Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Igor Akinfeev: «Begonalar tomorqasiga tosh otmayman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Moskvaning SSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeev Chempionlar Ligasining bir mavsumida Madridning «Real» jamoasiga qarshi kechgan ikkita o‘yin (1:0, 3:0)da darvozasi daxlsizligini saqlagan to‘rtinchi kiper sifatida tarixga kirdi. Ayni paytga qadar bunday natijani Edvin van der Sar («Ayaks», 1995|1996), Yens Lemann («Arsenal», 2005|2006) va Xose Reyna («Liverpul», 2008|2009) qayd etishgandi. Yaqinda «armiyachilar»ning faxriy posboni UYEFA rasmiy saytiga intervyu berib, Rossiya termasi, YECHLdagi antirekordi hamda yoshlikdagi kumiri kim bo‘lgani haqida gapirdi.

Debyuti haQida

- Faoliyatingizda futbolni yoqtirmay qolish holati kuzatilganmi?

- Aslo bunaqasi bo‘lmagan. Futbol - mening hayotim. Avval his etgan, hozir his etayotgan va umid qilamanki, keyinchalik ham his etadigan yorqin damlar o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Bunday pallalarda, zamonaviy til bilan aytganda, haqiqiy «drayv» kuzatiladi. Sovrinlar yutganda, kuboklarni boshim uzra ko‘targanda, hissiyotlar quvontiradi, qalbimdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi. Ayni holatni boshqa yerda kuzatish amrimahol. Bu kabi tarixiy voqealar umrbod unutilmaydi, hattoki, yigirma yillardan keyin ham yodda qoladi.

- Chempionlar Ligasida 2004 yili mazkur turnirning amaldagi g‘olibi - «Portu»ga qarshi bahsda debyutingizni nishonlagansiz. O‘sha uchrashuvni yaxshi eslaysizmi?

- Raqib tashabbusga ega bo‘lgan, darvozamizning to‘sin va ustunini nishonga olgandi. Bizda atigi ikki-uchta imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo astoydil harakat qilib, nursiz durangga imzo chekkandik. O‘sha paytdagi SSKA uchun Portugaliyada bir ochkoga ega bo‘lish katta natija edi. Demak, debyutim muvaffaqiyatli o‘tgan, deyish mumkin.

Cherchesov - bolalikdagi kumiri

- Bolalik chog‘laringizda kimni o‘zingizga kumir deb bilardingiz?

- Garchi bu haqda biroz hadik aralash gapirsamda, Rossiya termasining bugungi kundagi bosh murabbiyi - Stanislav Cherchesovni kumir hisoblaganman. Ko‘pchilik futbolchilarni tilyog‘lamalik va laganbardorlikda ayblashadi. Ammo aslida bunday emas. Uning o‘yinlarini tomosha qilganimda bor-yo‘g‘i besh-olti yoshda edim. O‘shandayoq Cherchesovning harakatlari menga yoqardi. Keyinchalik xotiramda yorqin damlarni muhrlagan boshqa futbolchilar paydo bo‘lishdi: Santyago Kanisares, Oliver Kan, Janluiji Buffon. Bunday buyuk darvozabonlardan ko‘p narsani o‘rganish kerak.

Chempionlar Ligasidagi antirekord haQida

- YECHLda gol o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar bo‘yicha antirekord qayd etganingizda xafa bo‘lganmisiz?

- Statistika - yaxshi narsa. Ba’zan omadli va omadsiz seriyalar kuzatiladi. Kimdir bu holatga kulib qarasa, ayrimlar achinadi. Ammo men hech qachon tanqidchilar, mazax qilishlar va Internetdagi «mem»larga e’tibor bermaganman. Begonalar «tomorqa»siga tosh otmayman, kimnidir ayblamayman: u aybdor, aynan u sabab gol o‘tkazib yubordim, demayman. Bunday narsalarga oddiy qarayman. Bir tomondan, 11 yil ichida umuman gol o‘tkazib yubormasligimga hech kim ishonmagan. Boshqa tarafdan, yaqinda «Real» bilan o‘yinlarni «quruq» o‘tkazdik. Shunday ekan, avval qayd etilgan muvaffaqiyatsizliklarning bari hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng qo‘rqinchli voqea emas. Shunchaki, tanqid va mazax qilayotganlarga avval ko‘zguga bir qarab olishni maslahat beraman.

Mas’uliyat haQida

- Golkiperning pozisiyasini o‘ta mas’uliyatli hisoblashadi. Shunga qo‘shilasizmi?

- Maydondagi o‘yinchilarda ham bor bunday mas’uliyat. Ammo darvozabonning holatida psixologiyaning roli yuqori. Sen oxirgi chiziqda o‘ynash asnosida, xato qilishga haqli bo‘lmaysan, yutug‘ingni kutib turgan millionlab ishqibozlarning ishonchini oqlashing kerak. Ushbu kasbni tanlash uchun ruhiy tomondan chidamli bo‘lish darkor. Hayotda hamma narsa ro‘y berishi mumkin: ba’zan murakkab vaziyatda zarbalarga to‘sqinlik qilasan, ba’zida esa kulgili gollarni o‘tkazib yuborasan. Shunga qaramay, hech qachon tushkunlikka tushmaslik lozim. Omadsiz o‘yinlardan keyin o‘zingga kelib, oldinga intilish juda muhim. Birozgina sustkashlikka yo‘l qo‘ysangiz ham, hech narsani uddalay olmaysiz, sovrinlar haqida unutishga to‘g‘ri keladi. Ha, darvozabonning o‘rni beqiyos, ammo natijalarga erishish uchun butun jamoa yagona maqsad yo‘lida birlashishi kerak.

SSKA haQida

- SSKAdagi faoliyatingiz xususida qanday fikrdasiz, klub bilan yana nimalarga erishmoqchisiz?

- Deyarli butun umrim shu yerda o‘tdi, yaqinda yangi shartnomaga imzo chekdim. SSKA mening uyim ekanligi, u qalbimda umrbod yashashini ko‘p ta’kidlaganman. Klub rahbarlari o‘z vaqtida meni qo‘llab-quvvatlashdi, oyoqqa turishimda ko‘maklashishdi. Buning uchun ulardan juda minnatdorman. Shu kabi onlar hech qachon yoddan chiqmaydi. O‘ylashimcha, klubga qanchalik sodiq bo‘lsang, taqdir, Yaratganning o‘zi shunga yarasha seni mukofotlaydi. Hech qachon afsuslanmaganman, umidsizlikka tushmaganman. SSKA men uchun top-klub hisoblanadi, bu yerda baxtliman.

- SSKAning bir oila ekanligini ta’kidlashadi, shu rostmi?

- Menimcha, futbolda oila - balandparvoz, siyqasi chiqqan so‘z. Ammo SSKAda chindan ham uzoq yillar mobaynida iliq atmosfera hukm surmoqda. «Armiyachilar» maktabiga taalluqli har bir shaxs buni his etgan. Hattoki, jamoada yarim-bir yil to‘p surganlar ham unga o‘rganib qolishgan, yoqimli taassurotlardan bahra olishgan. SSKAda futbolchi o‘zini erkin sezib, yuqori saviyada to‘p surishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi ham shu. Bunday holatda jamoaning o‘yini ham o‘zgacha chiqadi. SSKAdan ketganlar orasida norozi bo‘lganlarni uchratmadim. Bizda har taraflama mukammallikka intilish kuzatilgan. Barcha bir-biriga qalban yaqin.

- Yangilangan jamoada SSKAning avvalgi sifatlaridan qaysi birini ko‘rishni xohlardingiz?

- Men uchun avvalo, barqarorlik bo‘lishi muhim. Seni chiroyli ko‘zlaring uchun yoqtirishlari mumkin. Ammo eng asosiyi - natija. Teatrga bordingmi, aktyorlarning chiroyli ijrosidan bahra olishni xohlaysan. Futbolda ham shunday. Muxlislar chipta xarid qilishadi va bizdan chiroyli o‘ynab, gollar urish talab etiladi. Shundagina stadiondagi tomoshabinlar soni ortadi, seni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rishadi.

Kelajagi haQida

- Butsalaringizni mixga iladigan holatni tasavvur qila olasizmi?

- Albatta. Ammo umid qilamanki, yana biroz muddat ishqibozlar va klub rahbariyatini o‘z o‘yinim bilan biroz «qiynayman». O‘zimni ham, albatta. Global rejalarim yo‘q. 5-10 yil keyin bo‘ladigan voqealarni bashorat qilish noto‘g‘ri. Faoliyatim yakuniga yaqinlashganda, qaysi tarmoqda ishlashni o‘ylab ko‘raman. Hozir murabbiy sifatida barcha jamoalar bilan sovrinlarga ega chiqish yoki biznes bilan shug‘ullanishni orzu qilmayapman. Keyingi to‘rt yillik uchun aniq maqsadim bor - qadrdon klubim manfaati yo‘lida maksimum kuchimni sarflash. Kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Milliy jamoadan

ketishi haQida

- Kuzda termadan ketishingizni e’lon qildingiz. Jahon chempionatidan keyin bir necha oy kutishingizning o‘ziga xos sababi bormi?

- Yozda ko‘plab yigitlar milliy jamoani tark etishdi. Ulardan keyin beshinchi bo‘lib bu haqda xabar berganimda, qiziqarsiz, noto‘g‘ri bo‘lardi. O‘z navbatida, menda ayrim shubhalar paydo bo‘ldi. Germaniyada o‘tkazilgan tekshiruvlar esa ushbu masalaga uzil-kesil nuqta qo‘ydi, yakuniy to‘xtamga keldim. 15 yil mobaynidagi o‘yinlar, yig‘inlar, mashg‘ulotlar - barchasiga barham berib, sog‘lig‘im haqida o‘ylashim kerak edi.

- Demak, bu yerda gap psixologik bosimda emas ekan-da?

- Xuddi shunday. Faoliyatim davomida ko‘plab ta’na-dashnomlar va boshqa noxush holatlar guvohiga aylandim. Ularning menga taalluqli yeri yo‘q. Gap faqat sog‘liqda. Butsalarimni mixga ilganimdan keyin ham oyoqlarim yordamida harakatlanishni xohlayman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:57, 19.12.2018. O'qildi: 1916 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.