Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 18.06.2025 04:00
      • Ulsan Xyonde
      • 0:1
      • Mamelodi Sandauns
      • 18.06.2025 06:00
      • Monterrey
      • 1:1
      • Inter
      • 18.06.2025 21:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vidad
      • 18.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 19.06.2025 03:00
      • Pachuka
      • -:-
      • Zalsburg
      • 19.06.2025 06:00
      • Al-Ayn
      • -:-
      • Yuventus
  • O‘zbekiston kubogi
      • 18.06.2025 19:30
      • Qo‘qon-1912
      • 1:1
      • Bunyodkor
      • 18.06.2025 19:30
      • Sho‘rtan
      • 4:1
      • Aral
  • Superliga
      • 19.06.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Xorazm
      • 19.06.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qizilqum
      • 20.06.2025 20:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Buxoro
      • 20.06.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Nasaf
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ahli (Misr) 1 1
2 Inter Mayami 1 1
3 Palmeyras 0 0
4 Portu 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 1 3
2 Botafago 1 3
3 Sietl Saunders 1 0
4 Atletiko 1 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Benfika 1 1
3 Boka Xuniors 1 1
4 Oklend Siti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chelsi 1 3
2 Flamengo 1 3
3 Esperans 1 0
4 Los-Anjeles 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 1 3
2 Inter 1 1
3 Monterrey 1 1
4 Urava Reds 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mamelodi Sandauns 1 3
2 Borussiya D 1 1
3 Fluminense 1 1
4 Ulsan Xyonde 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 1 3
2 Al-Ayn 0 0
3 Yuventus 0 0
4 Vidad 1 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 0 0
2 Pachuka 0 0
3 Real Madrid 0 0
4 Zalsburg 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Inter Mayami 0-0 Al-Ahli (Misr)
1-тур Bavariya 10-0 Oklend Siti
1-тур PSJ 4-0 Atletiko
1-тур Sietl Saunders 1-2 Botafago
1-тур Chelsi 2-0 Los-Anjeles
1-тур Boka Xuniors 2-2 Benfika
1-тур Flamengo 2-0 Esperans
1-тур Fluminense 0-0 Borussiya D
1-тур River Pleyt 3-1 Urava Reds
1-тур Ulsan Xyonde 0-1 Mamelodi Sandauns
1-тур Monterrey 1-1 Inter
1-тур Manchester Siti 2-0 Vidad

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/25 Palmeyras - Portu
18/06/25 Real Madrid - Al-Hilol
19/06/25 Pachuka - Zalsburg
19/06/25 Al-Ayn - Yuventus

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хольштайн Киль".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      11:35 Новости футбола.
      11:40 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      13:35 Новости футбола.
      13:40 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      15:35 Новости футбола.
      15:40 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
      17:40 Новости футбола.
      17:45 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Айнтрахт Франкфурт".
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Штутгарт".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      23:55 Новости футбола.
      00:00 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.06.2025

      05:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      09:50 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      11:05 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      15:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      15:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка. Прямая трансляция.
      16:45 "Страна спортивная".
      17:00 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      18:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Смешанные пары. Вышка. Прямая трансляция.
      20:05 "Лучшие из лучших".
      20:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      23:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      01:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      03:05 "Страна спортивная".
      03:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка.
      04:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия. 1/2 финала.
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC 283 в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Гловер Тейшейра против Джамала Хилла.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      16:55 "Футбол на все времена".
      17:25 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия. Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:20 Наши в UFC.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Эпоха Романцева".
      03:35 "Что по спорту?". Чебоксары.
      04:05 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.06.2025

      05:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Этап 3 на трассе Джидда Корниш, Саудовская Аравия. Обзор.
      08:00 Автоспорт. Формула E. Этап 4 в Майами, США. Обзор.
      09:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      10:30 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      11:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 3 в Ванкувере, Канада. Обзор.
      12:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      13:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      14:00 Автоспорт. Формула E. Этап 5 на трассе Монако, Монако. Обзор.
      15:00 Автоспорт. Формула E. Этап 6 в Токио, Япония. Обзор.
      16:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      17:50 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5. Прямая трансляция.
      20:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      23:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      01:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады".

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

0:11. «Metallurg» «Paxtakor» manfaati uchun xizmat qiladimi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Metallurg» - «Paxtakor» - 0:11. Bu Superliga doirasidagi ushbu klublarning o‘zaro 3ta o‘yinida qayd etilgan umumiy hisob. Bu «Metallurg» tomonidan bitta otaliqqa ega homiydosh klubi «Paxtakor»ga «sovg‘a» qilingan 9 ochko deganidir. «Dalil, isbot qani?» deb boshimni qotirmay turing - Toshkent va Bekobod klublari o‘rtasidagi o‘yin atrofidagi «o‘yin»lar shu daraja g‘alati ko‘rinish oldiki, PFL qoshidagi «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi» komissiyasi (agar mavjud bo‘lsa) hali o‘yin videosi u yoqda tursin, maqolamizdagi faktlar bilan ham «Metallurg» - «Paxtakor» o‘zaro uchrashuvlari borasida ish ochishga asoslari yetarli.

Bekoboddagi «gollar-shousi»

Keling, avvalo «Metallurg» va «Paxtakor» o‘rtasidagi Superliga doirasidagi o‘yinlarga e’tibor qaratamiz. Dastlabki o‘zaro rasmiy uchrashuv 7-tur doirasida kechib, «Paxtakor» safarda «Metallurg» ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan. (8 fevralda mavsumga tayyorgarlik jarayoni davomida «Paxtakor» «Metallurg» bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 8:3 hisobida g‘alaba qozongandi.)

Superliga. 7-tur. 19 aprel. Bekobod

«METALLURG» – «PAXTAKOR» - 0:5

«Metallurg»: Zafar Safayev, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toshqo‘ziyev, 84), Jasur Hasanov, Dilyorbek Ermatov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Andrey Shipilov, 84), Abror Xusinov, Zafar To‘rayev (Zohid Abdullayev, 66), Pavel Smolyachenko, Pavel Purishkin.

Bir qarashda natija «Paxtakor»ning «Metallurg»dan bir bosh balandligini ko‘rsatar, ammo Bekobod klubining ushbu bahsga nisbatan yondashuvi shubha-gumonlarni uyg‘otadi. Mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov aynan o‘zining sobiq jamoasi «Paxtakor»ga qarshi g‘alati qarorlarni qabul qilgan:

1-shubha: «Metallurg» asosiy tarkibida ilk marta Pavel Purishkin Superligada maydonga tushirilib, 90 daqiqa o‘ynagan. Purishkin so‘nggi 8 yil ichida ilk marta o‘zbek klubi safida debyut o‘yinini o‘tkazgan.

2-shubha: 7-turgacha doim zaxirada qolgan Dilyorbek Ermatov aynan «Paxtakor»ga qarshi ilk bor asosiy tarkibga tushirilgan va 90 daqiqa to‘p surgan.

3-shubha: «Metallurg» asosiy tarkibida 19 yoshli Abror Toshqo‘ziyev ilk marta maydonga tushirilgan. Bungacha u Superligada umuman o‘ynamagan.

4-shubha: «Metallurg» tarkibida ilk marta 19 yoshli Andrey Shipilov maydonga tushgan. Shu kuni debyutini nishonlagan futbolchi bungacha Oliy Ligada ham o‘ynamagan.

5-shubha: Aynan «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda «Metallurg» goleadori Zohid Abdullayev boshlang‘ich tarkibda tushirilmagan, u ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Tarkib 100 foiz «yangilanishi»

«Paxtakor» - «Metallurg» o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin 18-turda o‘tkazilgan bo‘lib, Toshkentdagi bahsda ham Andrey Shipilov boshqaruvidagi «Metallurg» jamoasi poytaxtga shunchaki sayohatga kelib, «Paxtakor»ga chiroyli hisobda yutqazib ketishgan.

Superliga. 18-tur. 23 iyun. Toshkent.

«PAXTAKOR» — «METALLURG» - 3:0

«Metallurg»: Zafar Safoyev, Zoir Jo‘raboyev (Abror Husinov, 69), Abror Toshqo‘ziyev, Jasur Hasanov, Davronbek Umirov, Doniyor Hoshimov (SHahzod Shaymanov, 62), Andrey Shipilov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Zohid Abdullayev, 78), Bahodir Pardayev, Otabek Zokirov.

Ajablanarlisi, «Metallurg» bosh murabbiyi bu safar ham «Paxtakor»ga qarshi o‘yin uchun tarkib tanlashni «qoyillatgan».

1-shubha: 17-turda «Bunyodkor» bilan 1:1 o‘ynab, «Paxtakor»ning asosiy raqobatchisini 2 ochkodan mahrum etgan «Metallurg» jamoasi, 18-turda «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda o‘sha asosiy tarkibni emas, safni 100 foizga yangilab, 11 nafar boshqa futbolchi bilan maydonga tushgan.

2-shubha: «Metallurg» bilan o‘yindan oldingi 17-turdagi «Qizilqum» - «Paxtakor» (1:2) uchrashuvida toshkentliklar jamoasi sardori Marko Simich 90-daqiqada ataylab sariq kartochka olib, 4 marta ogohlantirilishi sababli, natijasi oldindan ma’lum bo‘lgan «Metallurg» bilan bahsni o‘tkazib yuborgan va 19-turdagi «Navbahor»ga qarshi uchrashuvga «toza» bo‘lib qaytgan. Ya’ni, «Metallurg» bilan o‘yin «Paxtakor» futbolchilariga kartochkalardan «tozalanish» imkonini bergan.

3-shubha: «Metallurg» safida ilk marta Otabek Zokirov asosiy tarkibga maydonga tushirilib, 90 daqiqa to‘p surgan. «Paxtakor»ga qarshi o‘yindan keyin birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan.

4-shubha: «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda «Metallurg» bosh murabbiyi ilk marta tojikistonlik 20 yoshli futbolchi Zoir Jo‘raboyevni asosiy tarkibda maydonga tushirgan. «Paxtakor» bilan o‘yin Jo‘raboyev uchun Superligadagi ilk va so‘nggi o‘yin bo‘lib qolgan.

5-shubha: «Metallurg» bosh murabbiyi shu kuni yana bir 20 yoshli futbolchi Doniyor Hoshimovni ham ilk marta asosiy tarkibda tushirgan. Jo‘raboyev singari, Hoshimov uchun ham «Paxtakor» bilan o‘yin Superligadagi ilk va so‘nggi bahs bo‘lib turibdi.

6-shubha: 7-turda Bekobodda 0:5 hisobi bilan yakunlangan «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda ilk marta maydonga tushirilgan Abror Toshqo‘ziyev shu bilan orada 11 tur (!) dam olib, 18-turda yana aynan «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Andrey Shipilov mavsum davomida Toshqo‘ziyevni faqat «Paxtakor»ga qarshi o‘ynatgan.

7-shubha: Xuddi shunday 20 yoshli rossiyalik futbolchi Andrey Shipilov ham 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yindan 11 tur o‘tib, aynan «Paxtakor» bilan bahs uchun maydonga qaytarilgan. Eng qizig‘i, bosh murabbiyning o‘g‘li sanalmish ushbu futbolchi profesional faoliyati davomida 3 marta o‘yin o‘tkazgan va shundan 2tasi aynan «Paxtakor»ga qarshi – 0:5, 3:0 hisobidagi mag‘lubiyatlar qayd etilgan o‘yinlar.

8-shubha: Bungacha har o‘yinda asosiy tarkibdan o‘rin oladigan «Metallurg» to‘purari Zohid Abdullayev bu safar ham aynan «Paxtakor» bilan o‘yinga asosiy tarkibda emas, so‘nggi 10 daqiqalikda maydonga tushirilgan.

9-shubha: 18-turda «Paxtakor» bilan o‘ynagan «Metallurg» jamoasining navbatdagi 19-turdagi «Neftchi»ga qarshi tarkibi deyarli 90 foizga yangilangan.

Tanish «ssenariy»

«Metallurg» va «Paxtakor»ning yo‘li 3 oktyabr kuni 25-tur doirasida ham kesishdi. Bu safar ham o‘yin «tanish ssenariy» ostida kechib, «Metallurg» o‘z vazifasini «a’lo» darajada bajardi.

Superliga. 25-tur. 3 oktyabr. Bekobod

«METALLURG» – «PAXTAKOR» - 0:3

«Metallurg»: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Islom Isoqjonov (Abror Toshqo‘ziyev, 67), Jasur Hasanov, Davron Umirov (Muhammad Isayev, 46), Sherzod Fayziyev, Xudoyshukur Sattorov, Bahodir Pardayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko (Doniyor Xoshimov, 75), Otabek Zokirov.

PFL bu klublar o‘rtasidagi dastlabki ikkita «o‘yin»ni ko‘rmaslikka olgach, uchinchi marta ham Bekobodda Superliga ustidan ochiqchasiga kulishdi:

1-shubha: «Metallurg» – «Paxtakor» uchrashuvidan oldin, 24-turda «Navbahor» – «Metallurg» (0:0) o‘yini yakunida bekobodliklar jamoasi yetakchilari Zafar To‘rayev va Zohid Abdullayev ataylab sariq kartochka olib, chempionatda 4 marta ogohlantirilgani bois «Paxtakor»ga qarshi taqdiri hal «o‘yin»da maydonga tushishdan «qochishdi» va «Bunyodkor»ga qarshi bahs oldidan «tozalanib» olishdi.

2-shubha: So‘nggi marta faqatgina 2017 yilning 9 sentyabr kunida «dubl» qayd etgan, o‘shanda ham «Metallurg» darvozasiga 2ta gol urgan Igor Sergeev bu yil Superligada 1ta gol urgandi, u «Metallurg» bilan bahsda yana «dubl»ga erishdi.

3-shubha: «Paxtakor» safida 25 tur davomida umuman maydonga tushmagan Hojiakbar Alijonov aynan «Metallurg»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushirildi.

4-shubha: «Metallurg» bosh murabbiyi bu safar ham aynan «Paxtakor»ga qarshi «o‘ynatiladigan» 20 yoshli Abror Toshqo‘ziyev va Doniyor Hoshimovni maydonga tushirdi.

5-shubha: «Metallurg» bosh murabbiyi Andrey Shipilov «Paxtakor» bilan o‘yinda bu safar ham «an’anasi»ni davom ettirib, Superligada umuman o‘ynamagan 20 yoshli Xudoyshukur Sattorovni kuchli raqibga qarshi asosiy tarkibda o‘ynatdi. Bungacha Xudoyshukur katta futbolda maydonga tushmagan, 25 tur davomida jamoasiga umuman kerak bo‘lmagandi.

«Metallurg» va «Paxtakor»ni nima bog‘lab turadi?

Afsuski, Bekobod klubi mana necha yildirki shubhali o‘yinlarda gumon qilinmoqda. Yodingizda bo‘lsa, O‘FF 2015 yilda «Paxtakor» – «Metallurg» (3:2) uchrashuvini «sport prisiplariga va etikasiga zid» hisoblab, bekobodliklar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovni mavsum so‘nggi qadar chetlatgandi. Shunga qaramay, o‘shanda «Metallurg»ning shubhali o‘yinlari davom etdi.

2017 yilgi mavsum yakunida esa «Metallurg» bosh homiysi «O‘zMetKombinat»da rahbariyat o‘zgargach, murabbiylar shtabi iste’foga chiqarildi, futbolchilar jamoani tark etishdi.

«Metallurg» klubi bosh homiysi «O‘zMetKombinat» boshqaruvi «SFI Management Group» kompaniyasiga o‘tgach, ko‘pchilik Bekobod klubi nihoyat shubhali o‘yinlarda ishtirok etishni bas qilishi ishongandi, biroq «chuchvarani xom sanashdi» - «Metallurg» endi faqat «Paxtakor» manfaati uchun ham xizmat qiladigan klubga aylanib qolgandi.

Nega?

Sababi, «Paxtakor» va «Metallurg» klublari bitta otaliqqa ega homiydosh klublardir. «SFI Management Group» va «MetProm» xorijiy kompaniyalari Toshkent va Bekobod klublari muassisi hisoblanishadi.

2017 yil yakunida «Paxtakor» klubi prezidenti Bobur Shodiyevning tashabbusiga ko‘ra, «Paxtakor» murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Andrey Shipilov «Metallurg» klubi bosh murabbiyi sifatida tayinlandi.

2018 yilda «Metallurg» klubiga «Paxtakor» jamoasidan 8 nafar futbolchi ijaraga berildi - yil boshida Akbar Ismatullayev, Zabihullo O‘rinboyev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyev, Saidjamol Davlatjonov Bekobod klubiga jo‘natilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich oldidan Stanislav Andreev, Kamron Saidazimov va Ibrohim Yo‘ldoshev «Metallurg»ga o‘tishdi. Aynan ushbu futbolchilardan birortasi ham «Paxtakor»ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmaydi. «Metallurg» «Paxtakor»ga hech qachon qarshilik qilmaydi. Buni natijalar ham isbotlab turibdi – 0:5, 0:3, 0:3.

Statistikaga ko‘ra, Superligada hech bir klub o‘z raqibiga uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, 11ta gol o‘tkazib bermagan. «Metallurg» esa buni juda maromiga yetkazib uddalayapti. «Paxtakor»ga 9 ochkoni hadya qilgan Bekobod klubi, chempionlik uchun kurashayotgan «oltilik» guruhida qolgan barcha raqiblardan ochko ololgan. Xususan, «Paxtakor»ning asosiy raqibi sanalmish amaldagi chempion «Lokomotiv» bilan kechgan 1-bosqichdagi ikkita uchrashuvda ham «Metallurg» maydonga «jang»ga tushgandek to‘p surib, Bekobodda g‘alaba qozongan, Toshkentda durang qayd etgan. Ya’ni, «Loko» 5 ochkodan mahrum etilgan. Bekobodliklar «Navbahor», «Bunyodkor» va «Buxoro» bilan o‘yinlarda ham durang o‘ynagan. O‘xshatish o‘rinli bo‘lsa, «Ota bir, ona boshqa» uka, akasi uchun qilishi mumkin bo‘lgan hamma narsani qilib berdi. Endi tasavvur qiling, «Metallurg» Superligada chempionlik yo‘lidagi oltilikka kira olmaganida «Paxtakor»ning hozirda chempionlik uchun imkoniyati qolgan bo‘larmidi? Eng achinarlisi, nahotki, o‘zini hurmat qilgan tashkilot «o‘z mahsuloti»ning kimlardir tomonidan bu darajada oyoqosti bo‘lishiga jim qarab turaversa?

O‘FA va PFL nega jim?

O‘FA va PFL «Superligani har tomonlama rivojlantiramiz, o‘yinlarni adolatli, shiddatli va murosasiz o‘tishini ta’minlaymiz» deya bong urayotgan bir paytda, «Metallurg» va «Paxtakor» o‘rtasidagi bunday «o‘yinlar» chempionatning ustidan ochiqchasiga kulish emasmi? «Kelishilgan o‘yinlarni bilib qolsak, tomirini quritamiz» deya va’da bergan tashkilot nahotki o‘ziga eng yaqin qo‘shni bo‘lgan stadion va klub atrofidagi ishlarga shunchaki ko‘z yumadi? Nega PFL «Paxtakor» va «Metallurg»ni sport tamoyillarini buzmasdan «halol o‘yin» tarafdori bo‘lishga chaqirishiga, bo‘ysunmasa, jazolashga jur’at qilmaydi? Buning sababi Umid Ahmadjonov «Paxtakor» va «Metallurg» rahbariyati bilan oldin birga ishlagani va ularga begona emasligimi? Mayli, yil boshida Bekoboddagi maydon va stadion yoritgichlarining talabga javob bermasa-da, «Metallurg»ning Superligaga qo‘yilganini tushunsa bo‘lar, ammo bitta homiy va otaliqqa ega klublarning bitta turnirda ishtirok etishi va biri ikkinchisini bir tomonlama qo‘llashi FIFA va OFK talablarini ochiq-oydin buzish emasmi?

«Navbahor» jazolandi, «Metallurg»-chi?

PFL komissiyasi Superliga 21-turidagi «Navbahor» – «Buxoro» o‘yinida mezbonlardan Jahongir Mehmonov va Oston O‘runov bosh hakam tomonidan ogohlantirilganda, bu futbolchilarni atayin sariq kartochka olib hal qiluvchi bosqich oldidan «tozalangani»ni sezib qolib, 20 million so‘m miqdorda jarimaga tortdi hamda o‘sha futbolchilarni faqat 22-tur emas, 23-turni ham o‘tkazib yuborishga majbur qildi. Xuddi shunday voqea, «Navbahor» - «Metallurg» o‘yinida ham ro‘y berib, mehmonlardan Zafar To‘rayev va Zohid Abdullayev o‘yin yakunida yo‘q joydan ataylab «sariq» olishgani va bu to‘rtinchi ogohlantirish sabab «Paxtakor»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish imkoniga ega bo‘lishganiga esa PFL shunchaki e’tiborsizlik qilayotganini qanday tushunish mumkin?

Nega PFL komissiyasining «Navbahor»ga nisbatan qo‘llanilgan «20 million so‘mlik jarima va ikki futbolchini ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilish» borasidagi «Intizomiy va jarimalar kodeksi»dagi bandlar «Metallurg»ga kelganda ishlamay qolayapti? Axir, «Metallurg» yetakchilari To‘rayev va Abdullayevning «Paxtakor»ga qarshi «o‘yin»ni o‘tkazib yuborishi va «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinga «toza» bo‘lib «jang»ga tushishdek maqsadi oydek ravshanku?

Xulosa

Aslida-ku, «Paxtakor» shusiz ham kuchli jamoa, ammo aynan «Metallurg» bilan o‘yinlarda ularga qarshi turli nayranglar bilan kuchsiz tarkib qo‘yilishida «Toshkent klubining hech qanday aloqasi yo‘q», degan cho‘pchakka ishonish qiyin. Superligadagi hech bir voqeani chetda qoldirmaydigan va o‘z bayonotini e’lon qilib kelgan PFLning ushbu o‘yinlar atrofidagi voqeliklarga jim turishini maqolam yakunigacha anglolmay kelgan bo‘lsamda, kuni-kecha Bekobodda o‘tgan «Metallurg» – «Paxtakor» (0:3) o‘yinidagi bir holat hayratimga sabab bo‘ldi. PFL hakamlar qo‘mitasi murosasiz o‘tishi kutilgan Superliganing barcha o‘yinlariga tajribali hakamlarni tayinlab, Bekoboddagi uchrashuvga kelganda shu kungacha Superligada umuman bosh hakam sifatida ishlamagan, turnirda o‘zining debyutini o‘tkazayotgan Ishoq Ibragimovni tayinlagan. Odatda, PFL hakamlar qo‘mitasi ahamiyati yuqori bo‘lmagan bahslarda debyutant hakamlarni sinovdan o‘tkazishini inobatga olsak, Bekoboddagi o‘yin qanday o‘tishi bo‘yicha PFL ham o‘z qarashi va xulosasiga ega bo‘lgan...

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 11:09, 09.10.2018. O'qildi: 9326 marta. Fikrlar: 44 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бавария Jamal Musiala 3
2 Бавария Kingsli Koman 2
3 Бавария Maykl Olise 2
4 Бавария Tomas Myuller 2
5 Челси Pedro Netu 1
6 Челси Enso Fernandes 1
7 Бенфика Nikolas Otamendi 1
8 Бока Хуниорс Migel Merentiel 1
9 Бока Хуниорс Rodrigo Battalya 1
10 Фламенго Jorjian De Arraskaeta 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.