Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fabregas katta sahnaga chiqmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2024 yilda «Komo» yana «A» Seriyaga qaytdi. Qisqa vaqt ichida bu jamoa Italiyaning eng qiziqarli va uslubiy jihatdan o‘ziga xos klublaridan biriga aylandi. Italiya shimolida joylashgan Komo shahri uzoq yillar davomida faqat o‘zining mashhur ko‘li va hashamatli hayoti bilan tanilgan edi. Endi esa bu yerda butun futbol jamoatchiligining e’tiborini tortgan klub bor.

2016 yilda klubni bankrotlikdan Akosua Puni Essyen — Maykl Essyenning rafiqasi qutqarib qolgan. 2019 yilda nazorat paketi Djarum Group tomonidan sotib olindi. Minoritar aksiyadorlar orasida Tyerri Anri va Sesk Fabregas ham bor.

Aynan Sesk Fabregas — «Komo»ga bo‘lgan katta qiziqishning asosiy sabablaridan biri. Bu yerda gap faqat uning mashhurligida emas, balki natijalarda ham. O‘tgan mavsumda jamoa 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, hozirda 4-pog‘onada bormoqda va ilk bor yevrokuboklarda, hatto Chempionlar ligasida ishtirok etishga yaqin.

So‘nggi oylarda jamoa muxlislarini ayniqsa quvontirdi: «Komo» ketma-ket beshta g‘alabaga erishdi, jumladan, «Yuventus» va «Roma» ustidan ham g‘alaba qozondi.

Statistika ham ta’sirli: «Komo» Yevropaning top-5 ligalarida o‘rtacha ochko to‘plash bo‘yicha 15-o‘rinda, o‘rtacha zarbalar soni bo‘yicha esa 16-pog‘onada.

Taktik tafsilotlar

Endi «Komo» muvaffaqiyati sabablarini qisqacha ko‘rib chiqaylik. Asosiy omillar — to‘g‘ri seleksiya va Sesk Fabregas joriy qilgan zamonaviy futbol.

Jamoa to‘psiz o‘yinda raqibni «bo‘g‘adi»: pressing va yuqori intensivlik — asosiy tamoyillar. Fabregas to‘pga egalik qilishni, tartibli va nazoratli o‘yinni afzal ko‘radi.

Futbolchilar maydonda zonalarni muvozanatli to‘ldiradi. Bu esa raqib himoyasini cho‘zish va uning zaif nuqtalarini ochish imkonini beradi. Fabregas hujumlarni ortiqcha tezlashtirishdan qochadi — bu uning futbolchilik davridagi uslubiga hamohang.

«Komo» Italiyada to‘pga egalik qilish va aniq paslar bo‘yicha eng yaxshi jamoa hisoblanadi. Lekin asosiysi raqamlar emas, maqsad — jamoa raqibni manipulyasiya qilishni o‘rgangan: uni o‘z yarim maydoniga tortib, keyin zaif zonalarda ustunlik yaratadi.

Himoyada «Komo» raqibga juda kam imkoniyat beradi. Shu bilan birga, har qanday usuldan foydalanadi — jamoa «A» Seriyada follar soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarda. Asosiy vazifa — raqibni xato qilishga majburlash.

Natija bor: «Komo» chempionatda eng kam gol o‘tkazgan jamoalardan biri (22ta). Ular darvozasiga eng kam zarba yo‘l qo‘yadigan jamoalardan biri — faqat «Inter» bunda yaxshiroq.

Ko‘p hollarda jamoa yuqori chiziqda himoyalanib, ofsayd tuzog‘ini qo‘llaydi. Bu jihatdan ularni «Barselona» (Xansi Flik boshqaruvida) bilan taqqoslash mumkin. Ikkalasida ham sxema — 4-2-3-1. Farqi shundaki, kataloniyaliklar tezkor vertikal hujumlarni yoqtirsa, Fabregas ortiqcha shoshilmaydi va italyancha pragmatizmni saqlaydi.

Yetakchilar va yangi

yulduzlar

«Komo» transfer bozorida faol: oxirgi to‘rt oynada 227 million yevro sarflangan. Bu faqat kuchaytirish emas, balki kelajak uchun investisiya.

Jamoada qator iqtidorli futbolchilar bor:

•  Xakobo Ramon — 8 oyda qiymati 1 mln.dan 25 mln. yevrogacha oshgan yosh himoyachi;

•  Aleks Valle — «Barselona»dan kelgan istiqbolli qanot himoyachisi;

•  Maksimo Perrone — «Manchester Siti»dan o‘tgan, to‘pni taqsimlovchi asosiy yarim himoyachi;

•  Jeyden Addai va Assane Diao — tezkor va texnikasi yuqori vingerlar;

•  Anastasios Duvikas — «A» Seriyaning eng yaxshi to‘purarlaridan biri (11ta gol), Lautaro Martinesdan uchta kam;

•  Niko Pas — «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi va jamoaning asosiy yulduzi. U o‘yinni jonlantiradi, chiziqlar orasida harakat qiladi va 10}6 samaradorlik ko‘rsatkichiga ega.

Fabregas ish uslubi

Sesk Fabregas jamoadagi barcha futbolchilarni aniq tizimga joylashtirib, qisqa vaqt ichida Yevropadagi eng istiqbolli murabbiylardan biriga aylandi. Hozircha uni mutlaq elitaga qo‘shishga erta, ammo «Roma», «Bayer» va «RB Leypsig» kabi klublarning qiziqishi uning darajasini yaqqol ko‘rsatadi.

Fabregas o‘z falsafasini boy faoliyati davomida Arsen Venger, Pep Gvardiola, Antonio Konte, Visente Del Boske va Joze Mourinyodan o‘rgangan jihatlar asosida shakllantirgan.

Uning ish uslubida tahlil markaziy o‘rin tutadi: har bir mashg‘ulot, har bir qaror chuqur o‘rganiladi. Fabregas ba’zan tahlilga ortiqcha berilib ketishini ham tan oladi, ammo aynan shu yondashuv jamoaning o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Fabregas dogmatik murabbiy emas — u raqibga qarab taktikani o‘zgartiradi. Chuqur himoyaga qarshi o‘yin bilan yuqori pressingga qarshi o‘yinni u butunlay boshqacha qurishini ta’kidlaydi. Shu sababli har bir uchrashuv uchun alohida reja ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatning kaliti — futbolchilarni ishontirish: «Agar o‘yinchi sening g‘oyangga ishonsa, barchasi ishlaydi».

Shu bilan birga, u futbolchilarga muayyan erkinlik ham beradi. Ya’ni umumiy tizim va ko‘rsatmalar berilsa-da, maydonda qarorni o‘yinchilarning o‘zi qabul qiladi. Bu esa jamoaga moslashuvchanlik beradi.

Fabregas uchun murabbiylik — doimiy izlanish va rivojlanish jarayoni. U yangi yechimlar qidiradi, o‘zini sinab ko‘radi va jamoani yanada kuchaytirish ustida ishlaydi. Shu jihat uning eng katta ustunligi hisoblanadi.

«Komo» va Sesk Fabregasning bugungi yutuqlari tasodif emas — bu tizimli va puxta ish natijasi. Hali uni Yevropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb atashga erta. Ammo bir narsa aniq: Fabregas — aqlli, moslashuvchan va doimiy rivojlanishga intiluvchi murabbiy. Shu bois, uning murabbiylik faoliyati ham futbolchilikdagi kabi buyuk bo‘lishi ehtimoli juda yuqori.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 09:40, 08.04.2026. O'qildi: 5946 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик