Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarida bosqichma-bosqich barcha sharoitlar yaratilmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3610-sonli qaroriga asosan yurtimizda 14 ta Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda 1 ta Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil qilingan. Har bir akademiyada bugungi kunda 7 ta yosh toifasidagi 154 nafardan o‘quvchi ta’lim olmoqda.   2018 yilga qadar yurtimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ixtisoslashtirilgan futbol maktab internatlari tugatildi. IFMIlarni tugatishga asosiy sabab, ushbu sport maktablarining asosiy vazifasi mamlakatimizga sara sportchilarni tayyorlab berish bo‘lishiga qaramay, ular bugungi kunda umumiy ta’lim maktablariga aylanib qolgan. Ayrim mutasaddilar tomonidan ushbu maktab-internatlarining moddiy va ma’naviy kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi sabab o‘qish sifati tushib ketgan, o‘quvchilar yashab o‘qiyotgan binolar g‘arib ahvolga kelib qolgan. O‘qishga qabul qilish jarayonida esa bolalarning sportga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishlari, iqtidorlari hisobga olinmasdan pala-partishlik bilan o‘qishga qabul qilingan. Buning natijasida, sport maktablarining umumta’lim maktablaridan farqi yo‘qolib qolgan edi.   Shundan kelib chiqqan holda, bolalarning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, professional futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash va O‘zbekiston milliy terma jamoalariga nomzodlarni yetkazib berish, o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, IFMIlar o‘rnida respublika bo‘ylab viloyat markazlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 tadan markazlashgan Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil qilindi. 2018 yilning sentyabr oyidan ushbu futbol akademiyalarida o‘qish jarayonlari boshlanib ketdi.    Hozirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan futbol akademiyalarining infrastrukturasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik bazalarini boyitish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga tatbiq qilinmoqda.Albatta bu jarayon katta kuch va mablag‘ talab etadi. Qisqa vaqt ichida akademiyalarda yuqori sifatli infratuzilmalarni yaratishning ilojisi yo‘q. Bu chora-tadbilar muayyan reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Tez orada yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha akademiyalar talabga javob beradigan holatga keltiriladi. Bu yerda ta’lim oladigan bolakaylar bor kuch va mahoratlarini namoyish qilib, ustozlaridan o‘rganganlarini amalda tatbiq qilib, terma jamoalarimizga munosib nomzodlar yetishib chiqadi deb umid qilib qolamiz.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:14, 23.10.2018. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик