Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 29 64
2 Manchester Siti 28 59
3 Man. Yunayted 28 51
4 Aston Villa 28 51
5 Liverpul 29 48
6 Chelsi 28 45
7 Brentford 29 44
8 Everton 29 43
9 Bornmut 29 40
10 Fulhem 28 40
11 Sanderlend 29 40
12 Brayton 28 37
13 Nyukasl 28 36
14 Kristal Pelas 28 35
15 Lids 29 31
16 Tottenhem 28 29
17 Nottingem Forest 28 27
18 Vest Xem 28 25
19 Byornli 29 19
20 Vulverhempton 30 16

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Aston Villa - Chelsi
05/03/26 Fulhem - Vest Xem
05/03/26 Brayton - Arsenal
05/03/26 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03/26 Nyukasl - Man. Yunayted
06/03/26 Tottenhem - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maqsadimiz - himoya qilish yoxud «Bavariya» o‘z futbolchilar, murabbiyini xafa qildirib qo‘ymaydi...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Myunxen klubi rahbarlari bir-ikki hafta oldin maxsus matbuot anjumani tashkil etib, jurnalistlarga ayblov qo‘yishdi: «Sizlar futbolchilarni tanqid qilishda me’yorni unutib qo‘ymoqdasiz...».

Gap shundaki, «Bavariya» Bundesligada ketma-ket 2 marta mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvali 6-qatoriga surilganidan keyin Germaniyada bosh murabbiy Niko Kovach iste’foga chiqarilishi haqida baralla gapira boshlashdi. OAV vakillari xorvat mutaxassisi o‘rniga munosib nomzod qidirishni ham paysalga solishmadi.

Deylik, «Bavariya» rahbariyati Yupp Xaynkesni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozildi, Arsen Vengerga murojaat qilingani ham bayon etildi. Natijada myunxenliklar o‘tgan juma kuni maxsus matbuot anjumani uyushtirib, vaziyatga oydinlik kiritishni lozim topishdi.

Tadbirda «Bavariya»ning barcha rahbarlari - Uli Xyoness (klub prezidenti), Karl-Xayns Rummenigge (boshqaruv kengashi raisi), Hasan Salixamijich (sport direktori) ishtirok etishdi. Lekin ular murabbiyni almashtirish xususida gapirishgani yo‘q, aksincha, Kovach va futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab, matbuotdagi tanqidlarga mutlaqo qarshi ekanliklarini bildirishdi.

Karl-Xayns Rummenigge («Bavariya» boshqaruv kengashi raisi): - Bu «Bavariya» uchun muhim kun, zero, noo‘rin munosabatlarga oxirigacha sabr qilmasligimizni bildirmoqchimiz. Har holda, matbuotning bo‘hton tarqatishiga jim qarab turmaymiz. Maqsadimiz - futbolchilar, murabbiylar va klubimizni himoya qilish.

Yo‘q, barcha aybni OAVga to‘nkash niyatidan yiroqmiz. Agar jamoa sust o‘ynasa, maqtov ortiqcha. Demoqchimanki, adolatli reportajlar ko‘rishni xohlaymiz. Xullas, agar jamoamiz yoki futbolchilarimizga nisbatan noo‘rin tanqidlar yangrasa, bunga qarshi chora qo‘llaymiz.

Misol uchun, Manuel Noyer haqida o‘qiganlarimni izohlab berishga ojizman. Axir u 4 marta jahonning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilgan. Unutmang, Manuel jarohat tufayli deyarli bir yil maydonga tusholmadi.

Aytingchi, endi bitta xato uchun uning ustidan mag‘zava to‘kish insofdanmi? Nima, sizlarda Noyerning yuqori saviyasiga shubha bormi? Xummels va Boateng haqida ham ko‘p nomaqbul gaplar eshityapmiz. Ularga nisbatan bo‘layotgan tanqidlar haddan ziyod oshib ketdi. Bu gaplarim OAV vakillariga ham, futbol ekspertlariga ham birdek taalluqli.

Hasan Salixamijich («Bavariya» sport direktori): - Meni bosh murabbiyni oshkora qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblashmoqda. Bir narsani aniqlashtirib olaylik, nega bunday qilishim kerak? Biz Kovach ishini qadrlaymiz, tamom. Har bir o‘yindan keyin uni deylik, matbuotda maqtashimiz shart emas.

Umuman, hozirgi holat juda g‘alati. Sizlar - matbuotchilar klubga hurmat bilan yondashmayapsizlar. Jamoa tomon yo‘naltirilgan tanqinlar bo‘ronidan shunchaki, dahshatga tushyapman. Bunday vaqtda tabiyki, futbolchilarni himoya qilamiz.

Uli Xyoness («Bavariya» prezidenti): - Klubning transfer siyosatini tanqid ostiga olayotganlarga javobim shuki, birinchidan, yangi futbolchilarga katta mablag‘ sarflaganimiz yo‘q. Misol uchun, Goreska uchun «Shalke»ga bir chaqa ham to‘lamadik, Gnabrini esa «Xoffenxaym»dan ortga qaytardik.

Ikkinchidan, Robben, Riberi va Rafinya kabi futbolchilar bilan shartnoma muddatini uzaytirdik. Bernatni «PSJ»ga sotganimizga kelsak, o‘tgan yili Sevilyada o‘ynaganimizda, uning jamoamizni CHL keyingi raundiga chiqishdan musovo etishiga sal qolgandi.

«Bavariya» qadriyati shuki, muammolar ham, yutuqlar ham muayyan bir futbolchiga bog‘liq emas. Ixtiyorimizda 16-17 nafar jahon saviyasidagi futbolchi bor!

Niko Kovach («Bavariya» bosh murabbiyi): - Fakt shuki, natijalar - adolatsiz. Deylik, oxirgi 4ta uchrashuvda dastlabki o‘yinlardagidan kam vaziyat yaratmadik. Muammo - hujumlarga yakuniy nuqtani qo‘ya olmayotganimiz. Har holda, biror o‘yinda sust ko‘rinmadik, faqat to‘p darvozaga kirmadi.

Hammasini birdaniga o‘zgartirmoqchi emasmiz, shubhaga o‘rin yo‘q. Jamoamizga faqat ozgina omad kerak. Aslida kayfiyat a’lo, o‘z ishimizga pozitiv ruhda yondashyapmiz. Ichimizda futbolga nisbatan ehtiros olovi bor.

Hayot omadsizlik va muvaffaqiyatlardan iborat. Ishontirib aytamanki, «Bavariya» o‘yinlarga munosib tayyorgarlik ko‘ryapti va ijobiy natijalarga munosib.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:57, 31.10.2018. O'qildi: 2389 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 18
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 14
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
5 Челси Joao Pedro 11
6 Брайтон Denni Uelbek 11
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 10
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
9 Фулхэм Xarri Uilson 9
10 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.