Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9922 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3084 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      19:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.11.2025

      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 "Непобедимый".
      21:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 1-й заезд.
      22:10 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 2-й заезд.
      22:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 1-й заезд.
      23:35 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 2-й заезд.
      00:20 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия.
      04:55 "Непобедимый".
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.11.2025

      05:20 Новости.
      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Локомотив" (Новосибирск) - "Белогорье" (Белгород). Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Перу. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Габриэль Бонфим против Рэнди Брауна.
      03:25 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Игокеа" (Босния и Герцеговина) - "Уралмаш" (Россия).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.11.2025

      05:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2012 в Лондоне.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Женщины. Мировой тур. Обзор сезона.
      18:30 Велоспорт. Мировой тур. Обзор сезона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Вероне, Италия.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Karlush Keyrush: «Qoidalarda Messi yoki Ronalduga imtiyoz yozilgan emas…»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Eron milliy jamoasi bu safargi jahon chempionatida chakki taassurot qoldirgani yo‘q. Forslarning murakkab guruhdan keyingi bosqichga chiqishlari ham hech gap emasdi.

Buning uchun ulardan 3-tur bahsida Portugaliya termasini yengish talab etilardi. Portugaliyalik Karlush Keyrush (matbuotda uning JCH-2018dan keyin O‘zbekiston termasida ish boshlashi juda ko‘p bora taxmin qilingandi) aynan shu o‘yin- (1:1)dan so‘ng VAR tizimi ishi tufayli matbuot anjumanida «portlovchi» bayonot berdi.

Unga ayniqsa, ikkinchi bo‘lim boshida forslar darvozasiga penalti belgilangani va Krishtianu Ronalduning xurmacha qilig‘i uchun atigi sariq kartochka ko‘rsatilgani yoqmagan ko‘rinadi.

«Maydonda haqiqiy kurash ostidagi chin futbol o‘yini bo‘ldi. Jamoam munosib qarshilik ko‘rsatdi, har bir «duel»ga mardonavor kirishdi.

Umuman, shogirdlarim eng kuchli raqiblar bilan bahslashib, tartibli harakatlanishlarini isbotlashdi.

Uchinchi o‘yinimizga kelsak, barchasini nazorat ostiga oldik va g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Har holda, ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha ijobiy natijaga munosib edik», — deya gap boshladi Eron termasini ancha yuksaltirgan Karlush Keyrush matbuot anjumanida.

Keyin esa qo‘shib qo‘ydi: «O‘ylaymanki, portugallar bugungi voqealardan tegishli xulosalar chiqarishadi.

Bu uchrashuvga qadar ularni qo‘llab-quvvatlay olmasdim. Lekin endi hamyurtlarimga muxlislik qilaman».

— Avvalo, hakamlikka kengroq izoh bersangiz. Binobarin, jamoangiz darvozasiga penalti belgilangan vaziyatda oshkora e’tiroz bildirdingiz.

Hattoki, asabiylashganingizdan kostyumingizni yechib chetda uloqtirdingiz, texnik hududdan chiqib ketdingiz...

— Bu borada shaxsiy fikrim bor va u aniq. Ammo barchasini o‘ylab gapirishim, ya’ni ko‘pchilik uchun moslashtirishim talab etiladi. Penalti belgilangan pallada o‘yin harorati o‘z-o‘zidan oshib ketadi. Xullas, o‘sha lahzada tana haroratim 40 darajagacha ko‘tarildi, shuning uchun pidjakni yechib tashladim.

Texnik hududni tark etganimga kelsak, shunchaki, aynan nima ro‘y berganini ko‘rishni istadim. Bunda vaziyat vedeotakrorini nazarda tutyapman. Bilaman, bu fikrim uchun butun Portugaliya menga qarshi chiqadi, lekin qoidalar bo‘yicha tirsak bilan raqibga zarba berish - qizil kartochka.

Qizimga shunday deganman: ozgina homilador bo‘lish mumkin emas. Ha yoki yo‘q - tamom. Umuman, bu hakamlikka daxldor masala emas, hammasi munosabatlarga borib taqaladi. Bilganim shuki, qoidalarda Messi yoki Ronalduning shunday o‘ynashga haqli ekanliklari yozilgan emas.

Yo‘q, hakamlikka nisbatan shikoyat yozmadik. Ammo nimalar bo‘layotganini bilish huquqiga egamiz, albatta. Eronliklar bu yerga kelish uchun qancha pul sarflashganini bilasizmi? Endi ixtiyorimizda VAR tizimi bor, biroq insoniylik faktoriga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Buning uchun katta mablag‘ sarflandi, 5-6 kishi ichkarida o‘tirib olib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga ololmaydi. Bu holat Pontiy Pilat ayblarini yashirishga urinishdek gap... Portugaliyada barchasini qanday qabul qilishadi? Buni bilmadim, lekin har qanday holatda ham, haqiqat tarafida turish kerak.

Boz ustiga, JAR mundialidan keyin u yerda meni shundoq ham yaxshi ko‘rishmaydi. VAR ishlamayapti, biz yana bitta penalti tepishimiz kerak edi. Agar tizimdan qo‘shimcha xatolarni yuzaga keltirish uchun foydalanayotgan bo‘lsalar - bu chegaraga sig‘maydi.

Sariq kartochka? Kulguli! Shunday bo‘lsada, Portugaliya termasini tabriklayman. Vatandoshlarim endi finalga chiqishsin.

— Sizningcha, Ronaldu yulduz bo‘lgani uchun hakam uni maydondan chetlashtirishga jazm etolmadimi yoki...?

— Bu savolni o‘sha xonada maslahatlashganlarga bering. Matbuot savol bersin. Referi Krishtianuga nima uchun qizil kartochka bermaganini qanday izohlaydi?

Yo‘q, Ronalduga xusumatim yo‘q, uni yaxshi ko‘raman, ammo tushuntirib beringlarchi, kim hakam? Infantinoga ham hurmatim baland va uni qo‘llab-quvvatlayman, lekin marhamat, xalq ko‘rsin. Axir bu o‘yin avvalo, muxlislar uchun-ku, baribir.

O‘z shogirdlarim bilan faxrlanaman. Ularga aytadigan gapim bitta: RAHMAT! Meni shu yerga olib kelishgani uchun ham rahmat. Bular oddiy o‘yinchilar emas, fantastik sportchilar! O‘z o‘rnida, Erondan kelgan muxlislarga ham tashakkur izhor qilaman.

Ulardan nechog‘li minnatdorligimni to‘liq bildirish uchun munosib so‘z topolmayapman. Nega, chunki yutqazishni bilmayman, bunga ko‘nikmaganman. «Rahmat, lekin endi uyga qaytishimiz kerak» qabilidagi so‘zlarni eshitishni istamayman, bunday holatga tushishni xohlamasdim.

Xullas, hozir xafaman. Zero, jamoam ko‘prog‘iga munosib edi. Misol uchun, avvalgi jahon chempionatida argentinaliklarga qarshi o‘yinimizda raqibimiz darvozasi oldida penaltiga tortadigan vaziyatdan ko‘z yumgandilar. Yo‘q, hamisha VAR tizimini yoqlab kelganman, ammo hozir 37 yil futbol ichida yurgan inson sifatida hayronman.

Nahotki, alohida xonada aytarli bosimsiz o‘tirgan 5 kishi butun stadion ko‘rgan holatni to‘g‘ri baholay olmasa... Ochig‘i, tushunmadim, sira tushunmadim... Qaytaraman, futbolchilarimiz ko‘prog‘iga munosib edilar, muxlislarimiz esa yanada ko‘prog‘iga.

— Kiyinish xonasida qanday muhit hukm surdi? Portugallarga qarshi bahsni qaysi o‘yin bilan taqqoslardingiz...?

— Taktika nuqtai nazaridan olsak, fantastik o‘yin bo‘ldi. Kuarejma o‘ta chiroyli gol urdi. Shunga qaramay, raqib qarshiligini sindirish uddasidan chiqdik.

Ha, portugallar gol urishdan tashqari, yetarlicha burchak to‘plarini amalga oshirishdi, tajovuzkor harakatlanishdi. Muhimi, biz ularni to‘xtatishga tayyor edik, chunki Marokash termasi bilan qanday o‘ynashganini ko‘rib, barchasini obdon tahlil qilgandik.

Mana, marokashliklar ustozi ham videotakrorlar tizimi tushunarsiz vosita ekanligini ta’kidladi. O‘yin rejasiga muvofiq, to‘p Krishtianuga yetib bormasligini istadik, u esa bunga tirsagi bilan zarba orqali javob berdi.

Demoqchimanki, raqibning nozik nuqtalarini aniqlab, bundan unumli foydalanishga harakat qildik - barqaror ravishda himoyalanib, ochiq hududlar qoldirmadik. Ikkinchi bo‘limda esa Portugaliya termasi shunchaki, qiynaldi. Portugaliyaliklar tahlikaga tushishganini ularning ko‘zlarida ko‘rdim. Lekin hamyurtlarimga xayrli yakun tilayman!

— Eronliklar bilan faxrlanish tuyg‘usini his qilyapsizmi?

— Ha, albatta. Shu o‘rinda rossiyalik muxlislarga ham minnatdorchilik bildirishim kerak - ular jamoamizga xayrixoh bo‘lishdi. Eronda qalban, ehtiros bilan muxlislik qilishadi. Umumiy olganda, futbolchilar harakatidan qoniqdim, biz halol o‘ynadik.

Turnir oldidan yigitlarga shunday degandim: «2ta yo‘l bor. Birinchisi - keyingi raundga yo‘l olamiz. Ikkinchisi - xatolardan foydali xulosa chiqaramiz». O‘ylaymanki, ko‘p narsalarni o‘rgandik. 8 yil davomida yuqoriga intildik.

Eronliklarda shaxsiy g‘urur, qadriyat, fidoyilik xislatlari kuchli. Bizda - Portugaliyada toreadorlar buqalarga qarshi qanday mardonavor kurashishlari ko‘pchilikka ma’lum. Shogirdlarim mentalitetiga aynan shu narsani singdirishga harakat qildim.

Ularga qayta-qayta takrorlashdan charchamadim: «Muvaffaqiyatimizning 90 foizi - bu eronliklarning futbolga nisbatan muhabbatlari». Bugun ayniqsa, menga qiyin bo‘ldi. Axir har ikki mamlakat madhiyasini qalban eshitdim, ko‘zim namlandi.

Chunonchi, 8 yildan buyon forslarni shug‘ullantiryapman, lekin Portugaliya termasi futbolchilari bilan ham ishlaganman va o‘rtamizda do‘stona munosabatlar saqlanib qolgan. Qolaversa, hamyurtlaringizga qarshi turishingiz... Muhimi, bu raqobatga sof professionallik bilan qaradim.

— Eron futbol federasiyasi shartnomangiz muddatini 2020 yilgacha uzaytirishni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqandi...

- Ha, rejalari shunday. Biroq hozir kelajak haqida gapiradigan vaqt emas, menimcha.

AZMUN TERMA JAMOADAN KETDI

«Rubin» hujumchisi Sardor Azmun Eron terma jamoasidagi faoliyatini tugatishni ma’qul ko‘rdi. Bu haqda futbolchi o‘zining «Instagram»dagi sahifasida xabar qoldirdi:

«Terma jamoada o‘ynash men uchun katta sharaf. Bu bilan butun umr faxrlanib yuraman. Afsuski, o‘z xohishimga qarshi borishga majburman.

Ha, 23 yoshda terma jamoa bilan xayrlashishga qaror qilish juda og‘riqli. Lekin salmoqli sabablar bor.

Milliy jamoa va futbolchilarga nisbatan noo‘rin tanqidlar yangrashi oqibatida xasta onamning ahvoli og‘irlashdi. Natijada keskin qaror chiqarishimga to‘g‘ri keldi. Ya’ni onamni tanladim...».

ERON FUTBOL FEDERASIYASI BAYONOTI

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj yaqinda maxsus bayo-not berib, Karlush Keyrush masalasida xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi.

«Muxlislarimizni tinchlantirishinglar mumkin, Osiyo kubogi-2019da ham Karlush Keyrushni terma jamoamiz boshqaruvida ko‘ramiz. Jahon chempionati-2018 doirasidagi o‘yinlarimiz shuni ko‘rsatdiki, biz to‘g‘ri yo‘ldan boryapmiz. Aks holda, futbolchilarimizni aeroportning o‘zida 7 ming muxlis kutib olmasdi.

Tushunarliki, milliy jamoa manfaati har narsadan ustun. Mana, millionlab yurtdoshlarimiz jahon chempionatini kuchli ehtiros va katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. O‘ylaymanki, Eron termasi ijrosidagi o‘yinlar hammaga yoqdi.

Turnirdagi munosib ishtirokdan bitta xulosa chiqarishimiz mumkin - bu o‘yin bilan Osiyo chempionatida bemalol zafar quchsak bo‘ladi. Xullas, Keyrush masalasida xavotirga tushish uchun asos yo‘q, u biz bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Yangi shartnoma bo‘yicha esa yaqin  kunlarda ish boshlaymiz. Ishonch bilan aytaman - Osiyo kubogiga birgalikda boramiz», - dedi Mehdi Toj Eron OAV vakillari bilan uchrashuvda.

Aytish kerak, Karlush Keyrush Eron milliy jamoasi boshqaruvida 2011 yilning 4 aprel kuni ish boshlagandi. Forslar uning rahbarligida o‘z tarixlarida ilk marta ketma-ket 2ta JCH final bosqichiga chiqishdi.

To‘g‘ri, jamoa Braziliyada ham, Rossiyada ham guruh bosqichi dovonini zabt etolmagan bo‘lsada, chakki taasurot qoldirmadi. Qolaversa, forslar FIFA reytingida OFK bo‘yicha 1-o‘ringa chiqib olishdi.

Aslida JCH-2018dan keyin Karlush Keyrushning Eron termasi bilan xayrlashishi haqida xabarlar tarqalgandi. Qiziq, portugaliyalik mutaxassis qanday qarorga kelarkin? Buni bilish uchun ozgina sabr qilish kerak.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:09, 12.07.2018. O'qildi: 5139 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.