Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Tim Keyxill: «Tarsaki ham qarorimdan qaytarolmagandi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Avstraliya futbolining dongdor vakili Tim Keyxill mamlakat milliy jamoasi libosida oxirgi marta maydonga tushdi - ajoyib xayrlashuv uchrashuvi. Gap 2004 yildan buyon «sokkeruzlar» safida naq 107ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini roppa-rosa 50 marta ishg‘ol qilgan hujumchi haqida ketmoqda. Keyxill ayniqsa, sevimli uslubi - bosh bilan aniq zarba yo‘llash bilan nom qozongan. Vaholanki, u novcha futbolchilar sirasiga kirmaydi (bo‘yi - 178 sm.). Xullas, Tim bilan xayrlashish chog‘i butun stadion yig‘ladi, jumladan, tribunalardan birida o‘tirgan onasi ham. Chunonchi, uning o‘g‘li «yashil qit’a» futboli afsonasi darajasiga ko‘tarildi. Umuman, Keyxill Angliyada ham yorqin iz qoldirdi - «Milluoll» va «Everton» fanatlari yoqimtoyiga aylandi. Avstraliyalikning golni o‘ziga xos uslubda nishonlashi (burchak bayroqchasini mushti bilan silkitishini eslang) ham ko‘pchilikka manzur tushgani aniq. Buni e’tiborga olgan FourFourTwo jurnalistlari Keyxilldan intervyu olishga otlanishganida, bir juft bokschilar qo‘lqopi olishni ham unutmadilar. «I-e, rangi nega qizil? Bu «Liverpul» ramzi-ku!» - Tim jurnalistlarni xitob bilan qarshi olgan bo‘lsada, qo‘lqopni kiydi va o‘sha mashhur gol nishonlash usulini ko‘rsata boshladi. Aytish joiz, Keyxill burchak bayroqchasi bilan «olishish» sahnasini ketma-ket 3ta JCHda namoyish etgan, Rossiya mundialida ham shu maqsadda o‘ynagani tayin. Biroq 38 yoshli hujumchiga bu safar gol urish nasib qilgani yo‘q. Oqibatda u qatorasiga 4ta JCHda gol quvonchini tuygan Pele, Uve Zeeler va Miroslav Kloze yonidan joy ololmadi...

REGBI O‘RNIGA FUTBOL

- Tim, regbi ishqibozlari oilasida tug‘ilib-ulg‘aygansiz. Demak, bu sport turidan voz kechib, futbolni tanlashingiz oson bo‘lmagan.

- Ochig‘i, bu masala men uchun hech qanday muammo tug‘dirmagan. Chunki jussam regbi talablariga javob bermasdi - juda kichik edim. Deylik, akalarim bilan bog‘da regbi o‘ynasak, ko‘pincha hammasi mening yig‘lashim bilan yakunlanardi. Negaki, mittigina gavdam sababli, yakkakurashlarda sira ustun kelolmasdim.

- Aytingchi, sizni Angliyada o‘ynashga jo‘natish uchun ota-onangiz 10000 funt kredit olishgani rostmi?

- Aniq 10 ming olishganini tasdiqlolmayman, lekin «Milluoll» bazasiga yetib olishim va faoliyat boshlashim uchun kattagina qarz ko‘tarishgani ayni haqiqat. Umuman, ota-onam yo‘limni topib olishimgacha hech narsani ayashmagan. Buni hech qachon unutmayman, albatta. Muhimi, «Milluoll» ham menga imkoniyat berdi va bundan foydalandim.

- JCH-2002 arafasida Mik MakKarti sizni Irlandiya terma jamoasiga taklif etgan ekan...

- Shunday gap-so‘zlar bo‘lgani rost. Biroq fakt shuki, avstraliyalikman. Ha, bunday taklif va e’tibor yoqimli, albatta. Qisqasi, har qanday holatda o‘z mamlakatim terma jamoasida qolardim. To‘g‘ri, Angliya pasportini ham olganman. Aytgancha, 24 yoshga to‘lgunimga qadar Avstraliya termasi tarkibida maydonga tusholmadim. Boisi, o‘smirlar miqyosidagi turnirda Samoa jamoasi safida o‘ynagandim. O‘sha vaqt kelajakni belgilashda ayrim muammolarga duch kelganim rost, lekin yakunda o‘z jamoamni topdim - asosiysi shu.

- «Everton»ga o‘tishingiz qanday ro‘y berdi, bunga nima sabab bo‘ldi?

- Menimcha, liverpulliklar avvaliga o‘yinimni diqqat bilan kuzatishgan. Devid Moyes va Bill Kenrayt bilan ilk uchrashuvimiz esimda. Ular mujmal gapirishgandi: «Jamoamiz asosiy tarkibida o‘ynashingga kafolat berolmaymiz. Lekin gol ura olishing va xavfli o‘yinchi ekanligingni yaxshi bilamiz».  Bunga oddiygina javob berdim: «Shunchaki, menga imkoniyat berish-bermasliginglarni aytsanglar, bas. Agar imkoniyat taqdim etsanglar, undan albatta, foydalanaman. Boshqa gap ortiqcha». Umuman, «Everton»dan behad minnatdorman. Misol uchun, Moyes va Kenrayt bilan o‘zaro aloqalarimiz hanuzgacha uzilgan emas.

FERGYUSONGA MAQTOV

- Devid Moyesni kim sifatida qabul qilasiz? Uning boshqaruvida o‘ynagan «Vest Xem»ga mag‘lubiyat tilaganingiz rostmi?

- Keling, faqat shu «Vest Xem» xususida og‘iz ochmaylik... Devidga doimo yaxshilikni ravo ko‘raman. U men uchun ota o‘rnida, istagan payt qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘rashim mumkin. Zero, Devid hamisha menga katta ishonch bildirgan, g‘amxo‘rlik qilgan.

- Dankan Fergyuson mahoratliroqmi yoki Kevin Muskat?

- Ikkoviga ham hurmatim baland. Biroq Fergi - o‘zga olam vakili. Dankanga qarab turib, o‘zimni u bilan jangga ham yonma-yon borishga tayyordek his qilaman. Yetarlicha gol urishimga ko‘maklashganini hech qachon unutmayman. Uning asosiy qurboni kim? Albatta, Sami Xyuyupya. Aslida Dankanning qurboniga aylanmagan futbolchining o‘zi yo‘q. To‘g‘ri, o‘zi hech qachon mojaro boshlamasdi, faqat janjalni tugatish bobida unga yetadigani yo‘q.

- «Mersisayd derbisi»ga bog‘liq eng yorqin xotiralaringiz...

- 3:0 hisobidagi g‘alabamiz va Li Karlsi urgan gol. Derbi o‘yinlarini o‘zgacha ishtiyoq bilan kutardim - tengsiz qarama-qarshilik. Muxlislarni aytmaysizmi?! Bu borada omadim ham kelgan - «Liverpul» darvozasiga 5ta gol urdim.

- Golni nishonlashda burchak bayroqchasi bilan boks tushish sahnasi - buning ma’nosi nima?

- Ushbu xatti-harakatni kung-fudan olganman. Avstraliya termasidagi sherigim Archi Tompson bilan kompyuterda turli mushtlashuv o‘yinlari vositasida bahslashardik. Hammasi shundan boshlangan. To‘g‘ri, o‘g‘ilchali bo‘lganimdan keyin golni ilk marta shunday nishonladim. Menimcha, bu harakatim bolakaylarga yoqadi.

JAGELKA TARSAKISI

- 2006 yili «Oltin to‘p» yutishga da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgandingiz. So‘rovda g‘olib chiqishingizga umid bormidi?

- Zarracha! Hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Lekin avstraliyalik futbolchi uchun nomzodlar safiga kirishning o‘ziyoq yuksak natija hisoblanardi. O‘shanda ko‘plab klublar ta’qibi ostida qolganman. Mavsum davomida 10ta gol urishdan tashqari, JCHda ham o‘zimni ko‘rsatgandim. Biroq asosiy e’tiborim «Everton»da edi. Futbolchi avvalo, faoliyatida nimaga intilishini aniqlashtirib olishi lozim - bitta jamoada risoladagidek to‘p surish ma’qulmi yoki grandlardan biri safiga o‘tib, zaxirada dam olish?

- Bo‘yingiz 178 santimetr bo‘lishiga qaramay, aksariyat gollarni bosh bilan urgansiz. Buning siri nimada?

- Asosiy sababi - mashg‘ulotlar. Zalda kim qanday balandlikka sakrayotganini kuzatib turishadi. Lekin mashg‘ulot va o‘yin payti sakrash o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Maydonda raqibdan ustun kelish uchun ishtiyoq, o‘ta kuchli ishtiyoq talab etiladi.

- «Everton»dan ketish - bu faoliyatingizdagi eng murakkab qarormi?

- Bir tomondan, ha. Ikkinchi tomondan esa, yo‘q. 32 yoshga to‘lgach, Tyerri Anri va Rafael Markes kabi MLSda to‘p surishga qat’iy ahd qildim. Bu men uchun yagona to‘g‘ri yo‘l edi. Shu asnoda terma jamoadagi faoliyatimni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldim. «Everton» esa meni APLning boshqa klubiga sotishni mo‘ljallagandi. Xayriyatki, bunday bo‘lmadi. Klub prezidenti huzuriga kirib, maqsadimni dangal aytdim: «Yo‘q, APLning biror ishtirokchisi safiga qo‘shilishni istamayman». Xonada o‘tirgan Julian Leskott, Leon Osman va Toni Xibbert qarorimdan hayron bo‘lishdi. Fil Jagelka esa hattoki, tarsaki tortib yubordi. Lekin oxir-oqibat talabimni qondirishdi.

- Avstraliyaning eng yaxshi futbolchisi maqomi o‘zgacha zavq ulashsa kerak...

- O‘zim uchun asosiysi - vatan uchun qilgan ishlarim. Doimo uning sharafi yo‘lida kurashganman. Har holda, klub futboliga hamisha ikkinchi darajali masala sifatida qaraganman. Xususan, 4ta JCHda ishtirok etganim va 5ta gol urganimdan behad baxtiyorman!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:38, 28.11.2018. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик