Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 24.10.2025 19:00
      • Qizilqum
      • 2:0
      • Dinamo
      • 25.10.2025 16:30
      •   Sho‘rtan
      • 0:2
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • -:-
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 24.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:2
      • Piza
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • -:-
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo
26-тур Sho‘rtan - Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Sho‘rtan - Neftchi
25/10/25 Qo‘qon-1912 - Navbahor
26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7336 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2736 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      08:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      17:55 LIVE Чемпионат Италии. "Парма" - "Комо 1907". Прямая трансляция.
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор". Прямая трансляция.
      23:55 "Непобедимый".
      00:20 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      01:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Фламенго". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.10.2025

      05:15 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Комбинированная пирамида. Финал.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Муайтай. Кубок Дружбы в Москве.
      10:20 "Страна спортивная".
      10:40 "Команда мечты".
      11:10 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада.
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве.
      02:30 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада. Прямая трансляция.
      04:30 "Небесная грация".
      04:50 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.10.2025

      05:35 "Лица страны". Иван Ревенко.
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. ЦСКА (Россия) - "Мега" (Сербия).
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 Д/ф "Наскар. Ведущее наследие".
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - ЛКС (Липецк). Прямая трансляция.
      19:50 Новости.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:45 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Наполи" - "Интер". Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 321 в Абу-Даби, ОАЭ. Том Аспинэлл против Сирила Гана, Умар Нурмагомедов против Марио Баутисты. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.10.2025

      05:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      06:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Женщины. Групповая гонка.
      07:00 Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 3.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      10:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      11:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      11:45 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      12:30 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      14:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Супергигант.
      15:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      17:10 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 4. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keysuke Xonda tinim bilmayapti

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Moskvaning SSKA klubidan ketgach, Keysuke Xondaning faoliyatida pasayish kuzatildi: «Milan» zaxira o‘rindig‘i, Meksika chempionatiga o‘tish va JCH-2018dan keyin butsalarini mixga ilishga va’da berish. Ammo yaponiyalik yarim himoyachi yozda futboldan ketish o‘rniga, OAVni larzaga solgan yangilik sababchisiga aylandi. Rossiya mundiali mehmonlaridan biri - amerikalik aktyor Uill Smit Xondaning manziliga maqtovlar yog‘dirib, birgalikda venchur (turli g‘oyalar, loyihalarni moliyalashtirishda katta tavakkal qiladigan) fond ochishayotganini ta’kidladi. Keysuke jahon chempionatidan keyin terma safida Olimpiada-2020ga bormoqchiligini aytib, Avstraliyaning «Melburn Viktori» klubi bilan shartnoma imzoladi. Va eng ajablanarlisi - avgustda Xonda Kambodja milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi.

Tokio Olimpiadasida qatnashish uchun Avstraliyaga ko‘chib o‘tdi

2020 yili Tokioda yozgi Olimpiada o‘tkaziladi. Xonda 10 yildan buyon terma jamoada o‘ynaydi va 2008 yilgi olimpiya o‘yinlarida ham qatnashgan, biroq Yaponiyada o‘tadigan turnir Keysuke uchun alohida ahamiyatga ega.

Uning bobosi kanoeda eshkak eshish musobaqalarida qatnashib, 1964 yili Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada «kunchiqar yurt» sharafini himoya qilgan. Keysukening akasi Tamon Xonda 1984, 1988 va 1992 yillarda o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha ishtirok etgan. «Men uchun Olimpiadaning Tokioda o‘tayotgani juda muhim. Agar mazkur turnir boshqa shaharda tashkil etilganda, faoliyatimni yakunlardim», - dedi yaponiyalik yarim himoyachi. Olimpiya terma jamoasiga 23 yoshdan katta bo‘lgan uch futbolchini qo‘shib olish mumkinligini, Xonda hamon Yaponiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanini inobatga olsak, unda orzusini amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat borligi oydinlashadi.

Faoliyatini davom ettirish uchun yana bir sabab - «Viktori»dan tushgan yaxshigina taklif. Avstraliyaliklar Xondaga 3 mln. yevroga teng yillik maosh tayinlashgan. Bundan tashqari, «yashil qit’a» klubi Keysukening parallel ravishda Kambodja termasida ham ishlashiga yo‘l qo‘yib bergan, yapon futbolchisi esa bu faoliyat tufayli «Viktori» o‘yinlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormaslikka va’da bergan. Xonda mashaqqatli ishni uddalashiga ishonmoqda: «O‘n yildan buyon Yaponiya termasida o‘ynayapman va milliy jamoa bosh murabbiyi ko‘p band bo‘lmasligidan xabardorman: ular har uch oyda termani ikkita o‘yinga tayyorlashadi. Bu esa bir yilda 10ta uchrashuv o‘tkaziladi, degani».

Mana uch oydirki, Xonda ikki joydagi vazifasini birdek uddalayapti. «Melburn Viktori» ikkinchi o‘rinda bormoqda, Keysuke esa yetakchilardan biri: so‘nggi besh uchrashuvda 3tadan gol va samarali uzatma muallifiga aylandi.

Xo‘sh, qahramonimiz qay tariqa Kambodjaga borib qoldi?

Xonda Kambodjani yoqtirib qolgan

Bir qarashda, Keysukening Kambodja termasini boshqarishi juda g‘alati tuyulishi turgan gap. U lavozimga tayinlangan pallada ushbu mamlakat milliy jamoasi FIFA reytingida Fidji hamda Iordaniya bilan yonma-yon - 166-o‘rinni egallab turgandi. Maosh - to‘lanmaydi. Kelgusidagi o‘yinlar - Malayziya, Singapur hamda Vyetnamga qarshi.

Ammo Xonda uchun bu ish murabbiylik nuqtai nazaridan emas, balki ijtimoiy missiya sifatida qiziqroq.

U ilk bor Kambodjaga 2015 yili, Yaponiya mahalliy terma bilan o‘ynaganda kelgandi. Yaponlar yarimorolda uch kunni o‘tkazishdi va Xonda har bir o‘tgan daqiqalardan rohatlandi. «Kambodja juda ajoyib. Odamlari, tabiati. Bu Osiyoning eng yaxshi mamlakatlaridan biri. U yerga yana qaytgim keldi», - deya hayrat bilan gapirgandi Keysuke.

Yangi mamlakat Xondani shu qadar o‘ziga rom etgandiki, u 2016 yilda Kambodja poytaxti Pnompenda futbol akademiyasi tashkil etdi. Keyinchalik ushbu ta’lim maskani qoshida «Soltilo Angkor» nomli jamoa faoliyat boshladi. Keysuke ushbu klub prezidenti hisoblanadi.

Xonda Kambodjani qanchalik yaqin bilgani sari, futbol maktablarining yetishmayotganini shunchalik teran anglay boshladi.

1975 yili Kambodja hukumati Pol Pot boshchiligidagi kommunistik harakat vakillari qo‘liga o‘tgandi. Ularning rejalari ko‘pchilikka ziyon yetkazdi, islohotlar asosan radikal ko‘rinishga ega bo‘ldi: shahar aholisini qishloqqa ko‘chirish, dori-darmon va shifoxonalardan foydalanishni taqiqlash. Maktablarni qonunga xilof deb hisoblab, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni o‘ldirishgan. Hammasidan dahshatlisi, u yerdagi genosid bo‘lgan: Kambodjaga millionlab fidoyi fuqarolar kerak deb hisoblagan Pol Pot qolganlarni qatl qilishga buyurgan. Genosid tadqiqotlari xalqaro assosiasiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘sha davrda 1,7dan 3 milliongacha bo‘lgan kambodjaliklar o‘ldirilgan.

Xonda agar ushbu mamlakat termasini boshqarsa, mahalliy futbolga ko‘proq yordami tegishini tushunib yetdi. «Men Kambodja xalqini yaxshi ko‘raman, pul bilan bog‘liq muammosi bor odamlarga ko‘mak beraman. Ammo men o‘zgacha tarzda yordamlashmoqchiman. Ayniqsa, futbol maktablari ko‘plab bolalarning muammolarini hal qilishi mumkin. Boshqa masala - milliy jamoa. Termada ishlash orqali butun mamlakat futboliga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘laman», - dedi Xonda.

Mahalliy futbol federasiyasining ham ushbu masalada o‘z qarashlari bor. 2023 yili Janubiy Osiyo o‘yinlari Kambodjada o‘tkaziladi: bu mamlakat uchun sayyohlarni jalb qilish, terma jamoa uchun esa munosib ishtirok orqali futbolni ommalashtirish yo‘lidagi ajoyib imkoniyatdir. Xondani taklif etish - terma o‘yinchilarining saviyasini ko‘tarish uchun ideal va qimmat bo‘lmagan variant. Ayni payt yaponiyalik futbolchi-murabbiyning shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan, biroq tomonlar mazkur kelishuv 2023 yilgacha uzaytirilishi mumkinligini inkor etishmayapti.

Xonda o‘z vazifasini bajarish uchun har oy qariyb 14000 km.ni bosib o‘tadi (Avstraliya va Kambodja o‘rtasidagi masofa - 7000 kilometr). To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘qligi uchun parvoz ba’zan 30 soatga cho‘ziladi. Keysuke yo‘lning bir tomoni uchun sarflaydigan 1000dan 2500 ming dollargacha bo‘lgan xarajatini Kambodja FF to‘laydi. Har yerga ulgurish juda mushkul: noyabr oyi boshlarida «Viktori» safida o‘yin o‘tkazganiga endigina bir sutka bo‘lgan Xonda Myanmaga qarshi bahsda hoziru nozir bo‘lish uchun Kambodjaga parvoz qilgandi.

Tinimsiz sayohatlar tufayli vujudga keladigan charchoqni yengish uchun Xonda mate ichdi: bu Argentina-Urugvayga xos choy navi Grizmanning ham jonu dili (shuningdek, uni Messi, Suares va boshqa minglab argentinalik hamda urugvayliklar yaxshi ko‘rishadi).

Xonda faqat o‘yin o‘tkaziladigan sanada Kambodjada bo‘ladi, boshqa payt asosan «Skayp» orqali bog‘lanadi. Dushanba kunlari Keysuke murabbiylar shtabi bilan qo‘ng‘iroqlashib, haftalik mashg‘ulotlar rejasini muhokama qiladi. Kambodjada Xondaning yordamchisi - argentinalik Feliks Gonsales hamda mahalliy mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Ular mashg‘ulotlarga bosh-qosh bo‘lishadi, raqiblarni o‘rganishadi. Xonda esa umumiy ko‘rsatmalar berib, mahalliy liga bahslari yozilgan videoni ko‘rib chiqadi va shu tariqa yangi o‘yinchilarni topadi.

Garchi futbolchilar bosh murabbiyni taxminan oyda bir marta ko‘rishsada, ular uchun Xonda bilan ishlash o‘ziga xos rag‘batlantiruvchi omil sanaladi. «Yangi murabbiy kim bo‘lishini bilganimizda, qiy-chuv boshlandi. Endi futbolchilar mashg‘ulotlarda avvalgidan faolroq qatnashishmoqda - Keysukeda iliq taassurot qoldirishni xohlashmoqda», - deydi Gonsales. Yaponiyalikni hayron qoldirish ancha qiyin bo‘ldi. Hozircha u tomonidan ko‘proq tanqidlar yangradi: «Kambodjadagi futbolchilarga texnika yetishmaydi. Yevropaliklardek o‘ynash uchun ko‘p jabhada o‘sishga erishishlari talab etiladi». Keysukening e’tirozi o‘rinli - terma jamoaning deyarli barcha o‘yinchilari mahalliy chempionatda to‘p surishadi (Malayziyaning «Terengganu» klubi a’zosi Tyerri Bindan tashqari).

Ammo Xonda ayrim masalalarda ijobiylikka erishmoqda.

Kambodja termasi bilan AFF Suzuki Cup (Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi musobaqa) guruh bosqichida Laosga qarshi bahsda tarixiy g‘alabaga erishdi. Bu Kambodjaning 2004 yildan buyon qo‘lga kiritgan dastlabki muvaffaqiyati edi. To‘g‘ri, mazkur terma baribir, «A» guruhida so‘nggi o‘rinlardan birini egallab, turnirni tark etdi.

Aftidan, kambodjaliklar ushbu natijadan ko‘p ham ranjishmadi. Kambodjada Xondani juda yaxshi ko‘rishadi, uning murabbiylikka tayinlanishi esa termaning dovruq qozonishiga sabab bo‘ldi. Malayziyaga qarshi kechgan guruh bosqichi o‘yinini ko‘rish uchun Olimpiya stadioniga 40 ming muxlis tashrif buyurdi - bu rekord.

Xonda fond ochdi, dunyoni o‘zgartirmoqchi

Yozda Uill Smit va Xonda birgalikda venchur fondi ochishayotgani haqida xabar berishdi. Bir qarashda g‘alati tuyuladigan bunday hamkorlikni oddiygina izohlash mumkin - bu shaxslarning moliyaviy ishlarini bir kompaniya olib boradi.

Dreamer Fund deb nomlanuvchi fond Kaliforniyada faoliyat yuritadi. Mohiyat ham oddiy: gigant kampaniyalar puli faoliyatini tiklashga urinayotgan korxonalarga yo‘naltiriladi. Fondning yaqin maqsadi - 100 mln. yevro to‘plash. Buning uchun Xonda va Smit aloqalarni ishga solishmoqda, kompaniyalar bilan uchrashib, ularni pul ajratishga ko‘ndirishmoqda.

Bu borada dastlabki muvaffaqiyat ham ko‘zga tashlandi. 18 iyul kuni Yaponiyaning Nomura Holdings Inc. moliyaviy xoldingi mazkur fondga 15 mln. yevro investisiya kiritishini ma’lum qildi. Muzokaralarni shaxsan Xondaning o‘zi olib bordi - buning uchun JCH-2018 boshlanishidan avval Yaponiya va AQSHga bir necha marta parvoz qildi.

Keysuke barchasiga ulgurish uchun kundalik jadvalni to‘liq o‘zgartirdi. O‘ziga yordam tayinladi - avstraliyalik Klaudiyani topishda «Melburn»ning yordami asqotdi. Mashg‘ulotlardan keyin u klub bazasidagi xonasi kirib, u yerda kechki soat 5-6gacha ishlaydi. Termaning ishlari yakunlangach, venchur fond hamda futbol maktablari (Xondaning butun dunyo bo‘ylab 64ta ta’lim muassasasi bor) bilan shug‘ullanadi. Bir oyda bir marta Kaliforniyaga borib, Smit bilan ishlarning borishini tahlil qiladi.

Juda qiyin, ammo Keysukening o‘ziga xos motivasiyasi bor: unga nafaqat pul ishtiyoqi, balki dunyoni o‘zgartirish istagi ham kuch beradi: «Ulkan rejalar tuzganmiz: farmasevtik kompaniyalar, texnologiyalar. Ajoyib loyihalarni amalga oshirishga tayyor, faqat buning uchun pulga ehtiyoj sezayotgan ko‘plab ajoyib muassasalar bor. Ularning dunyoni o‘zgartirish yo‘lidagi izlanishlarida madadkor bo‘lishimizga ishonaman».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:15, 13.12.2018. O'qildi: 5901 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.