Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«A» seriyasida yangi «A» yoxud Kyezalar Italiyani mahv etmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yigit o‘yinini ko‘rsangiz, uni alohida yoqtirib qolishingiz aniq. Gap «Fiorentina»ning yangi yetakchilaridan biri Federiko Kyeza haqida ketmoqda.

Diqqatga sazovor lavha: SPAL- (3:0)ga qarshi o‘yinda Alfred Gomis darvozasini nishonga olgan kichik Kyeza golni «Fio» muxlislari emas, balki shu kuni maydon chetiga chiqqan to‘pni qaytarib turgan ukasi bilan birga nishonladi. Juda ta’sirchan holat...

Kyezalar oilasi Italiyani mahv etmoqda. Ha, shunday. Federikoning otasi Enriko Kyeza o‘tgan asrning oxirgi yillarida Italiya chempionatida binoyidek to‘p surgan va «Parma», «Fiorentina» hamda «Lasio» klublari safidagi ajoyib mavsumlari bilan esda qolgan.

U shuningdek, yangi asrning boshida Italiya quyi divizionlari («Siyena» va  «Filine» jamoalari)da ham chakki taassurot qoldirmagandi. Federiko esa bolaligidan xuddi otasiga o‘xshagan hujumchi bo‘lishga intilganini bot-bot tilga oladi.

Mana, Italiya OAVda hozirdan yakdil xulosa chiqarildi:  Federiko taraqqiyot va iste’dod bobida allaqachon Enrikodan o‘zib ketdi. Chunonchi, katta Kyeza 20 yoshli payti ijara shartnomalari asosida klublar aro sarson yurgandi. Federiko esa ayni payt «Fiorentina»ning asosiy o‘yinchilari qatorida, u shuningdek, Italiya milliy jamoasi a’zosi.

Qolaversa, kichik Kyeza «Manchester Siti», «Inter», «Yuventus» va «Sevilya» kabi top-klublar e’tiborida turibdi. Muhimi, yigitcha faoliyat zinapoyalari bo‘yicha yuqorilashga uncha shoshilayotgani yo‘q. Yosh iqtidorning bunday yondashuvini faqat olqishlash mumkin.

Axir erta chaqnagan yulduzning kutilmaganda, tezda so‘nishi futbol olamida ko‘p kuzatilgan. «Birinchidan, Florensiyani yaxshi ko‘raman, hozirgi jamoamni ham. Xohlagan vaqtda kuchliroq klubga yo‘l olish mumkin. Bu borada aniq takliflar ham oldim. Ammo o‘ynash muhimligini unutmaslik kerak.

«Fiorentina»da yetarli amaliyotga ega bo‘lishim va o‘zim xohlagandek o‘ynashim mumkinligini yaxshi bilaman. Ikkinchidan, hozir boshqa jamoaga o‘tsam, ishim yurishib ketishiga kafolat yo‘q. Shuning uchun qaror chiqarishda shoshilmasligim kerak» - Federikoning grandlardan biri safiga qo‘shilish masalasiga yondashuvi shunday.

Bu nega muhim? Stefano Piolini «Inter»dan nega iste’foga chiqarishganini bilasizmi? Agar bu borada ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, unda «neradzurralar» rahbariyatiga xos konservatorlikdan biroz hayratlanishingiz muqarrar. Pioli o‘zi bosh-qargan har bir klubda o‘yinni futbolchilarning oilaviy rishtalari va bir-birlarini yengil tushunishlari hisobiga tuzishga uringani bilan tanilgan.

Biroq bu falsafa «Inter»­ning xitoylik sohiblariga sira yoqladi. Ular jamoa bir necha o‘yinlik mag‘lubiyatlar seriyasiga yo‘liqishini kutishdi va mavsum-2016|2017 yakunida Piolini dam olishga jo‘natishdi. Bunda o‘z qarorlarini qisqa va lo‘nda izohlashdi: «O‘ta muloyim va ko‘ngilchan mutaxassis».

Qarangki, bunday murabbiy «Fiorentina» rahbariyatiga ma’qul tushdi. O‘zi Paulo Souza ketgach, jamoa o‘yinchilarni yagona oila qanoti ostida birlashtiradigan shunday xushfe’l mutaxassisga ehtiyoj sezayotgandi. To‘g‘ri, Piolining debyut mavsumi yaxshi chiqmadi: «Fio» zo‘rg‘a 8-o‘ringa ilindi.

Lekin murabbiy yangi mavsum oldidan tarkibni iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirdi va jamoa endi «A» seriyasining bosh kashfiyoti maqomiga da’vogarlik qilmoqda. Har holda, ayni holatda o‘yini ham, natijasi ham chakki emas. To‘g‘ri, Piolining o‘zi «Fiorentina»ga baho berishga hali erta ekanligini ta’kidlamoqda: «Yo‘q, hozir turnir jadvaliga qarash ma’nosiz.

Jamoa ishtirokiga baho berish uchun chempionat yakunini kutish kerak. Ha, ayni payt bir maromda odimlayapmiz, lekin hali ko‘p jihatlar bo‘yicha o‘yin sifatini yaxshilashimiz talab etiladi». Jovanni Simeone, Marko Pyasa, Alban Lafon, Marko Benassi - ahil jamoaning bosh yulduzlari. Federiko Kyeza esa, uning yangi yetakchisi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:46, 27.10.2018. O'qildi: 1964 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик