Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
  • Superliga
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • 0:2
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • 1:3
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 4:0
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 32 57
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Jirona 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Valensiya 33 37
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

25/04/26 Valensiya - Jirona
26/04/26 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hammani chaqayotgan «arilar»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premyer-Ligasining 3-turi ortda qolganda bir jamoa barchaning hayratiga sabab bo‘lishga ulgurdi. Xardfordshir grafligining 90 ming kishi istiqomat qiladigan Uotford shahri sharafini himoya qiluvchi shu nomli jamoasi APL yangi mavsumini ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi. Bundan oz emas, ko‘p emas, naqd 137 yil avval tashkil etilgan etilgan klub 2018 yilga kelibgina Angliya yuqori divizionida mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladimi, chindan ham «Uotford»da yaxshi o‘zgarishlar bo‘lgan. Biz «Uotford»ni yevrokuboklar uchun da’vogarlar qatoriga kiritib qo‘ymoqchi emasmiz, shunchaki bunday natijalar oxirgi yillarda Angliya futboli muxlislariga manzur bo‘layotgan klub haqida yozish uchun bir bahona bo‘ldi.

ISHBILARMON XO‘JAYIN

«Uotford»ning xo‘jayini italiyalik tadbirkor Jampaolo Posso hisoblanadi. U «Uotford»dan tashqari Italiyaning «Udineze» hamda Ispaniyaning «Granada» klublarining ham xo‘jayini hisoblanadi. Posso «Uotford»ni 2012 yilda sotib olgan. Uning davrida «arilar» (jamoaning laqabi aynan shunday) APL muxlislarining og‘ziga tushib qoldi. Masalan jamoa o‘tgan mavsum APLda 14-o‘rinni, undan oldingi mavsumda 17-o‘rinni, 2015/16 yilgi mavsumda 13-o‘rinni egallagan.

Oldingi mavsumlarda esa «Uotford» APLda qatnashmagan. Ya’ni, Posso davrida «Uotford» Premyer-Liganing doimiy o‘rtamiyonasiga aylanib bormoqda. Bu esa klub har yili yaxshigina daromad qiladi degani. O‘zingiz o‘ylang, mavsumni 20-o‘rinda yakunlaydigan jamoasi translyasiyaning o‘zidan kamida 100 million funt ishlaydigan chempionatda ketma-ket yillar davomida jon saqlab qolish uchun bo‘lsa ham kurashib ligada qolish qanchalik ko‘p foyda keltirishi mumkin. Xullas italiyalik ishbilarmon rahbar qo‘l ostida «Uotford» yaxshigina o‘sishga erishdi.

«Uotford» Possoning eng yangi klubi bo‘lsa ham, bugungi kunda asosiy jamoasiga aylangani bekorga emas. To‘g‘ri, uni ko‘pchilik «Udineze» xo‘jayini sifatida taniydi, lekin Angliya futbolida aylanadigan katta pullar bu chempionat jamoalarini qolganlardan boyroq qilishi ham bor gap. «Udineze» va «Granada»da porlagan ba’zi futbolchilarning «Uotford»ga kelishi ham bejizga emas. Masalan, «Uotford»ning oxirgi yillardagi eng yorqin futbolchisi, o‘tgan mavsumlarni Anzur Ismoilov bilan «Chanchun Yatay»da o‘tkazgan Odion Igalo ham jamoaga aynan «Udineze»dan kelgandi.

Posso murabbiylarni tez-tez o‘zgartirishni yoqtiradi. U «Uotford»da naqd 10ta murabbiy almashtirdi. Uning rahbarligida «Uotford»da hech bir murabbiy bir mavsumdan ko‘p ishlamagan. Ba’zilar mavsum o‘rtasidayoq bo‘shatib yuborilgan. Hozirgi murabbiy yanvarda jamoani qabul qilib olgan Xavyer Grasiya esa yangi mavsumni yaxshi boshladi va bu ketishda keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin.
KIMLAR MAG‘LUB ETILDI?
Demak, «Uotford» APL yangi mavsumining dastlabki turlarida «Brayton», «Byornli» va «Kristal Pelas»ni mag‘lub etdi. Masalan «Chelsi» yoki «Liverpul» bu jamoalarni yutib mavsumni boshlaganida e’tibor bermagan bo‘lardik. Lekin «Uotford» o‘z darajasidagi va o‘zidan kuchliroq bo‘lgan jamoalarni mag‘lub etdi. «Brayton» 2-turda «MYU»ni mag‘lub etganining o‘ziyoq bu jamoani mensimaslik to‘g‘ri emasligini ko‘rsatadi. «Byornli» esa Shon Daych bilan ajoyib jamoaga aylangan va hozirda Yevropa Ligasiga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Darvoqe, Shon Daych murabbiylik faoliyatini aynan «Uotford»da boshlagan. U o‘zi 3 yil davomida futbolchilik faoliyatini o‘tkazgan «Uotford»ni 2011-12 yillar davomida boshqargan. Xavyer Grasiya jamoasi uchinchi turda «Kristal Pelas»ni mag‘lub etdi. «Pelas» Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roy Xodjson bilan yaxshi jamoaga aylangan. Uning tarkibida Vilfrid Zaha hamda Patrik van Anxolt kabi xaridorgir futbolchilar o‘ynashini ham unutmaslik kerak. Hamma jamoani maqtayapsiz, demak Angliyada kuchsiz jamoa yo‘q ekanda deyishingiz mumkin, lekin «Uptford» dastlabki turlarda chindan ham yaxshi jamoalarni mag‘lub etdi.
ARGENTINALIK «TARAS BULBA»
roberto-pereyra

«Uotford»ning bugungi tarkibida asosiy yulduz Roberto Pereyra 2016 yildan buyon jamoada o‘ynab keladi, lekin aynan joriy mavsumda uning o‘yini ochildi. Pereyra 1-turda «Brayton» darvozasiga juda chiroyli ikkita gol urdi, «Kristal Pelas» darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi. Sochini Taras Bulbaniki kabi turmaklab olgan Pereyra ham «Udineze» va «Uotford»da o‘ynagan futbolchilardan. «Udineze» uni «Yuventus»ga ijaraga bergandi, lekin Turinda uning ishlari yurishmadi va Posso argentinalik futbolchini o‘zining Angliyadagi jamoasiga olib kelishga qaror qildi. Bu yerda Pereyraning ishlari yangi mavsum boshida ancha yurishib ketdi.

INGLIZCHA JAMOA

DmUkuO6WsAAsWGn

Angliyaning kuchli klublarida ingliz futbolchilar juda kamayib ketdi. «Manchester Siti», «Chelsi», «MYU» kabi jamoalarda ba’zan tarkibida birorta ingliz bo‘lmaydi. «Uotford» xorijlik tadbirkorga tegishli klub bo‘lsa ham, uning tarkibida ko‘plab angliyalik futbolchilar o‘ynashadi. Darvozada Ben Foster o‘ynaydi. Hujum vakillari Troy Dini (jamoa sardori) va Andre Grey ham ingliz. Yarim himoyada Nataniyel Chaloba, Tom Kleverli, Uil Xyuz, himoyada Kreyg Ketkart, Ben Vilmot kabi mahalliy futbolchilar o‘ynashadi. Angliyada aynan mahalliy futbolchilari ko‘p bo‘lgani sabab «Tottenxem» va «Liverpul»ni o‘zgacha hurmat qilishadi. Darvoqe shu o‘rinda «Uotford» bosh murabbiyi Xavyer Grasiyaning «Kristal Pelas» bilan o‘yindan keyingi fikrlariga nazar solsak: «Jamoamizda juda yaxshi futbolchilar jamlangan. Ular bilan yaxshi jamoa tuzishimizga ko‘zim yetadi». Taqqoslash uchun tarkibida jahon darajasidagi o‘ynaydigan «MYU» bosh murabbiy Joze Mourinyo hech qachon tarkibidan xursand bo‘lmaganini eslang. Angliyada «MYU» aynan Grasiyani murabbiylikka olib kelishi kerak degan hazillar ham paydo bo‘ldi. Xullas «Uotford» hozircha muxlislarda yaxshi taassurot qoldirmoqa. Biroq keyini turlarda «arilar»ning raqiblariga e’tibor bering: «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Fulxem», «Arsenal». Mana shu o‘yinlardan keyin ham «Uotford» to‘rttalikda bo‘larmikin?

crystal-palaces-roy-hodgson-warns-watford-mascot-harry-the-hornet-to-stay-on-his-feet

O‘tkir JALOLXONOV

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 18:34, 05.09.2018. O'qildi: 5238 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Барселона Robert Levandovski 12
8 Алавес Lukas Boye 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Алавес Toni Martines 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик