Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Arshavin: «Barselona» men uchun 15 mln. yevro taklif etgandi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Rossiya terma jamoasining sobiq yetakchisi Andrey Arshavin so‘nggi yillarda Qozog‘istonning «Qayrat» klub sharafini himoya qilayotgandi.

Yaqinda u Olma-Ota jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Shu bilan birga Andrey futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi.

«KraSava» blogi muallifi Yevgeniy Savin rossiyalik hujumchi bilan suhbat uyushtirib, o‘zini qiziqtirgan mavzulardagi savollarga javob oldi.

- Kerjakovning aytishicha, siz Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi ekansiz.

- U futbolni yaxshi tushunadi.

- Yaxshi, sizning talqiningiz qanday?

- Men o‘ynagan futbolchilar orasida Yegor Titov yoqadi. Lekin u eng yaxshimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Titov menga qarshi o‘ynagan o‘yinchilar orasida eng kuchlisi edi.

- Kim zo‘r: Dzyubami yoki Arshavin?

- Men.

- Aytishlaricha, bir vaqtlari «Barselona» sizga jiddiy qiziqqan ekan. Shu rostmi?

- Ha, shu klubga o‘tishim mumkin edi. «Barselona» transferim uchun 15 million yevro taklif qilgan. Lekin «Zenit» rad javobini bergan. Umuman olganda, Sankt-Peterburg jamoasi meni sotishni istamagan.

- Petrjela, Advokat, Xiddink va Venger. Ularni eng yomonidan boshlab, yaxshisigacha sanab bering.

- Venger, Petrjela, Advokat, Xiddink.

- Nima uchun Venger - yomon?

- Chunki uning qo‘lida eng kam o‘yin o‘tkazganman.

- «Enfild»dagi «poker» hayotingizni o‘zgartirib yuborganmi?

- Umuman olganda, aytarli o‘zgartirmagan. Faqatgina PokerStars bilan shartnoma bo‘lgan. Qancha pul? O‘rtacha.

- «Arsenal»ga yana o‘tganingizda nimalarni o‘zgartirgan bo‘lardingiz?

- Hech nimani. Hammasini oldingidek bajarardim.

- Bendtner mashinasini qanday urib olgan?

- Katta tezlikda borib simyog‘ochga urilgan. Agar o‘ng yoki chapga borib tekkanida, u halok bo‘lardi.

- Siz ko‘rgan eng ajoyib legioner kim?

- Nimagadir xayolimga Kinsl keldi. U qanday masofadan bo‘lmasin, oyog‘ining tashqi tarafi bilan tepardi. Boshqacha tepishni bilmasdi. O‘shanda uni nimaga olishdi, deb o‘ylagandik.

- Futbolchilar rafiqalarining minus tomonlari.

- Turmush o‘rtog‘ingiz o‘qishi yoki ishlashi kerak. Shunda erlarini «egovlash»ga vaqtlari kam bo‘ladi.

- O‘tgan yili turmush o‘rtog‘ingiz «Instagram»ga «Ferrari» mashinasining suratini joylashtirib, tagiga «Yangi mashinam. Sovg‘a», deb yozgandi...

- Men sovg‘a qilmaganman. Buncha pul yo‘q. Unda kimning hadyasi? Buni o‘zi aytsin. Xavotir olmang. «Ferrari»ni sotib yubordi. Hozir Porsche Cayenne mashinasida yuribdi. Shu bilan birga foyda qildi.

- Sizga Dud qo‘ng‘iroq qildimi?

- Yo‘q. U sportchilardan intervyu olmaydi-ku.

- O‘zingiz uning yoniga borgan bo‘larmidingiz?

- Hozir emas. Mendan so‘raydigan narsaning o‘zi yo‘q. U qiziqarli suhbatlar uyushtiradi. Aynan shu inson tufayli bilmagan odamlarimni tanidim.

- Kokorin va Mamayev uchun qanday jazo adolatli bo‘ladi?

- Ularning futbol o‘ynashda davom etishlarini istardim. Bu yigitlar ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanishadi. Agar maydonda bo‘lishsa, foydalari ko‘proq tegadi. Aynan shu ishni yaxshi bajarishadi. Sasha esa o‘z davrining eng iqtidorli futbolchilaridan biridir.

- Skriptonitni eshitasizmi?

- Yo‘q.

- «Spartak»ka o‘tgan bo‘larmidingiz?

- Yo‘q. Bir safar Chervichenko jamoaga o‘tishimni istamagan. Bu «Spartak»ning oxirgi imkoniyati edi.

- Siz o‘tishni xohlagansiz-u, u istamaganmi?

- Ha. 60 ming dollarni deb shunday bo‘lgan.

- Yangi Arshavin qachon paydo bo‘ladi?

- Balki hozir bordir. Lekin u hali yosh.

- O‘g‘lingiz haqida gapiryapsizmi?

- To‘g‘risi, bilmayman. U qayerdadir shug‘ullansa kerak. Lekin bu haqda ko‘p narsa bilmayman.

- Nimaga?

- Farzandlarim va birinchi xotinim bilan aytarli muloqot qilmayman.

- «Zenit»da qanday vazifada ishlashni istardingiz?

- Kam ish qilib, ko‘p pul topadigan lavozimda. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 06:28, 12.11.2018. O'qildi: 3789 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик