Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 18 38
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 19
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hamidjon Aktamov: «Navoiylik yosh futbolchilarning kelajakda «Qizilqum» safiga kelib qo‘shilishidan manfaatdormiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Qiziqarli va shiddatli kurashlar ostida kechgan uchrashuvlarga boyligi bilan yodda qolgan Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham va nihoyat yakuniga yetdi.

Ortda qolgan mavsum milliy chempionatimizda ko‘plab yangiliklar amalga oshirildi. Chempionat formati o‘zgardi, o‘yinlar ikkita bosqichga bo‘lingan holda o‘tkazildi.

Professional Futbol Ligasi endilikda kelasi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini ham boshlab yubordi. Yaqinda “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqildi. Klublar ushbu Reglament asosida kelasi mavsum uchun tayyorlab boriladi. 

Ya’ni yaqin yillar ichida o‘z oldiga Pro liga yoki Superligada qatnashishni maqsad qilayotgan har qanday futbol klubi avvalo mazkur Reglamentda ko‘rsatilgan talablarga har tomonlama javob bera oladigan tuzilmaga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi.

Klublar oldiga qo‘yilayotgan talablardan eng muhimi – o‘z akademiyasiga ega bo‘lish. Shu va boshqa talablardan to‘liq xabardor bo‘lish maqsadida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov PFLga tashrif buyurdi va kelasi mavsum rejalarini bafurja muhokama etdi.

Hamidjon Aktamov “Qizilqum” klubining PFL tomonidan qo‘yilayotgan talablar asosida sekin-asta o‘z infratuzilmasini yaxshilab borish niyatida ekanini ta’kidladi.

- Ortda qolgan mavsum juda qiziqarli tarzda kechdi. Mavsum davomida ko‘plab o‘yinlarda umuman kutilmagan natijalar qayd etilganini ta’kidlay olaman. O‘yinlar shiddati oshgani kishini quvontirdi. Qolaversa, 2018 yilda muxlislarning stadionlarga tashrifi chindan ortdi. Bunda o‘yin oldi va tanaffus vaqtida tashkil etilgan turli ko‘ngilochar tadbirlarning o‘rni ham katta bo‘ldi, deb o‘ylayman. Mana shunday konsert, aksiyalarni keyingi yillarda ham davom ettirish tarafdoriman. Zero bu ham muxlislarni stadionlarga jalb etishda o‘z samarasini berishiga 2018 yilgi mavsumda guvoh bo‘ldik.

Ortda qolgan yilda chempionat saviyasini oshirish uchun ancha mehnat qilindi. Aksariyat uchrashuvlar TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Bu – juda yaxshi amaliyot. Zero jamoalarning o‘yinga kela olmagan uzoq joydagi muxlisi ham uchrashuvni jonli ko‘rib, o‘z jamoasi o‘yinini kuzatib turish imkoniga ega bo‘ldi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tishni istardimki, viloyatlardagi o‘yinlarning ayrimlarida translyasiya sifati u qadar yuqori bo‘lmadi. Masalan, xavfli vaziyatlar takroriy lavhalari ko‘p ham kutilganidek namoyish etilmadi. PFL ushbu jihatni ham inobatga olib, kelasi mavsumda Sport telekanali bilan ushbu masalaga ijobiy yechim topsa yaxshi bo‘lar edi.

Umuman olganda, ortda qolgan mavsumdan taassurotlar yomon bo‘lmadi. Qilinayotgan ishlar milliy futbolimiz, ichki chempionatimiz saviyasini ko‘tarish uchun amalga oshirilayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Ayniqsa, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” yaqin vaqt ichida klublar infratuzilmasini yaxshilashda o‘z samarasini berishiga ishonch xosil qildim. To‘g‘risini aytsam, PFL rahbariyati oldiga kelib, yangi mavsum rejalarini muhokama etishdan oldin qo‘yilayotgan talablar bajarish uchun biroz mushkuldek tuyulayotgan edi. Lekin barcha o‘zimni qiziqtirgan masalalarni bafurja muhokama qilgach, ushbu talablarni bajarish imkonsiz ish emasligiga amin bo‘ldim.

To‘g‘risi, PFL tomonidan har bir klubning o‘z akademiyasiga ega bo‘lishi lozimligi talab qilinayotganini ijobiy baholayman. Bu futbol poydevorini qo‘yishda juda muhim omil. Biroq futbol akademiyasini qisqa vaqt ichida tashkil etish qiyin ekani bizni biroz o‘ylantirayotgan edi. Aynan shu masalani muhokama etib olishni istagan edim.

PFL klublar oldiga qat’iy talablar qo‘yayotgani bilan, o‘z musobaqasida qatnashadigan jamoalarning ushbu talablarni bajarishida ularga ko‘mak berish niyatida ekanidan ochig‘i juda xursand bo‘ldim. Biz yaqin kelajakda albatta o‘z akademiyamizni quramiz. Biroq bunga sekin-astalik bilan tamal toshini mustahkam tarzda qo‘yib borish niyatidamiz.

Shu sababdan ham endi O‘FA huzuridagi Navoiy viloyati bolalar-o‘smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolaydigan bo‘ldik. O‘zaro shartnomaga ko‘ra, “Qizilqum” klubi ham ayrim majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. O‘z navbatida ma’lum huquqlarga ega ham bo‘ladi. Eng muhimi – viloyatimizda yosh iste’dodlarni to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalab, ulardan yaxshi saviyadagi professional o‘yinchi yetishib chiqishida “Qizilqum” klubi ham o‘z munosib xissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz o‘z shahrimiz va uning atrofidan bo‘lgan o‘yinchilarning keyinchalik viloyatimiz bosh jamoasi safiga kelib qo‘shilishidan har tomonlama yutamiz. Bunday o‘zaro manfaatli hamkorlikdan Navoiy viloyatidagi barcha futbolga befarq bo‘lmagan kishilar xursand bo‘lishiga ishonaman, - deya ta’kidladi Hamidjon Aktamov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:05, 06.12.2018. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.