Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • 6:0
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:3
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • 3:2
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • AFC U-23
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • 0:4
      • Yaponiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 21 51
2 Barselona 20 49
3 Atletiko 20 41
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Osasuna 21 25
9 Elche 21 24
10 Real Sosyedad 20 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Rayo Valyekano 21 22
16 Malyorka 20 21
17 Xetafe 20 21
18 Alaves 20 19
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Shohsupa sari yo‘l». Dmitriy Shokin: «Tarixda nom qoldirishni istayman»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / taekvondo
Rukn: Yangiliklar
A A A

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqaga bag‘ishlab «Shohsupa sari yo‘l» loyihasini ishga tushirgan edi. Unda yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yetakchi sportchilar bilan intervyular tashkil qilinmoqda.

Loyihaning bugungi sonida taekvondo bo‘yicha jahon va Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi, Incheondagi Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi Dmitriy Shokin savollarimizga javob qaytaradi.

Maktabdagi taekvondo to‘garagi

Bolaligimda yakkakurash sport turlaridan biri bilan shug‘ullanishni istardim. Birinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan paytim maktabimizda taekvondo bo‘yicha to‘garak ochildi. O‘sha to‘garak ochilgan kundan boshlab taekvondo bilan shug‘ullanib kelyapman. Shuni aytib o‘tishni xohlardimki, sportning ushbu turiga kundan-kunga mehrim ortib bormoqda.

Ortiqcha vazn haqida

Ovqatlanish tartibi haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘zimdan xech narsa qizg‘anmayman. +87 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etishim sababli, menda ortiqcha vazn masalasida muammo bo‘lmaydi. Xech qachon sun’iy ravishda vaznimni tushirishga urinmaganman. Shu bilan birgalikda, ortiqcha vazn yig‘maslikka harakat qilaman. Chunki ortiqcha vazn jang vaqtida tezlikka ta’sir ko‘rsatadi.

Tarixda qolishni istayman

Sevimli sportchilar va kumirlarim yo‘q. Ammo, maqsadim bor. Bu sport bo‘ladimi, yoki boshqa yo‘nalishmi – tarixda qolishni istayman.

Yodda qoladigan voqealar

Bunday holatlar ko‘p bo‘ladi. 2015 yili Manchesterda bo‘lib o‘tgan Gran-Pri turnirida finalga chiqdim. Mas’uliyatli jang oldidan xotirjam bo‘lish maqsadida chuqur nafas olib, qaytib chiqardim. Ammo, shu vaqt og‘zimdan kapam tushib ketdi va dayan markazigacha dumalab bordi. Shunda nafaqat men, balki zalda yig‘ilganlar ham kulib yuborishdi. Jangga juda yaxshi kayfiyat bilan chiqdim. G‘alabadan so‘ng ota-onamga qo‘ng‘iroq qildim, gaplashdim. Ular internet orqali jangimni onlayn tomosha qilishgandi. Shunda dadam, «Barakalla o‘g‘lim, jangga juda yaxshi kayfiyatda chiqib kelding» dedilar. Keyin ma’lum bo‘lishicha, translyasiya operatorlari kapa og‘zimdan tushib ketgan mahal meni emas, raqibimni ko‘rsatishayotgan ekan. Tushundimki, yaqinlarim meni kayfiyatimni ko‘targan holatni ko‘rmay qolishgan ekan.

Chempion bo‘lish uchun…

Birinchidan, buning uchun sportchida juda kuchli istak bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, xech narsaga qaramay o‘z maqsading sari olg‘a intilish lozim. Turli og‘riqlar, qiyinchiliklar, mag‘lubiyatlarga qaramay o‘z ustingda ishlashda davom etish talab etiladi. Murabbiy ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish, mehnat qilishdan to‘xtamaslik kerak. Ahir inson chempion bo‘lib tug‘ilmaydi. Unga mashaqqat bilan erishiladi.

Osiyo o‘yinlari oldidan

Bu men uchun ikkinchi Osiyo o‘yinlari bo‘ladi. Incheondagi musobaqada terma jamoamiz hisobiga oltin medal qo‘shib qo‘yish uchun bir ochko yetmay qolgandi. Yakunda, kumush medal bilan kifoyalangandim. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Bu safar Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oilam, terma jamoamiz va vatanimiz uchun juda muhim.

Fursatdan foydalanib, sportchilarimizga birinchi navbatda sog‘lik, kuch va mashg‘ulotlarda sabr tilayman. Osiyo o‘yinlarida g‘alabalarimiz ko‘p bo‘lsin. Olg‘a, O‘zbekiston!

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:07, 26.07.2018. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Бетис Kucho Ernandes 8
8 Валенсия Ugo Duro 7
9 Барселона Rafinya 7
10 Атлетико Xulian Alvares 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.