Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlariga Prezident sovg‘alari – «Spark» avtomashinalari topshirildi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, 24 noyabr - 2 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘tkazilgan va musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallagandilar.

Bugun ana shu Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqar ekan, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat zamirida mamlakatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik turgani haqida gapirdi.

"Ushbu muvaffaqiyatingizdan Siz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev juda xursand bo‘ldilar. Bugun mamlakatimiz rahbari nomidan Sizlarni tabriklash men uchun katta sharafdir. Siz musobaqada shaxmat olamida o‘ziga yarasha nufuzga ega bo‘lgan mamlakatlar - Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, shuningdek, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova vakillarini mag‘lubiyatga uchratdingiz. Bu esa g‘alabangiz salmog‘ini yanada oshirishi shubhasizdir.

Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. U kishining qo‘l ostida turli islohotlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi albatta sportchilarimizga yanada yaxshiroq sharoitlar yaratishga qaratilgan. Sizlarning xalqaro arenada qayd etgan ushbu g‘alabangiz biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni yana bir bor tasdiqladi.

Bungacha aql-idrok sohiblarimizning mazkur o‘yinlarda ko‘rsatgan eng yaxshi natijalari 2004 yilda bo‘lgandi. O‘shanda sportchilarimiz uchinchi o‘ringa ega chiqqandilar. Bu safar esa siz tarixiy natijani qayd etib, oldingizga qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajardingiz.

Sizlardan kelajakda umidimiz katta. Ishonamanki, erishilgan muvaffaqiyat bilan to‘xtab qolmaysizlar va kelajakda o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochishda davom etasizlar", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

So‘ngra O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi o‘rinbosari Husan Turdaliyev so‘zga chiqib, yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng shaxmat Olimpiadasi qahramonlari - Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidovlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi - "Spark" avtomobillari topshirildi.

Ma’lumot uchun, terma jamoamizning yana bir a’zosi, 12 yoshli Javohir Sindarov oktyabr oyida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgani uchun Shavkat Mirziyoyev tomonidan 3 xonali uy bilan taqdirlangandi.

Murabbiy Saydali Yo‘ldoshevga esa Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan 15 000 000 so‘m miqdoridagi mukofot puli taqdim etildi.

Marosimda so‘zga chiqqan Nodirbek Abdusattorov ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Ushbu rag‘batga javoban bundan keyin ham yuksak marralarni zabt etishga va’da berdi.

Taqdirlash marosimi yakuniga yetganidan so‘ng Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Nodirbek Abdusattorov o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi. Do‘stona ruxda kechgan uchrashuv durang hisobda yakunlandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:58, 06.12.2018. O'qildi: 4197 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик