Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Levandovski» maqomiga munosib iqtidorli polyak

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Jenoa» yozda «Zenit» vakili Domeniko Krishitoni Italiya chempionatiga qaytarib, ko‘pchilik e’tiboriga tushgandi.

Lekin «A» seriyasi boshlandiki, Genuya shahri klubi uchun Krishitoning transferi emas, boshqasi muhimroq bo‘lgani oydinlashdi. Diqqat qiling, jamoa polshalik iqtidor Kshishtof Pentekni atigi 4,5 million yevroga sotib olgandi.

O‘sha payt notanish yigitcha uchun shuncha pul olganidan rosa quvongan «Krakoviya» klubi endi ancha shoshilganiyu, katta xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib, afsuslanayotgan bo‘lsa, ajabmas.

Chunonchi, 23 yoshli hujumchining transfer narxi hozirning o‘zida bir necha marta oshdi va keyingi yozgacha qanchaga yetishini eng zukko ekspertlar ham taxmin qilishga cho‘chimoqdalar.

Xo‘sh, Kshishtof qaysi karomatlari bilan bir urinishda «A» seriyasining yangi yulduziga aylandi? Bombardir.ru sayti shu savolga javoban bir necha faktlar keltirdi.

Pentek yangi chempionat startidagi 6ta o‘yinda 8ta gol urdi. «Jenoa» bu davrda 11ta gol hosil qildi. Demakki, klubining ilk 6ta turda to‘plagan gollaridan naq 73 foizi polyak yigiti nomiga yozildi.

Muhimi, «Jenoa»ning turnir jadvalidagi mavqesi chakki emas - jamoa shu ketishda bemalol yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Kshishtof Italiyadagi mavsumni «poker» bilan boshlagandi. Aniqrog‘i, polyak «Lechche»ga qarshi kubok bahsida naq 4ta golga mualliflik qildi. Taxminlarga ko‘ra, Pentek shu ketishda Gonsalo Iguain rekordini yangilashi hech gap emas.

Argentinalik to‘purar 2015|2016 yillar mavsumida raqiblar darvozasini 36 marta nishonga olib, «A» seriyasi rekordchisiga aylangan edi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Pentek startdagi tezligini pasaytirmasa, finishga qadar gollari sonini chamasi 45taga yetkazib qo‘yishi mumkin.

Umuman, Pentekning goleadorlik effekti «Jenoa» uchun naqadar katta ahamiyatga egaligini tushunish uchun avvalgi ko‘rsatkichlarga qarash kerak. Deylik, o‘tgan mavsum 28ta o‘yinda atigi 6ta gol urgan Janluka Lapadula jamoaning eng yaxshi to‘purari maqomini olgandi.

Qarang, Pentek uning natijasini mavsumning ilk qismidayoq takrorladi, qolaversa, klub tarixiga ham kirishga ulgurdi. Xullas, polshalik iqtidor chempionatning ilk 3ta o‘yinida 4ta gol urib, uzoq 1948|1949 yillar mavsumida Verdal tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichni takrorladi.

Pentek - «Jenoa» tarixida mavsum startidagi 6ta o‘yinda ham gol urishga erishgan birinchi futbolchidir. Yana bir tomoni, Kshishtof mavsumoldi nazorat o‘yinlarida 10ta golga mualliflik qilgandi. Umuman, Polsha futbolining yangi umidi sentyabr oyi yakuni bo‘yicha Yevropaning kuchli 5ta chempionatida o‘ynayotgan hujumchilar orasida eng sermahsuli bo‘ldi. Ya’ni u barcha turnirlar hisobidan 10ta gol marrasiga yetgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi.

Tushunarliki, Pentekning kuchli starti Yevropadagi eng sara klublarni sira befarq qoldirmayapti. Xususan, «Bavariya» vakillari «Jenoa»ning oxirgi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatishmoqda, shuningdek, «Borussiya» D. va «Tottenxem» vakillari futbolchining atrofidagi voqealardan kelib chiqib, transfer imkoniyatini baholashmoqda. Hattoki, «Barselona» tomonidan ham qiziqish bor, har holda, kataloniyaliklar mavsum startida yetarlicha ochko yo‘qotishdi va bu holat rahbariyatni qo‘shimcha «resurs»lar qidirishga undamoqda. Lekin eng real variant sifatida «Bavariya» tilga olinmoqda, baribir. Myunxenliklar Kshishtofni kimsan Robert Levandovski o‘rniga mo‘ljallashmoqda.

«Frozinone»ga qarshi kechgan o‘yinda Pentek va jamoaning boshqa yangi futbolchilari o‘rtasida ajo-yib bog‘lam yuzaga kelayotgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Deylik, «Jenoa» yozda Kot-d~ivuarlik 20 yoshli Kristian Kuame bilan shartnoma tuzgandi. Avvalgi mavsum «V» seriyasida «Chitadella»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan afrikalik futbolchi o‘sha o‘yinda Pentekning 2ta goliga assistentlik qildi. Darvoqe, klub Kuame transferiga Kshishtofnikiga nisbatan 500 ming yevro ko‘proq to‘lagandi. Ayni payt Pentekni hattoki, Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslamoqdalar. Chunonchi, portugaliyalik yulduz mavsumni uncha yaxshi boshlamadi. Polshalik yigit esa ayniqsa, o‘ng oyoq bilan beradigan zarbalari bilan hammani hayratga solmoqda. Uning texnik qobiliyati ham chakki emas.

E’tiborlisi, Pentek «Krakoviya»dagi oxirgi mavsumga qadar umuman ko‘zga tashlanmagandi. To‘g‘ri, «Jenoa» safiga yo‘l olishidan avval Polsha milliy chempionatida 36 marta maydonga tushib, 21ta gol urdi. Shundan 9tasi - penalti samarasi. «A» seriyasidagi ilk 8ta golini esa faqat o‘yin holatidan yuzaga keltirdi. Pentek yana golni chiroyli nishonlashi bilan ham ajralib turibdi.

Kshishtof Pentek 1995 yilning 1 iyul kuni tug‘ilgan (23 yosh). Amplua bo‘yicha - hujumchi. Polsha fuqarosi. Dzerjonyuv (futbolchi ulg‘aygan shaharcha)ning «Lexiya» klubi tarbiyalanuvchisi. Jamoadagi debyutini 2012 yili nishonlagan. Kshishtof keyingi yili Polsha oliy divizioni - Ekstra-klassda ishtirok etuvchi «Zaglembe» jamoasi safiga qo‘shilgan. Biroq yangi klubi o‘sha mavsum elitadan tushib ketadi. Shu tariqa Pentek birinchi divizionda o‘ynab, 8ta gol urish asnosida «Zaglembe»ning yana yuqori ligaga qaytishiga yordam beradi. Umuman, Kshishtof bu klub libosida jami 73 marta maydonga tushib, o‘z nomiga 15ta gol yozib qo‘yadi. 2016 yilga kelib, yosh iqtidorni Polsha futbolida o‘z o‘rniga ega klub - «Krakoviya»ga chaqirishadi. Qahramonimiz 2 yil davomida jamoaning 63ta o‘yinida ishtirok etib, jami 32ta gol urdi. Xususan, oxirgi mavsumdagi mahsuldorligi evaziga Yevropa klublari nazariga tushdi. Yakunda «Jenoa» Pentek uchun 4,5 mln. yevro to‘ladi. E’tiborlisi, Kshishtof Italiya klubidagi rasmiy debyutini «poker» bilan bezadi, yanada diqqatga sazovor jihati, uning Italiya kubogi bahsida «Lechche» darvozasini 4 bora ishg‘ol etishiga atigi 37 daqiqalik o‘yin vaqti kifoya qildi.

«Jenoa» mavsum startidagi ilk 7ta rasmiy o‘yin (1tasi kubok bahsi)da 15ta gol urdi va ulardan 80 foizi (12ta) aynan Kshishtof Pentek nomiga yozildi.

Polshalik futbolchi «A» seriyasining dastlabki 4ta turida 5ta gol urib, yorqin debyut masalasida Andrey Shevchenkoning 1999 yilgi ko‘rsatkichini takrorladi.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 18:37, 13.10.2018. O'qildi: 6344 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.