06.2018. O'qildi: 3021 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.