Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.08.2025 00:30
      • Levante
      • 2:3
      • Barselona
      • 24.08.2025 20:00
      • Osasuna
      • 1:0
      • Valensiya
      • 24.08.2025 22:30
      • Vilyarreal
      • 5:0
      • Jirona
      • 24.08.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Espanyol
      • 25.08.2025 00:30
      • Real Ovyedo
      • 0:3
      • Real Madrid
      • 25.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 26.08.2025 00:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 24.08.2025 18:00
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Nottingem Forest
      • 24.08.2025 18:00
      • Everton
      • 2:0
      • Brayton
      • 24.08.2025 20:30
      • Fulhem
      • 1:1
      • Man. Yunayted
      • 26.08.2025 00:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Liverpul
  • O‘zbekiston kubogi
      • 25.08.2025 19:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Navbahor
      • 26.08.2025 20:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Vilyarreal 2 6
2 Barselona 2 6
3 Real Madrid 2 6
4 Rayo Valyekano 2 4
5 Espanyol 2 4
6 Atletik Bilbao 2 4
7 Betis 2 4
8 Xetafe 1 3
9 Alaves 2 3
10 Osasuna 2 3
11 Real Sosyedad 2 2
12 Elche 2 2
13 Atletiko 2 1
14 Valensiya 2 1
15 Selta 2 1
16 Malyorka 2 1
17 Sevilya 1 0
18 Levante 2 0
19 Real Ovyedo 2 0
20 Jirona 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Betis 1-0 Alaves
2-тур Malyorka 1-1 Selta
2-тур Atletiko 1-1 Elche
2-тур Levante 2-3 Barselona
2-тур Osasuna 1-0 Valensiya
2-тур Vilyarreal 5-0 Jirona
2-тур Real Sosyedad 2-2 Espanyol
2-тур Real Ovyedo 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

25/08/25 Atletik Bilbao - Rayo Valyekano
26/08/25 Sevilya - Xetafe

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2456 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 894 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.08.2025

      06:30 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      07:35 "Третий тайм". Александр Корякин.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Галатасарай".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Галатасарай".
      20:10 Новости футбола.
      20:15 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      22:15 Новости футбола.
      22:20 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      00:20 Новости футбола.
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. "Севилья" - "Хетафе". Прямая трансляция.
      02:30 "Третий тайм". Валентин Пальцев.
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Спорт Ресифи". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.08.2025

      05:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      06:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 2.
      06:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 2.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:00 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Финал.
      11:10 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Трамплин 1 м.
      12:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      14:35 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье.
      15:15 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье.
      17:40 "Культовые".
      18:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 1.
      18:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Показательный заезд.
      19:25 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      21:05 "Тайны звёзд спорта".
      21:35 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Финал.
      22:45 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Трамплин 1 м.
      00:05 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      02:05 "Культовые".
      02:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 1.
      03:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Показательный заезд.
      03:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье.
      04:10 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. "Стрела-Ак Барс" (Казань) - "Локомотив-Пенза".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Аида Шанаева.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Синхронное плавание".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Сюйхуэе, Китай. Джонни Уокер против Чжан Минъяна.
      18:55 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Ротор" (Волгоград) - "Торпедо" (Москва). Прямая трансляция.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Интер" - "Торино". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Слава" (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.08.2025

      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 2. Альба - Лимоне-Пьемонте.
      11:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 5.
      11:30 Теннис. US Open. Раунд 1.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 10 в Валкенсварде, Нидерланды.
      14:30 Теннис. US Open. Раунд 1.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 2. Альба - Лимоне-Пьемонте.
      17:00 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 3. Сан-Маурицио-Канавезе - Черес. Прямая трансляция.
      20:45 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Suyukli go‘sha sog‘inchi yoki Didye Drogba yo‘li

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Olis Afrikaning Abidjan shahridagi qashshoq kvartallardan birida o‘sib-ulg‘aygan ozg‘in yigitcha barcha qatori o‘ziga yarasha orzu-umidlar bilan yashagani aniq.

Lekin u tarix uchun sanoqli yillardan so‘ng butun bir avlodning kumiri - yoqimtoyiga aylanishni xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak.

Chunki bolakayni qurshab turgan muhit mutlaqo o‘zgacha edi, o‘sha vaqtdagi voqeliklar yuksak marralarni ko‘zlashga uncha mos kelmasdi. Xullas, yosh Didye loaqal otasi kabi oddiy bank xizmatchisi sifatida sokin hayot kechirishni o‘ylagandir, ehtimol.

Zero, Kot-d~Ivuardagi turmush tarzi mezonlariga ko‘ra, Drogbalar oilasi nochorlar toifasiga kirmasdi. Lekin 7 nafar farzandi bor oilada ro‘zg‘or tebratish oson emasdi.

Shu bois, katta Drogba ayoli bilan maslahatlashib, to‘ng‘ich o‘g‘il - Didyeni Fransiyada istiqomat qiladigan amakisi huzuriga jo‘natadi. Anchadan buyon Yevropada yashayotgan Mishel Gabo serg‘ayrat kishi bo‘lib, futbol o‘ynashga ham vaqt topardi. Uning «Brest» jamoasi safidagi o‘yinlari yosh Didye uchun tarixiy turtki bo‘ladi. 

***

Drogba avvaliga kamtarlik bilan himoyachi pozisiyasini tanlaydi. Biroq Gabo jiyanida hujumchilarga xos alohida fazilatlar va layoqat borligini juda tez payqaydi. Natijada Didye aynan uning qistovi bilan ampluasini o‘zgartiradi. «Levalua» - bu klub Fransiyaning o‘zida ham tanilmagan, keng doira haqida esa gapirish ortiqcha. Xullas, muxlislarga umuman notanish jamoa. Lekin fakt shuki, Didyega katta futbol yo‘llanmasini aynan shu havaskorlar klubi bergan. Oddiy aytganda, afrikalik yosh iqtidor sohibi «Levalua» tizimida 5 yil tahsil oldi, sidqidildan ishladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerak, oradan bir necha yil o‘tgach, Fransiya chempionatini butunlay «mahv» etgan Drogba «Marsel»dan «Chelsi»ga o‘tdi va transferi uchun to‘langan deyarli 40 mln. dollarning ma’lum qismi «Levalua»ga tegdi. Qisqasi, kamtarin jamoa afrikalik tarbiyalanuvchisi transferi evaziga bir qator muammolarini bir yoqli qildi. Keyinchalik jamoa rahbariyati minnatdorlik belgisi sifatida yangi stadionni Drogba sharafiga uning nomi bilan atashga qaror qildi.

To‘g‘ri, Drogba boshlang‘ich ta’limni «Levalua»da olgan bo‘lsada, keyingi klublaridan biri - «Marsel»da futbolning bor fusunkor jihatlaridan to‘la-to‘kis bahra ola boshladi. O‘z ishini a’lo darajada uddalagan sportchi tinimsiz mehnati samarasini ko‘rishga, totli mevasini olishga mutlaqo haqli. Xullas, Didye yevrofutbol e’tiborini tortgach, yanada ko‘proq pul topadigan bo‘ldi. Ajoyib kunlardan birida taqdir yosh hujumchini kimsan Joze Mourinyo bilan yuzlashtirdi. Aniqrog‘i, «Marsel» - «Portu» uchrashuvi tanaffusida portugaliyalik murabbiy Didyening mahoratiga qoyil qolganini ta’kidladi. Aytishlaricha, o‘shanda murabbiy va futbolchi o‘rtasida qisqacha muloqot ham bo‘lgan:

- Agar yetarli mablag‘ga ega bo‘lganimdami, seni darhol o‘z jamoamga taklif etardim.

- Xafa bo‘lmang, tez orada sizda shunday imkoniyat tug‘iladi va aynan qo‘l ostingizda maydonga tushaman.

Qarangki, «Marsel» hujumchisining bashorati kutilganidan ham tezroq ro‘yobga chiqdi: Mou va Didye atigi 1 yildan so‘ng «Chelsi»da yuzlashishdi. «Benazir» murabbiy va xuddi shunday futbolchi. Faqat Mourinyo ushbu yuksak maqomga Londonda ish boshlashidan avval erishgan bo‘lsa, Drogba «Stemford Brij»dagi o‘yinlaridan keyin shunga loyiq ko‘rildi. Aytgancha, ivuarlik hujumchi faoliyatidagi eng kuchli murabbiy sifatida aynan Mourinyoni e’tirof etadi. Buning salmoqli sabablari bor, albatta. Chunonchi, Didye portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlik davri APLda 2 marta chempionlik nashidasini surdi. Ammo «Benazir murabbiy asosiy vazifa - «Chelsi»ni Yevropa CHLda shohsupaga olib chiqishni bajarolmadi va Londondan ketishiga to‘g‘ri keldi. Drogba esa jamoada qoldi va 8 yil davomida yetakchi hujumchi maqomida to‘p surdi va haqli ravishda Jon Terri, Petr Chex, Frenk Lempard kabi afsonalar safidan joy oldi. Xususan, ichki musobaqalarda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan, bir yillik xizmati uchun 13 million yevrogacha maosh olgan superyulduz bo‘ldi. Bir qarashda, Didye barcha orzulariga erishdi, ammo faqat CHL hamon bo‘ysunmas cho‘qqi bo‘lib qolaverdi... Deylik, 2008 yili Moskvada tashkillashtirilgan finaldan oldin «ko‘klar»ni favorit sifatida tilga olishgandi. Biroq o‘sha o‘yin «Chelsi», ayniqsa, Drogba uchun noxushlik taqdim etdi. Ya’ni Didye qizil kartochka tufayli maydondan barvaqt chiqib ketdi, penaltilar seriyasida esa, Jon Terri o‘z faoliyati davomidagi eng muhim zarbani ko‘ngildagidek ijro etolmadi. Afrika futboli yulduzi sardorning qanday sirpanib ketganini kiyinish xonasida alam bilan kuzatgandi. Karlo Anchelotti davrida ham «shalpangquloq» kubok «Chelsi»ga armon bo‘lib qolaverdi. Nihoyat, 2012 yilga kelib, londonlik «aristokratlar» CHL marrasini zabt etishdi. Asosiysi, «Bavariya»ga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda aynan Drogba bosh qahramon bo‘ldi: u 88-daqiqada javob golini urdi, qo‘shimcha bo‘limlarda asosan himoyada harakatlandi va yakunda oxirgi penaltini mukammal amalga oshirdi - g‘alaba goli. O‘sha mavsum Drogba tomonidan «pishirilgan» mazali tortning ustiga qo‘yilgan qaymoqli gul bo‘ldi. Shu tariqa hujumchi «Stemford Brij» bilan chinakam g‘olib maqomida xayrlashish imkoniyatini hosil qildi. Biroq unga milliy terma jamoasidagi faoliyatini yuqori notada yakunlash nasib etgani yo‘q. To‘g‘ri, Didye hali-hamon Kot-d~Ivuar bosh jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi, ammo Yevropada katta shuhrat qozongan futbolchi o‘z qit’asida chempionlik unvoniga erisholmadi. Vaholanki, u jonajon mamlakati jamoasi safida Afrika Millatlar kubogi finalida 2 marta maydonga tushdi. Biroq o‘xshamasa, qiyin-da, baribir. Zero, Didye milliy jamoadan ketgach, «fillar» keyingi mavsumdayoq Afrika qit’asining asosiy turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Ha, dunyoning ishlari qiziq...

Kot-d~Ivuar terma jamoasidan farqli o‘laroq, «Chelsi» keyinchalik Drogba xizmatiga yana ehtiyoj sezib, uni o‘z tarkibiga qaytardi. To‘g‘rirog‘i, 36 yoshli hujumchi London klubini ikkinchi marta boshqarishga ko‘ngan qadrli ustozi Joze Mourinyo taklifini rad etolmadi. Bu vaqtda portugaliyalik mutaxassis afrikalik futbolchi uchun nafaqat murabbiy, balki eng yaqin do‘st maqomida edi. Birodarning istagini bajo keltirish - mardlarga xos xislat! Qolaversa, hujumchini aynan «Chelsi» chinakam yulduz darajasiga olib chiqqan, shon-shuhratga burkagandi va Londonda uni daho sifatida qabul qilishardi. Shu asoslar bir bo‘ldiyu, Didye suyukli jamoasiga qaytish imkoniyatidan voz kecholmadi.

 

h h h h h 

Tabiiyki, Drogbaning «ko‘klar» safidagi takroriy faoliyati avvalgisiga nisbatan boshqacharoq chiqdi. Binobarin, jamoa ham uni eng yaxshi to‘purar emas, ma’naviy rahnamo, ruhiy yetakchi roliga taklif etgandi. Yanada aniqroq ifoda etganda, Didyega bu safar xuddi o‘ynovchi-murabbiydek qarashdi. Xullas, 2015 yilning mayida «Chelsi» yana shohsupaga ko‘tarildi. Kim biladi, balki o‘sha pallada «Benazir» o‘zi kabi benazir hujumchiga yashil maydondagi emas, murabbiylik o‘rindig‘idagi yordamchi lavozimini taklif etgan, shogird esa uni mamnuniyat bilan qabul qilgan, ammo buning uchun yana birozgina sabr bilan kutish lozimligini aytgandir? Har holda, Drogba yashil maydon bilan xayrlashish niyatidan yiroq edi.

Didye Drogba va «Chelsi» - bu bir umrga tatigulik muhabbat. Umumiy yo‘lning oxirida London jamoasi muxlislari ivuarlik hujumchini «aristokratlar» tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida alohida e’zozlashdi. Drogbaning o‘zi esa tomirlarida qizil emas, balki ko‘k qon oqishini baralla aytdi. Bu albatta, «Chelsi»ning rasmiy rangiga ishora. Aytish kerak, Didye «Stemford Brij» bilan batamom xayrlashgach, «Chelsi» deyarli har bir yangi hujumchisida ketgan yetakchi siymosini ko‘rishni istadi, istamoqda. Fernando Torres, Demba Ba, Samuel Eto~O, Romelu Lukaku, Diyego Kosta, Andrey Shevchenko, Alvaro Morata - bu yigitlarning har biri saviyali futbolchi, chinakam yulduz. Biroq «Chelsi» hozirga qadar «Yangi Drogba» - hujumning chin qirolini topganicha yo‘q. O‘z navbatida, Didye ham yangi «Chelsi» topish ishqida ancha-muncha izlandi, navbati bilan Xitoy, Turkiya va Shimoliy Amerikada o‘ynab ko‘rdi. Lekin qidirganini topolmadi, baribir. Oxir-oqibat, hafsalasizlikka tushgan 40 yoshli hujumchi taqdir oldida ojiz ekanligini tan oldi, butsalarini rasman mixga ildi. Ammo negadir uning «ko‘klar» daryosida uchinchi marta javlon urib suzishiga ishongimiz keladi. To‘g‘ri, endi futbolchi rolida emas, balki murabbiy sifatida. Voqealarning ayni shunday rivoji mantiqli va to‘g‘ri hisoblanardi, harqalay. Shundan taqdirda «Chelchi» - Drogba muhabbati hech mubolag‘asiz haqiqiy «xeppi end» bilan tugardi. Axir Gollivud filmining go‘zal syujetini oling: ezgulik hamisha yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi va charchagan musofir yakunda jonajon go‘shasiga baxtiyor holatda qaytadi. Yana kim biladi, deysiz...?

 

ma’lumot uchun

Didye DROGBA

To‘liq ism-sharifi: Didye Iv Drogba Tebili

Asosiy laqabi: DD

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1978 yil 11 mart (40 yosh), Abidjan (Kot-d~Ivuar)

Fuqaroligi: Kot-d~Ivuar, Fransiya

Bo‘yi: 189 sm. Vazni:91 kg.

Amplua bo‘yicha: hujumchi

Professsional faoliyati

1998—2002 - «Le-Man» (Fransiya), 64ta o‘yin, 12ta gol

2002—2003 - «Gengam» (Fransiya), 45ta o‘yin, 20ta gol

2003—2004 - «Marsel» (Fransiya), 35ta o‘yin, 19ta gol

2004—2012 - «Chelsi» (Angliya), 254ta o‘yin, 104ta gol

2012 - «Shanxay Shenxua» (Xitoy), 11ta o‘yin, 8ta gol

2013—2014 - «Galatasaroy» (Turkiya), 37ta o‘yin, 15ta gol

2014—2015 - «Chelsi» (Angliya), 28ta o‘yin, 4ta gol

2015—2016 - «Monreal Impakt» (Kanada), 39ta o‘yin, 22ta gol

2017— 2018 - «Finiks Rayzing» (AQSH), 22ta o‘yin, 14ta gol

-------------------------------------

2002—2014 - Kot-d~Ivuar milliy jamoasi, 104ta o‘yin, 65ta gol

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:49, 30.11.2018. O'qildi: 2724 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
2 Реал Мадрид Kilian Mbappe 3
3 Барселона Ferran Torres 2
4 Эспаньол Pere Milya 2
5 Реал Сосьедад Takefusa Kubo 1
6 Эльче Xerman Valera 1
7 Реал Сосьедад Ander Barrenechea 1
8 Атлетико Xulian Alvares 1
9 Леванте Ivan Romero 1
10 Алавес Toni Martines 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.