Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yana Qatar-2022 haqida gaplashamiz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Esingizda bo‘lsa, gazetamizning avvalgi sonlaridan birida navbatdagi jahon chempionati - Qatar-2022 xususida batafsil yozgan edik.

Umuman, bu boradagi ma’lumotlarga ehtiyoj kattaligi o‘z-o‘zidan tushunarli, xususan, yurtimizda. Axir gap jahon futbolining bosh musobaqasi haqida ketyapti. Ajabmaski, Yaqin Sharqda qish faslida bo‘ladigan keyingi mundialda O‘zbekiston milliy jamoasi debyutini ham kuzatsak.

Aniqroq aytsak, Qatar mundialiga 2022 yilning noyabr oyida start beriladi va asosiy o‘yinlar dekabrda o‘tkaziladi. Hozirda dunyo futboli jamoatchiligini bitta masala qiziqtirmoqda: ulkan Osiyoda tashkillashtiriladigan ikkinchi jahon chempionati qanday bo‘ladi?

Demak, quyida Qatar-2022 mundiali atrofidagi rasmiy ma’lumotlarga yana bir bora to‘xtalgan holda, qo‘shimcha yangiliklar bilan ham tanishib chiqamiz.

UMUMIY MA’LUMOT

Qatarning JCH-2022ga mezbonlik qilishi 2010 yilning 2 dekabr kuni rasman e’lon qilingandi. Bilasiz, JCH-2018 Rossiyada tashkillashtirilishi ham aynan o‘sha kuni tasdiqlangandi. Syurixda bo‘lib o‘tgan FIFA Ijroiy qo‘mitasi yig‘ilishida Qatar «zayavka»si JCH-2022 mezbonlik huquqiga da’vogarlik qilgan Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSH nomzodidan ko‘proq ovoz olgandi.

Yaqin Sharqdagi mitti mamlakat JCH-2022ga mezbon tanlash jarayonining g‘olibi sifatida e’tirof etilganidan keyin bir qator dolzarb masalalar yuzaga chiqdi. Xususan, musobaqa muddati bo‘yicha bahs-munozaralar boshlandi. Chunonchi, Fors ko‘rfazi yer yuzidagi eng issiq ob-havo sharoiti hukm suradigan hududlar sirasiga kiradi.

Binobarin, Qatarda may - sentyabr oylari oralig‘ida havo harorati odatda plyus 40-45 darajadan pastga tushmaydi. Qisqasi, bu holat FIFAni jiddiy o‘ylantirib qo‘ygani bor gap. Axir jaziramada yugurish bir muammo, muxlislarning stadionlarga jalb etish esa bir bosh og‘rig‘i.

Qatarliklar iqlim bo‘yicha xavotirlarga javoban o‘sha vaqtdayoq jahon chempionati payti ko‘ngildagidek sharoitlar yaratishga, xususan, stadionlarni sovutgich tizimi (ulkan kondisioner) bilan ta’minlashga va’da berishdi. Biroq bu variant ko‘pchilikka ma’qul kelgani yo‘q.

Shunday qilib, FIFA muqobil yo‘ldan borib, turnir muddatini o‘zgarib qo‘ya qoldi. Rasman tasdiqlangan qarorga ko‘ra, keyingi jahon birinchiligi 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

SHAYX SALMON BOSH TASHVIQOTCHI ROLIDA

Rossiyadagi jahon chempionati yakunlangach, Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiy sayti ko‘pchilik e’tiboriga tushgan o‘ziga xos sarlavha bilan chiqish qildi: Spasibo and Do Svidaniya Russia, Marhaba Qatar! Ajoyib yondashuv - bu rus diyorida parda tushirilganiyu, spektakl tugagani va endi barcha nigohlar arab o‘lkasiga qaratilishiga ishora.

Xususan, OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa mundial nihoyatda keskin tus olgani va katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlab, Qatardagi jahon chempionati ham manzur bo‘ladigan darajada tashkillashtirilishiga ishonch bildirdi, bunga shubhalanish noo‘rin ekanligini qo‘shimcha qildi.

Shayx Salmon shuningdek, mundial tashkilotchilari, ayniqsa, Rossiya Federasiyasi prezidenti va turnir uchun chin dildan mehnat qilgan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirishni unutmadi: «Bemalol aytaman, Rossiya musobaqani juda yaxshi o‘tkazdi, buning uchun rahmat.

Endibizbore’tiborniyana 4 yildankeyinQatarmezbonlikqiladiganjahonchempio-natigaqaratamiz. O‘ylaymanki, Qatar mundiali ham yuqori saviyada tashkil etiladi. Buning uchun bor imkoniyatlardan to‘liq foydalanamiz. Umuman, tashkilotchilik bo‘yicha katta reja ishlab chiqamiz.

Osiyo bundan 16 yil muqaddam JCH-2002ni qabul qilgandi, bizga yana shunday imkoniyat berilganidan nihoyatda mamnunmiz. Arablar juda mehmondo‘st xalq, mana ko‘rasizlar, Qatardagi musobaqa ham yuqori saviyada o‘tib, tarixga kiradi.

2002 yildan buyon jahon chempionati qayerda tashkillashtirilgan bo‘lmasin - Germaniya, JAR, Braziliya va Rossiyada - hammasi o‘ziga xos darajada kechgan. O‘ylaymanki, Qatar mundiali ham bundan mustasno bo‘lmaydi».

ESKIRMAYDIGAN MOJARO

Qatar davlat telekanali - beIN Sports mamlakat 2022 yilgi jahon chempionati mezbonlik huquqini yutishi uchun 100 mln. yevro to‘lagan emish. Bu haqda Mail on Sunday nashri FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterdan intervyu olgan jurnalist Bonita Mersiades kitobiga asoslanib xabar tarqatdi.

Blatterning aytishicha, 2010 yili JCH-2022 mezbonlik huquqi taqdiriga oydinlik kiritilishidan bir necha oy oldin beIN Sports tanlovda Qatar «zayavka»si g‘alaba qozongan taqdirda FIFA hisob raqamiga 100 mln. yevro o‘tkazib berishni va’da qilgan. Turnir mezboni aniqlangach, tashkilot g‘aznasiga haqiqatan ham, aytilgan miqdorda pul tushgan.

Qatar telekanali matbuot xizmati keyinchalik Mail on Sunday talabiga ko‘ra, FIFAga 100 mln. yevro berilganini tasdiqladi, ammo mablag‘ boshqa maqsadga yo‘naltirilganini alohida ta’kidladi.

Blatter janoblari shuningdek, yana bir sirni ochdi: «Aslida Qatarni mezbonlik huquqidan mahrum etishni istagandim, biroq mamlakat amiri bilan ushbu ishga aralashmaslik xususida kelishib olishga majbur bo‘ldim. Shartlashuvimizga binoan, FIFA Ijroiy qo‘mitasi sobiq a’zosi - qatarlik Muhammad bin Hammam tashkilot prezidenti saylovida ishtirok etmasligi kerak edi...».

 Bundan tashqari, FIFA sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Ijroiy qo‘mitasi sobiq a’zosi Frans Bekkenbauer JCH-2022 mezbonini aniqlash jarayonida Avstraliya «zayavka»siga ovoz berish evaziga «yashil qit’a» vakillaridan pora olgan emish...

MUNDIAL ISHTIROKCHILARI SONI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:04, 14.09.2018. O'qildi: 9450 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.