Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo kubogi-1996ni eslab…

Baho:
+ | -
OSIYO / OFK kubogi / Mitinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi-2019dagi ishtirokiga ikki oy qoldi. Shu munosabat bilan qit’a birinchiligi mavzusidagi «serial»ni davom ettirib, termamizning avvalgi yillardagi ishtiroki haqida so‘z yuritamiz.

Avvalroq O‘zbekiston termasining qit’a chempionatidagi dastlabki saralash turnirini esga olgandik. O‘shanda vakillarimiz Zafar Musaboyevning «oltin gol»i evaziga Tojikistonni mag‘lub etishgandi. Shundan so‘ng termamiz turnirning final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun besh oy vaqt qolgandi.

Taraddud jarayonida Yaponiya futbol assosiasiyasining 75 yilligi munosabati bilan 1996 yilning sentyabr oyida ana shu mamlakat terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilgandi. O‘shanda vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Bu O‘zbekiston termasining tarixdagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi sifatida yodda qolgan. Zero, bunga qadar o‘tkazilgan o‘yinlar FIFA tan olmaydigan musobaqalar doirasida bo‘lib o‘tgandi.

Noyabrda esa termamiz BAAga tashrif buyurib, ikkita nazorat bahsida maydonga tushgan va har ikkisida ham mag‘lubiyatga uchragan. Lekin bu uchrashuvlarni FIFA reestridan topib bo‘lmaydi.

Osiyo chempionatiga yo‘l olishdan avval termamiz Namanganda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan «Navbahor»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Shu o‘rinda aytish joiz, o‘shanda O‘zbekiston terma jamoasining tarkib borasida muammolari bor edi. Kuz fasli avvalida Mirjalol Qosimov jiddiy jarohat olgan va bir yilni o‘tkazib yuborgan. Bundan tashqari, Andrey Fyodorov ikki yillik diskvalifikasiyasini o‘tayotgandi. U 1995 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan «Elimay» - «Neftchi» uchrashuvida tojikistonlik hakam Vladimir Domlajonovni turtib yuborgani uchun ikki yilga chetlatilgandi. OFKdagilar bilan yaxshi aloqada bo‘lgan O‘zbekiston milliy jamoasi administratori termamiz rahbariyatiga Osiyo kubogiga qadar Fyodorovning diskvalifikasiyasini bekor qilidirishga erishishini aytgan. Shu bois ham Andreyni «zayavka»ga kiritishgan. Biroq intizom qo‘mitasi futbolchilarimiz musobaqani o‘tkazib, uyga qaytishganidan keyingina qaror chiqargan. Shuning uchun Fyodorov guruhdagi barcha uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida emas, balki Al-Ayndagi stadion tribunasida kuzatgan. O‘sha uchta o‘yinda u bilan birga o‘tirganman.

Termamiz Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvini Xitoy termasiga qarshi o‘tkazgan. Aynan shu jamoani ikki yil oldin Osiyo o‘yinlari finalida mag‘lub etgandik. Garchi vakillarimiz Xirosimada xitoyliklarni ishonchli tarzda mag‘lub etishgan bo‘lsada, Al-Ayndagi o‘yin boshqa ssenariy asosida kechgan. Raqib katta tashabbusga ega bo‘lgan va terma jamoa-miz darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirgan. Lekin o‘yin taqdirini ikki nafar hujumchimiz - tajribali Igor Shkvirin va yosh Oleg Shaskixning gollari hal qilgan. Har ikki gol ham o‘yinning so‘nggi daqiqalarida uyushtirilgan qarshi hujumlar evaziga urilgan.

Ammo uchrashuv qahramoni ular emas, balki darvozabonimiz Pavel Bugalo bo‘lgan. Chunki u jamoani yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi. Aynan 22 yoshli Pasha uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan. Aytishlaricha, bu mukofot stereomoslama bo‘lib, yosh darvozabon uni yoshi kattaroq jamoadoshlariga ishlatib turishlari uchun bergan ekan.

Bugalo Xitoyga qarshi uchrashuvda jamoamizni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan bo‘lsa, ikkinchi turdan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvda uning sa’y-harakatlari ham naf keltirmagan. O‘yin yaponlarning 4:0 hisobidagi g‘alabalari bilan yakun topgan. Aynan shu mag‘lubiyat jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ibrohimovning iste’fosiga sabab bo‘lgan. Biroq bu ma’lumot hech qachon rasmiy tasdiqlanmagan. OFK protokollariga nazar solsak, Suriyaga qarshi uchrashuvga jamoani aynan Ibrohimov olib tushganiga guvoh bo‘lamiz.

Ikkinchi turdan so‘ng guruhdagi vaziyat quyidagicha edi: Yaponiya - 6 ochko, O‘zbekiston - 3, Xitoy - 3, Suriya - 0.

Uchinchi turda dastlab Yaponiya - Xitoy uchrashuvi o‘tkazilgan. Vakillarimiz barcha masalani hal qilgan Yaponiyaning Xitoyga imkoniyatni boy berishidan cho‘chishgan. Bu esa ikkinchi o‘rin uchun imkoniyatlarimizni pasaytirib yuborardi. Biroq yaponlar o‘z ishlariga professionallarcha yondashib, navbatdagi g‘alabani rasmiylashtirishgan. Endi ikkinchi o‘rinni egallash uchun Suriya bilan durang o‘ynasak kifoya edi. Yana bir e’tiborli jihati, Bahodir Ibrohimov bundan oldinroq aynan Suriya termasini boshqargan va raqib jamoa imkoniyatlarini juda yaxshi bilardi. Boz ustiga, suriyaliklar o‘yin-ga jiddiy e’tibor qaratishmagan. Chunki ushbu terma O‘zbekiston milliy jamoasini yutgan taqdirida ham guruhda qolib ketishi mumkin edi. Yuqorida aytganimdek, bizni durang ham qoniqtirardi. Mag‘lubiyat esa O‘zbekistonni uchinchi yoki to‘rtinchi o‘ringa ravona qilishi hech gap emasdi.

Gap shundaki, 1996 yilgi turnirda ochkolar teng bo‘lib qolsa, hozirgidek o‘zaro o‘yinlar emas, balki to‘plar nisbati hisobga olinardi. Bizda esa Yaponiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lganimiz sababli ko‘rsatkichlar juda yomon edi. Guruhdan uchinchi o‘rin bilan chiqish uchun 3 ochko kamlik qilardi. Chunki «A» guruhida Quvayt 5 ochko, «V» guruhida esa Iroq 6 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Demak, guruhdan chiqishimiz uchun kamida durang qayd etishimiz lozim edi.

Birinchi bo‘lim biz uchun kerakli bo‘lgan 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Lekin ikkinchi bo‘limning uchinchi daqiqasidayoq suriyaliklar hisobni ochishdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Sergey Lebedev penaltini aniq amalga oshirib, o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Biroq uning o‘zi qizil kartochka olib, jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Shundan so‘ng suriyaliklar yana bitta gol urishdi. Terma jamoamiz esa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, uyga ravona bo‘lgandi.

Final hushtagi yangrashi bilanoq, matbuot markazini to‘ldirib turgan xitoyliklar hamyurtlariga telefon orqali quvonchli xabarni yetkazishga kirishdilar. O‘sha paytlarda internet hozirgidek rivojlanmagandi. Natijalarni telefonda aytib berilar yoki faks orqali jo‘natilardi.

Ikki yil oldin Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan jamoa qit’a chempionatini nima uchun bunday bo‘sh o‘tkazgan? Sabablardan biri - Qosimov va Fyodorovning yo‘qligidir. Lekin asosiy muammo ichki chempionatimizda edi. O‘sha mavsum «loyqa» o‘yinlar bilan esda qolgandi. Ko‘plab uchrashuvlar taqdiri maydonda emas, balki uning tashqarisida hal qilingan. «Qahramonlar» orasida hakamlar, futbolchilar va murabbiylar bor edi.

Terma jamoamiz keyingi Osiyo kubogida yaxshiroq qatnashishni maqsad qildi. Ammo o‘shanda Livan-2000da bizni qanday sharmandalik kutib turganini hech kim xayoliga ham keltirmagandi. Ushbu musobaqa haqida keyinroq gaplashamiz. Ishonavering, navbatdagi hikoyamiz ham ancha qiziqarli bo‘ladi.

 

Osiyo kubogi-1996

16 dekabr. 1-TUR

Xitoy - O‘zbekiston - 0:2 (0:0)

Al-Ayn. 10000 tomoshabin.

Gollar: Igor Shkvirin (78), Oleg Shaskix (90).

--------------------------——————————————

9 dekabr. 2-TUR

Yaponiya -

O‘zbekiston - 4:0 (2:0)

Al-Ayn. 3000 tomoshabin.

Gollar: Nanami (7), Miura (37), Maedzono (86, 90).

--------------------------——————————————

12 dekabr. 3-TUR

O‘ZBEKISTON - SURIYA - 1:2 (0:0)

Al-Ayn. 2000 tomoshabin.

Gollar: Sergey Lebedev (53-pen.) - Nodir Joxadar (48), al Shayx Dib (74).

 

Yaponiya      3          3          0          0          7-1       9         

Xitoy         3          1          0          2          3-3       3         

Suriya         3          1          0          2          3-6       3         

O‘zbekiston          3          1          0          2          3-6       3
***
O‘n birinchi Osiyo kubogi
1996-yilgi Osiyo kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazildi. Turnir 4-21 dekabr oralig‘ida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar
Turnirda ishtirokchilar soni 12 taga oshirildi. BAA – mezbon, Yaponiya esa amaldagi kubok sohibi sifatida musobaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi. Xitoy, Indoneziya, Eron, Iroq, Janubiy Koreya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tailand va O‘zbekiston terma jamoalari esa saralash bosqichi orqali turnir yo‘llanmalariga ega chiqishdi. Shuni alohida t’akidlash joizki, bu O‘zbekiston termasi uchun Osiyo kubogidagi debyut chempionat edi.

O‘yinlar va gollar
Musobaqa mobaynida 26 ta o‘yinda, darvozalarga 80 ta to‘p kiritildi. Muxlislar har o‘yinda o‘rtacha 3,08 tadan gol ko‘rishgan.

Muxlislar
Turnirni jami 448 ming muxlis bevosita stadiondan tomosha qilgan. Har o‘yinga o‘rtacha 17,231 ta muxlis tashrif buyurgan.

Stadionlar
Uchrashuvlar Abu-Dabidagi "Sheyx Zayed" (60,000), Dubaydagi "Al-Maktum", Al-Ayndagi "Tahnun Bin Muhammed" (15,000) stadionlarida o‘tkazildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:02, 18.11.2018. O'qildi: 6869 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик