Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar maqsadsiz sarflanayotganligi tanqid qilindi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 29 noyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2018 yil III choragida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi vazifalariga bag‘ishlangan Jamg‘armaning kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali shakllantirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, respublikamizda sport anjomlarini xarid qilishda haqiqiy zarurat va ehtiyoj inobatga olinmasligi oqibatida, sport maktablari dasturiga kiritilmagan ayrim sport jihozlari yillar mobaynida o‘quv dargohlarining omborlarida foydalanilmasdan turibdi. Aksincha, sportning boks, kurash va og‘ir atletika bo‘yicha turlariga ixtisoslashgan sport maskanlarida maxsus sport jihozlari yetishmayapti. Bundan tashqari, jamg‘arma mablag‘lari samarali sarflanmasdan kelayotganligi tanqid qilindi.

Qolaversa, jamg‘arma rahbari Ismoil Mirzayev Kuzatuv kengashi roziligisiz sport inshootlarini sport jihozlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganmasdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga turli loyihalarni taqdim etgan. Elektron birja orqali katta mablag‘larni tashkil etuvchi turli xil jihozlarni sotib olish uchun 27,9 mlrd.so‘mlik shartnoma imzolagan.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilda 56 ta sport inshootini qurib, foydalanishga topshirilishi, ushbu maqsadlarga 362 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi belgilanganligi, lekin 10 sentyabr holatiga ko‘ra, atigi 113 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilganligi, joylarda qurilish ishlari orqada qolayotganligi tanqid ostiga olingan edi. Shuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlarga sport ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2019 yilgi manzilli dasturini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Jamg‘arma Nizomining 14-bandida Jamg‘arma o‘z mablag‘laridan Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq foydalanishi belgilangan. Biroq, talablarni Jamg‘arma rahbariyati bajarmasdan kelmoqda. Bu holatlar o‘z navbatida, Hukumat qarori va u bilan tasdiqlangan Nizom talablarini davomli (sistematik) tarzda va qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelmoqda.

Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:46, 29.11.2018. O'qildi: 1490 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик