Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Sanderlend - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylangan qushboqar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyada transfer oynasi yopilishi arafasida «Chelsi» Bilbaoning «Atletik» jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalagani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Londonliklar ushbu kiper uchun 80 million yevro to‘lashdi.

Aslida Kepa kim? Quyida ushbu posbon bilan yaqindan tanishasiz.

U Yevroda g‘olib chiqqan, «Real»ga rad javobini berdi, chempion qushlarni boqadi. Endi esa jahonning eng qimmat darvozaboni.

Kepa aholisi 9 mingga yetmaydigan shaharchada tug‘ilgan. Bu - Ispaniya­dagi Ondarroa munisipaliteti. Maydoni 3,6 kv.kmni tashkil qiladi. 2010 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, shaharchada atigi 8856 kishi yashaydi. Bilbaodan 41 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kepa 9 yoshida «Atletik» akademiyasiga qabul qilingan.

U haftasiga ikki-uch marta Ondarroadan Bilbaoga taksida borardi. Oradan yetti yil o‘tib esa «Atletik»ning farm-klubi hisoblangan «Baskoniya»da debyut o‘yinini o‘tkazdi. Aytgancha, qahramonimiz akademiyada nafaqat darvoza, balki boshqa chiziqlarda ham o‘ynagan. Bir safar jamoadoshining jarohati bois maydonga tushib, ikkita gol urishga ham erishgan.

2012 yili Kepa Ispaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga yo‘l oldi. Xulen Lopetegi boshchiligidagi ispanlar guruhdan osonlik bilan chiqishdi. O‘shanda jamoa tarkibida Suso, Pako Alkaser, Saul va Xese kabi futbolchilar ham o‘ynashardi. Yarim finalda fransuzlar bilan 3:3 hisobini qayd etishgan.

O‘shanda fransiyaliklarning gollariga Yumtiti va Pogba mualliflik qilishgandi. Penaltilar seriyasida esa Kepa Yumtiti va Kondogbianing zarbalarini qaytarib, jamoasining finalga yo‘l olishiga ulkan hissasini qo‘shgan. Tallinda bo‘lib o‘tgan finalda ispanlar Xesening yagona goli evaziga Gresiyani mag‘lub etishgandi.

Arrisabalaga «Atletik»ning Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan 100-futbolchisiga aylangan. Bu voqea o‘tgan yilning noyabrida yuz bergandi. Aynan Lopetegi Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Kepani asosiy tarkibda maydonga tushirgan. Malagada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ispaniyaliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Shu o‘rinda aytish joiz, Ispaniya termasiga «Atletik»dan ko‘ra «Barselona» va «Real» o‘yinchilari ko‘proq jalb etilgan. «Barsa»dan 129, «Real»dan 122 nafar. Boz ustiga, Kepa JCH-2018ga ham uchinchi darvozabon sifatida bordi.

O‘tgan mavsum «seyv»lar borasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Undan oldinda «Las-Palmas» (o‘rtacha 3,8ta «seyv»), «Valensiya» (3,3) va «Levante» (3,3) darvozabonlari borishmoqda. Kepaning o‘rtacha ko‘rsatkichi bitta o‘yinga 3,2ta «seyv»ni tashkil qiladi.

Umuman olganda, mavsum davomida «Atletik» posboni 96ta «seyv» qayd etgan. Shu zarbalarning 59tasi jarima maydoni ichidan, 32tasi jarima maydoni tashqarisidan va 5tasi darvozabon jarima maydoni ichidan berilgan.

Kepaning «Atletik» bilan shartnomasi 2018 yilning yozida niihoyasiga yetardi. 1 yanvardan u istagan klubi bilan muzokara olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. «Real» futbolchini yozda tekinga qo‘lga kiritishi mumkin edi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:25, 30.08.2018. O'qildi: 6846 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик