Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Javohir Siddiqov: «Oltin ochko» qoidasi bo‘lmaganida....»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mana hash-pash deguncha Pepsi superliga 2018 o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetdi. Yakuniga yetgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasida muxlislarning eng yoqimtoy futbolchisi , shubhasiz Javohir Sidiqov bo‘ldi. Javohir Sidiqov o‘zining yorqin o‘yinlari bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning ham nazariga tushdi.

Ko‘p sonli muxlislarimizning qiziqishlarini inobatga olib, Javohir Sidiqov bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

-Javohir yakunlangan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi ?

-Bu yilgi chempionatdan taassurotlarim yaxshi. Chempionatimiz  oldinga qarab siljiyapti deb ayta olaman. Chempionat formati o‘zgargani  o‘yinlarda shiddatni oshirdi. Format o‘zgarishi qaysidir jamoalarga yaxshi  bo‘ldi, qaysidir jamoalarga esa qiyinchilik olib keldi.

Masalan “Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari 1-bosqichdan so‘ng ko‘p ochkolarini yo‘qotishdi. “Oltin ochko” qoidasi bo‘lmaganida bizning jamoa ham mavsumni yuqoriroq o‘rinlarda yakunlagan bo‘lar edi.

Endi bu bahona emas, hammasi yil boshidan belgilab berilgan qoidalar edi. Balkim kelasi mavsumda formatimizda yana o‘zgarish bo‘lar, “oltin ochko” qoidasini ko‘rib chiqishar.

-“Qo‘qon-1912” jamoasining ko‘rsatgan natijasi jamoaga mos bo‘ldimi, ya’ni jamoa o‘zi uchun munosib o‘rinni  egalladimi?

– Albatta biz mavsum boshida ko‘zlagan maqsadlarga erisha olmadik. Jamoadagi futbolchilarning salohiyati, jamoadagi ichki muhitning ajoyibligi, yigitlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarning yaxshiligini hisobga olganda , albatta egallagan o‘rnimiz jamoamizga mos bo‘lmadi.

Qo‘qonda yaxshi jamoa shakllangan. Bunday natijaga nima sabab bo‘ldi deyishingiz mumkin. Bizga bu yil biroz omad ham  yetishmadi, uydagi o‘yinlarimizda kutilmagan ochkolarni yo‘qotib qo‘ydik. Birinchi davrada ko‘proq safarda o‘ynadik, yomon natijaga erishmagandik.

Ikkinchi davrada o‘z maydonimizda yanada ko‘proq ochko jamg‘arishni niyat qilgan edik. Albatta ayb o‘zimizda, maydonda harakat qilgan futbolchilarda. Yaxshiyam mavsum so‘nggida o‘zimizga kelib oldik va kerakli ochkolarni jamg‘ardik.

photo_2018-09-24_04-53-08

– Qo‘qonda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami?

-Mana Qo‘qonda uch yil to‘p surgan bo‘lsam , yaratilgan sharoitlar har doim yaxshi bo‘lgan. Yashash joylari, oziq-ovqat va hakozo hammasi joyida. Moliyaviy tomondan ham muammolar bo‘lgani yo‘q.

To‘g‘ri ba’zida biroz kechikib olgandirmiz maoshlarni, lekin hech kim hali jamoadan norozi bo‘lgani yo‘q.

-Bosh murabbiy haqida ham fikrlaringizni eshitsak

Bosh murabbiyimiz No‘’mon aka Hasanov bilan anchadan buyon birga ishlaymiz. Bir so‘z bilan aytishim mumkin , o‘z ishining ustasi. Mashg‘ulotlarga ham , har bir o‘yinga ham jiddiy yondoshadilar. Kerak bo‘lgan joyida judayam talabchan, qattiqqo‘l bo‘ladilar.

Hamma narsani me’yorida olib borishadi. Joyi kelganda futbolchilar bilan hazil-huzul qilib , yigitlarni kayfiyatini ko‘tarishni ham biladilar.

-O‘zbekiston milliy terma jamoasidan, Osiyo chempionatida qanday natija kutyapsiz?

– Albatta har bitta jamoa, musobaqaga  hech qachon yutqazaman deb bormaydi. Hamma o‘z oldiga qandaydir maqsadni qo‘yadi. Men o‘ylaymanki, bizning jamoamiz ham yuksak maqsadlarni ko‘zlab chempionatga boradi.

Yangi murabbiy, yangicha o‘yin uslubi, hamma narsa yangicha bo‘lib, natija ham yaxshi bo‘ladi deb umid qilyapman. O‘zekiston terma jamoasi futbolchilari ham boshqalardan kam emasliklarini Osiyoga ko‘rsatishadi deb o‘ylayman.

IMG_1124

-Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

-Mavsum endi tugadi. Biroz hordiq chiqaryapmiz, lekin hozir ham har kuni ma’lum grafik asosida  mashg‘ulot qilib turibman. Terma jamoa yig‘iniga taklif oldim. Har bitta futbolchining orzusi , mamalakatning bosh terma jamoasida o‘ynash. Mening ham hozir barcha o‘y-xayolim terma jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun mashg‘ulotlarga qaratilgan. Terma jamoa bosh murabbiyining e’tiboriga tushish oson emas. Kuper judayam talabchan murabbiy ekan.

Qo‘qondan ketamanmi yoki yana jamoada o‘ynashni davom ettiramanmi buni vaqt ko‘rsatadi. Albatta takliflar bor, lekin nima bo‘lganda ham jamoa rahbariyati bilan maslahatlashgan holda ish yuritamiz. Men Qo‘qonda futbolchi sifatida tanildim, shakllandim.

Shuning uchun bu jamoadan qarzdorman, mabodo boshqa jamoaga ketadigan bo‘lsam ham, bu ish klub rahbarlari bilan maslahatlashgan holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda esa bu masalani o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 09:57, 12.12.2018. O'qildi: 3957 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик