Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: G‘alabaga yuqoridan qarash yoxud butkul arimagan xavotir...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / O‘rtoqlik uchrashuvlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Muxlislar 13 oktyabr oqshomida futbolchilarimizning KXDR terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdagi harakatlarini hech bir xavotirsiz, xotirjam kuzatishdi.

Hattoki, miriqib, maroq bilan tomosha qilishdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi aslo. Ularning kayfiyatida anchadan buyon bunday holat ko‘zga tashlanmagandi. O‘yin mohiyatiga mos ravishda hushtakbozlik va hayqiriqlar ham quloqlarga xush yoqdi.

Hammani sabr qilishga chorlagan Ektor Kuperning ham oxir-oqibat, g‘alaba ishtiyoqida sabrsizlangani yaxshi, albatta. Nazarimizda, argentinalik murabbiy sabr mavzusida so‘z ochib, xatoga yo‘l qo‘yganini, ya’ni bu masalada xalqimizning oldiga tushadigani bu dunyoda yo‘qligini nihoyat, anglab yetdi.

Boshqacha aytganda, u shundoq ham uzoq muddat sabr ila tishini tishiga bosgan, tilini tishlagan o‘zbekistonlik muxlislarni toqatli bo‘lishga chorlash endi ortiqcha ekanligini fahmladi.

Balki kimdir murabbiyga bu safar ham g‘alaba qozonmaslik sabrsizlik olovini lovullatib yuborishini uqtirgandir.

Har holda, futbolimiz muhitiga hozir shu g‘alaba suv va havodek zarur edi. Xayriyat, o‘yin jarayonida urilgan gollarni ko‘rdik. Xayrullo Hamidov ham uchrashuvni zavq bilan sharhladi.

Xullas, barchasi ko‘ngildagidek...

Muhtaram muxlis! Yuqoridagi mulohazalar - o‘yin payti va undan ke-yingi xursandchiliklar ta’rifi. Uchrashuvdan avval esa, ayrim muxlislardan ko‘ngilni xira qiladigan prognozlarni eshitdik, ijtimoiy tarmoqlarda «0:2 hisobida yutqazamiz» qabilidagi yoqimsiz izohlarni o‘qidik.

To‘g‘risi, atrofimizni qurshayotgan noxushliklarni yengishda ancha qiynaldik. Agar kutilmagan bir tashrif bo‘lmaganida, ehtimol, o‘zimiz ham kun bo‘yi xavotir og‘ushida yurardik. Xullas, qutluq qadamlar sabab, ongu shuurimizni qamrab olgan xavotir va bezovtalikni unutdik. Xabaringiz bormi-yo‘q, bilmadik, shu kunlarda yurtimizda bolgariyalik adabiyot va san’at vakillari mehmon bo‘lib turishibdi.

Ular 13 oktyabr kuni taniqli shoir va tarjimon A’zam Obidov va iste’dodli olima Surayyo Do‘stova hamrohligida Namanganga tashrif buyurishdi. Mariya Filippova, Georgi Ivanov (Jorj Trak), Lyubozar Fratev ishtirokidagi tadbirlar juda mazmunli o‘tdi. Muloqotlar jarayonida mehmonlarning xobbi - qiziqishlari haqida ham so‘radik, albatta.

Janob Lyubozar Fratev futbolga qiziqishini, 13 oktyabr kuni Kipr terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Bolgariyada mehmon bo‘lishini, biroq bahsni tomosha qilolmasligini aytdi. Yangi mavzu ochilishiga uning shu kichik luqmasi kifoya qildi. Chunki «Milliy» stadionida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini orziqib kutayotgandik.

Tabiiyki, mehmonlar hurmatidan Xristo Stoichkov va Dimitar Berbatovni esladik. Shunda Mariya Filippova qadimiy va navqiron Plovdiv shahrida Xristo Stoichkov bilan qo‘shni ekanligini faxrlanib so‘zladi. Afsuski, yosh muxlislar «Barselona» va «MYU»ning sobiq afsonalari xususidagi savollarimizga javob berolmay, mehmonlar oldida bizni biroz uyaltirishdi.

Ayon bo‘ldiki, bugun «Barsa», «Real» va «MYU» natijalari borasida bahslashayotgan yoshlar o‘sha mashhur klublar tarixini tuzuk-quruq bilishmaydi. Balki ular Birodar Abduraimov yoki Gennadiy Krasniskiyni ham bilishmas?! Ishqilib, bu xavotirimiz noo‘rin bo‘lsin! Qarang, adabiyot va san’at vakillari bilan tadbir tashkillashtirildiyu, xayolimiz futbolda...

Tadbirlar yakunlangach, voqealar rivoji yanada tezlashdi. Hamkasbimiz Gulchehra Murodova xonadoniga mehmonlar bilan o‘yin boshlangan vaqt bazo‘r yetib bordik. Xonadon egalarining mehmonnavozligini ko‘rib, boshimiz ko‘kka yetdi. Ayniqsa, bolgariyalik mehmonlar shod-xurram. O‘sha vaziyatda shu shodonlikka yarasha O‘zbekiston va Bolgariya terma jamoalari tengdaniga g‘alaba qozonishini juda-juda istadik.

G‘alati tasodif: Bolgariya terma jamoasi ham JCH-94dan buyon muxlislariga arzirli quvonch ulasholmayapti. Keyingi jahon va Yevropa chempionatlaridagi mag‘lubiyatlar seriyasi sabab, Bolgariya milliy jamoasi muxlislar ishonchini yo‘qotibdi. Shuning uchun bolgar futbolchilarining Millatlar ligasidagi dastlabki g‘alabalari Lyubozar Fratevni aytarli quvontirmabdi.

Lekin quvonmasada, muxlis terma jamoasi taqdiri haqida o‘ylayveradi, baribir. Qanday o‘ylamasin axir?! O‘y-xayollarimizni sezdi, chog‘i, Gulchehra bizga tasalli berdi: «Xotirjam bo‘linglar! Bugun har ikki terma jamoa g‘alaba qozonadi!Buni ishonch bilan aytyapman.

17 oktyabr - Jorj Trakning tavallud ayyomi. Bu sana tantanasi bizning xonadonimizda nishonlanadigan g‘alabalardan boshlanadi!» Hamkasbimizning yoqimli va asosli hazilidan kayfiyatimiz ko‘tarildi. Har tugul, ikki terma jamoa ham Gulchehrani uyaltirmadi. Avvallari qiziqmagan bo‘lsakda, mehmonlarning hurmatidan Bolgariya va Kipr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni bir amallab tomosha qildik.

Ta’kidlash joizki, bolgariyalik futbolchilar avvaliga tashvishlantirishdi. Ularning Armaniston termasi «ishi»ni takrorlab qo‘yishlaridan cho‘chib, yuragimizni hovuchlab o‘tirdik. Yo‘q, Xristo Stoichkov va Dimitar Berbatovning ukalari bahsni irodali g‘alaba bilan yakunlashdi baxtimizga...

Ertasi kuni tush payti futbolchilarimiz o‘yinini o‘zgacha nigoh bilan takror tomosha qilish maqsadida yana teleekran qarshisiga «mixlandik». Takroriy kuzatuv hayajonlarni nari surib, butunlay yangi mulohazalarni uyg‘otdi.

Zero, g‘alaba quvonchi og‘ushida bo‘lishdan ko‘ra, unga yuqoridan qarash ehtiyoji tug‘ildi. O‘y-xayollarimizni endi bir qator savollar zanjirladi: «KXDR terma jamoasi nima uchun jonini jabborga berib o‘ynamadi? Shuncha masofadan uchib kelib, nari-beri to‘p surish qaysi mantiqqa mos?», «Eldor Shomurodov va Doston Hamdamovning milliy jamoamizdagi harakatlari nima sabab, mavjud imkoniyatlari darajasida yorqin emas?

Ikrom Aliboyev va Javohir Siddiqov zaxiradan maydonga tushiboq o‘yinga kirishib ketishgani holda, Eldor va Dostonda nima uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olish kayfiyati yo‘q?»,  «Odil Ahmedov zaxiraga olingach, Ektor Kuper maydonda orzular jamoasini o‘ynatdimi?», «Ignatiy Nes-terovning oson g‘alaba, Husniddin G‘ofurovni maydonga tushishini kutmagani bilan bog‘liq so‘zlarida qanday ma’nolar yashirin?»

Savollar, savollar... Ular tugamaydi. Ayni shu savollar sabab, bosh jamoamizga aloqador xavotirimiz to‘la-to‘kis arimaydi. Ektor Kuper esa UzReport orqali bizga ishonch bag‘ishlashdan charchamaydi. Mayli, charchamasin!

Muhamad VALI, "InterFUTBOL" gazetasi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:36, 18.10.2018. O'qildi: 3380 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик