Bugun 23 may, 2025 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2025 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2025 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Kalyari
      • 24.05.2025 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Monsa
  • La-liga
      • 24.05.2025 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Valensiya
      • 24.05.2025 19:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 24.05.2025 21:30
      • Leganes
      • -:-
      • Valyadolid
      • 24.05.2025 21:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Las-Palmas
      • 25.05.2025 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 25.05.2025 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 25.05.2025 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место в Бундеслиге.
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. On-line.
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место в Бундеслиге.
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Голевая неделя. РФ".
      18:40 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      20:40 Новости футбола.
      20:45 "Голевая неделя".
      21:15 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место в Бундеслиге.
      23:20 Новости футбола.
      23:25 LIVE Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место во 2-й Бундеслиге. Прямая трансляция.
      01:25 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      03:25 Евротур.
      04:05 Новости футбола.
      04:10 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место во 2-й Бундеслиге.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.05.2025

      05:35 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Maurie Plant Meet в Мельбурне, Австралия.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. Международный турнир в Красноярске, Россия. Кубок Ивана Ярыгина.
      09:30 "Парусный спорт".
      10:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:30 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway".
      12:50 Падел. Международный турнир в Москве. Финалы.
      15:35 "Непобедимый".
      16:05 Прыжки на батуте и акробатической дорожке. Чемпионат России в Сириусе. Команды.
      18:25 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
      20:35 "Лучшие из лучших".
      21:05 Борьба. Международный турнир в Красноярске, Россия. Кубок Ивана Ярыгина.
      22:40 "Лица страны". Алексей Тищенко.
      23:00 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway".
      01:10 "Непобедимый".
      01:40 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Эстафета 4х7,5 км.
      03:10 Прыжки на батуте и акробатической дорожке. Чемпионат России в Сириусе. Команды.
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 2 в Иокогаме, Япония. Мужчины.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 "Небесная грация".
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. 1/4 финала.
      14:35 "Лица страны". Татьяна Волосожар и Максим Траньков.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Евротур.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Трактор" (Челябинск) - "Локомотив" (Ярославль). 6-й матч. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. ONE FC.
      00:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway".
      01:55 Д/ф "Шмейхель".
      04:00 Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      07:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Бельско-Бяле, Польша. Мужчины. Даунхилл.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 12. Модена - Виадана.
      10:00 Теннис. "Ролан Гаррос" 2024. Женщины. Финал. Ига Швёнтек (Польша) - Жасмин Паолини (Италия).
      11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 12. Модена - Виадана.
      13:00 Теннис. "Ролан Гаррос" 2024. Женщины. Финал. Ига Швёнтек (Польша) - Жасмин Паолини (Италия).
      14:00 Велоспорт. U-23. Orlen Nations Grand Prix. Обзор.
      15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 12. Модена - Виадана.
      15:45 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 13. Ровиго - Виченца. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. Тур Бургоса в Испании. Этап 2. Обзор.
      21:45 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      23:00 Теннис. Australian Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Александр Зверев (Германия).
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 13. Ровиго - Виченца.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 13. Ровиго - Виченца.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maqola haqida maqola

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Terma jamoamiz Antaliya shahrida yana olti kun shug‘ullanadi. So‘ngra yangi yilni yurtimizda kutib olgach, OK janglarida qatnashish uchun Dubayga uchib ketishadi. Ular uchun ushbu kunlar juda muhim kunlardir. Har bir kuni qanday boshlanib, qanday o‘tib, qanday tugayapgani bizga qiziqarli. Terma bilan birga Xayrulla Hamidov ketgan ekan. Termaning ushbu kunlari haqida batafsil ma’lumotlar yozib yuborishiga ruxsat berishmagandir. Yo‘qsa, bizni soat sayin terma haqida yangi barra habarlar bilan ko‘mib tashlagan bo‘larmidi. Har bir ishqiboz uchun ushbu kunlar o‘zgacha hayajon bilan o‘tib bormoqda. Terma jamoada nima gap, nima so‘z? Faqat shu, (APL, yo La Liga, yo boshqasi o‘z yo‘liga), bizni faqat shu, faqat termamiz qiziqtirmoqda.

O‘LMAY TURIB TARIXDA QOLIB KETISH
Xayrulla Xoliqov “Lokomotiv”da matbuot kotibi bo‘lib ishlab yurganida ko‘pchilik uni fotomuxbir deb bilar edi. Klub saytini to‘ldiraman deb fotoapparatidan ajralmas edi-da. U bilan ko‘p marta uchrashib yurardim. Doim mening mushkulimni oson qilib yurardi. Futbolchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib berardi. Har bir matbuot anjumanini a’lo darajada o‘tkazardi. Uni 10 yildan beri taniman. Doim qayerdadir, qaysidir jamoaning matbuot kotibi bo‘lib ishlardi. Baxtiyor Shirinov shu yillar ichida faqat bitta klubda, Olmaliqda ishlab kelmoqda. Shu yillar davomida OTMKda beshta murabbiy almashgandir. Shirinov o‘sha yerda bir joyda ishlay beradi. Xoliqov esa mana shu yillarda beshta jamoani almashtirgandir, kim bilsin. O‘n yil oldin Shirinov o‘z maqolalari bilan “Chempion”da qatnashib turar edi. U o‘zbek futboli bo‘yicha statistikaning ustasi hisoblanardi. “Chempion” o‘tmishga cho‘kib ketgan tarix bo‘lib qoldi. U bilan birga ancha-muncha jurnalistlar jimib qoldi. O‘tmishda qoldi. Kim biladi deysiz, hozir ular qay bir saytda o‘z so‘zlari bilan istiqomat qilishayotgandir. Xoliqov esa, hech qayerda yozmas edi. Bunday qalamsiz, armon-alamsiz, orasta kotiblar talaygina.

Ushbu kunlari Xoliqov “Lokomotiv”dan bo‘shab ketgach, “FE”ning har bir sonida o‘z maqolalari bilan hammamizni quvontirib kelmoqda. Buni men undan hech kutmagan edim. Tuzukkina ijodkor ekan. “FE”ning sahifalari yana bir muallifning o‘ziga xos ovozi bilan boyidi. Bu quvonarli hol. Uning har bir yozgani mening e’tiborimda. Gazetaning har bir sonida uning ikki-uchtalab maqolalari bosilib chiqmoqda. Terma jamoamiz o‘yinlariga, Ektor Kuper faoliyatiga o‘z munosabatini doim bildirib kelmoqda. Unga havasim keladi; menda bunday minbar yo‘q. Yozganlarim vatandoshlarim uylariga, kutubxonalarga, kabinetlarga, o‘quv maskanlariga kirib bormaydi. Elektron sayt orbitasiga uchib ketadi.

G‘IJIMLANGAN OVOZ SOHIBI
Xoliqov “FE” gazetasining 100-sonida “Terma jamoamiz uchun hal qiluvchi palla” degan sarlavha ostida (6-7-betlar) maqola bilan chiqish qilibdi. Kuper termaga kelganidan beri Xoliqov u haqda bir xil pozisiyada turib yozmoqda. Birinchi yig‘indan keyin bu qanday gap, bu qanday ish, degandek himoyaviy futbol bizga kerak emas, deb yozdi. To‘psiz o‘ynash emas, to‘pni nazorat qilish biz uchun muhim deb yozdi. “To‘psiz va himoyaviy futbol bizga begona ekanini sentyabrdayoq ko‘rgandik. Lekin Kuper oktyabr va noyabrda ham bu uslubdan voz kechmadi” deb (“FE”, № 100. 7-bet) sahifani “aqlli” gaplari bilan to‘ldiribdi. Ajabo, Kuper Xoliqovning gapiga binoan noyabrdayoq o‘z futbol qarashidan “voz kechishi” kerak ekan-da. Bu qanday gap, bu qanday ish, degandek jurnalist Kuperdan noroziligini bildirgan. Ajablandim. O‘yinchi jami 10 daqiqa to‘p bilan o‘ynaydi. Undan ko‘p emas. Futbolchi 80 daqiqa nima qilsin? U to‘psiz o‘ynashi, to‘psiz to‘g‘ri harakat qilishi kerak bo‘ladi. Bizda ko‘pi bilan har bir kombinasiyada uchta o‘yinchi qatnashadi. Qolganlari oniy damda tomoshaxonlik qilayotgan bo‘lishadi. To‘g‘ri tashkil qilingan o‘yinda har bir vaziyatda kamida 6ta futbolchi qatnashishi kerak. Qolgan 4tasi ularni qo‘llashi kerak. Mazkur holat o‘zbek futbolining asosiy nuqsonidir. Xoliqov buni tushunmaydimi? Kuper uning aytganini qilsinmi?

Ikkinchi g‘alabali yig‘inimiz o‘yinlari uning tanqidiy gaplarini bo‘g‘ib qo‘ymadi. Uning so‘zamolligi hisob raqamlari bilan bog‘liq emas ekan. Raqamlar salbiy bo‘lsa, uning ovozi avjiga chiqadi. Ijobiy bo‘lsa-chi? Uning tanqidiy ovozi g‘ijimlanib, g‘alabalar tasodifiy deb, dalil qidirib, topib-topmay, pusayadi. Kuch to‘plasa kerak-da. Holatan o‘yinda kamchiliklar hali juda ko‘p edi. O‘yin haqida juda ko‘p yozish mumkin edi. U esa sababiyatni raqibdan qidirmoqda.

JADVAL TO‘QMOG‘I BILAN...
Uchinchi yig‘indan keyin uning “qo‘shig‘i“ avjiga chiqdi. Bu qanday gap, bu qanday ish degan mazmunda maqolalari qaynab toshdi. Turkiyadagi hal qiluvchi yig‘inimiz o‘tayotgan bir muhim davrda, bizning muallif gazetxonlar davrasiga kirib borar ekan, yana o‘sha, bu qanday gap, bu qanday ish degandek, maqola yozibdi. OK-2019dagi bizni kutyapgan bo‘lg‘usi o‘yinlarimiz Antaliyada o‘tayotgan yig‘inimiz tufayli mazmunli o‘tishiga ishonaman. Ular ijobiy raqamlarda yakunlanib Xoliqovning gap-so‘zlarini rad etib qo‘yishiga ishonaman. Termamiz karvoni oldinga qarab odimlashiga ishonaman. Bizning muallif, bu qanday gap, bu qanday ish, degan mazmunda maqolalar yozib orqada qolib keta beradi. Karvon o‘ta beradi.

Maqolani “Nega aynan Turkiyaga (ketdik)”, degan so‘zlar bilan boshlabdi. Muallif doim ommaviy fikrga tayanadi. Ommaga, hammaga ma’qul bo‘lgan maydondagi harakatlar, maydon tashidagi gap-so‘zlar uning uchun tushunarli, ishonarli, e’tiborli hisoblanadi. Ko‘pgina raqiblarimiz musobaqaga oxirgi tayyorgarlikni Qatarda o‘tkazayotgan bir paytda Xoliqov nima uchun Turkiyani tanladik deb, uni tanqid qilibdi. Bu bilan kimni nimada ayblayotganini bilmay qoldim. Dalil ma’nosida Qatarda kim kim bilan o‘ynashi haqida jadval tuzib chiqaribdi. Falastin, Iordaniya, Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Vyetnam, Hindiston termalari Qatarda kunora nazorat o‘yinini tashkil qilishini tanqidiga dalil qilib keltiribdi. Masalan, 23 dekabrda Qatar Iordaniya bilan o‘ynasa, 25 dekabrda Qatar qo‘shnimiz Qirg‘izistonni qabul qiladi. Ikki kun o‘tib 27 dekabrda Qatar Jazoir bilan o‘rtoqlashsa, 31 dekabrda Qatar Eronni qabul qiladi. Shunga o‘xshab barcha jamoalar o‘yinlari bir jadvalda jamlangan.

Muallif Kuperning qarorini tanqid qilar ekan, Qatar havosining harorati aynan Amirlikdagi harorat bilan bir xilligini pesh qilgan. Antaliyadagi harorat Dubaydan 10 gradusga farq qilishini eslatib, tanqidiga kuch qo‘shgan. Kuperning Antaliyada 15 kun mashg‘ulot o‘tkazib shu yerlik jamoa bilan faqat bitta o‘yinda maydonga chiqish qilishi muallifga yoqmagan. “Oxirgi yig‘in uchun Doha tanlansa, ma’qul bo‘larmidi... O‘rtoqlik uchrashuvlari borasida ham muammo yuzaga kelmasdi” deb, Kuperga maslahat bergan.

Xuddi shu gaplarni, shunday tanqidni Farrux ismli bir ishqiboz yigitdan eshitdim. Faqat u Kuperni yozib bo‘lmaydigan achchiq so‘zlar bilan “siylab” gapirdi. Farrux termamizga befarq emas. Saytga doim kiradi. Umuman gazeta o‘qimaydi. Demak, u Xoliqovning maqolasini o‘qimagan. Nima demoqchiman? Bizning muallif o‘z fikrini (agar unda fikr-mulohaza bor bo‘lsa) bayon qilmasdan omma gaplarini bizga yetkazar ekan-da. Ommabop, hammabob yozar ekan-da. Ommaning oldiga o‘tib yozmas ekan-da. Ommadan ajralib qolishni istamas ekanda. Omma ichida yo ortida yurar ekan-da. Ommaviy gapda fikr-mulohazaning adashib qolgan ushog‘i ham bo‘lmaydi. Shunday ekan men, muallif keltirgan faktlar bo‘yicha bir mulohaza yuritib boqay. Eshiting.

TAXMINLAR TAHLAMI
Masalan, Qatar termasini olamiz. Nima sababdan ular 10 kunda 4ta o‘yin o‘tkazishmoqda? Birinchi taxmin: Arablarning chempionati erta tugab, ularning sport formasi past darajada bo‘lganidan, ularning jismoniy holatini tiklab olish uchun, mushaklarni uyg‘otib olish uchun kun ora o‘yin o‘tkazishmoqda. Bu noto‘g‘ri gap. Biz-chi? Bizning o‘yinlarimiz yaqinda tugagan. Hech kimda forma yo‘qolmagan. Kun ora futbol o‘ynashga ehtiyoj yo‘q.

Ikkinchi taxminim quyidagicha. Arablarda tarkib o‘yinchilari yaqinda yig‘ilishgan. Bir-birlari bilan yaxshi chiqishib uzviy bog‘lamlikda o‘yin ko‘rsatishlari uchun turnirdan oldin to‘rtta uchrashuv o‘tkazishmoqda. Bu ham noto‘g‘ri gap. Bizga kelsak, futbolchilarimiz anchadan beri bir-birlarini yaqindan tanishadi, yaqindan his etishadi. Bir nafasda o‘ynay olishadi.

Uchinchi taxminim shunday: Qatar terma jamoasi har tomonlama mukammal tarkib bilan mukammal o‘yin ko‘rsatishga tayyor turishibdi. 4ta o‘yinda o‘yin tasviriga so‘ngi va oxirgi bo‘yoqlarini berib, guruhning birinchi to‘qnashuvidanoq g‘alaba qozonishni boshlab yuborishmoqchi. Bu gap haqiqatga yaqin.

Bizga kelsak, bizda mutlaq boshqa vazifa ko‘ndalang turibdi. Futbolchilarimiz o‘z o‘yin mahoratini 10 kunda 4ta nazorat o‘yini o‘tkazib bir pog‘ona baland darajaga ko‘tara olishmaydi. Kuper bu vazifani o‘rtaga qo‘ymayapti ham. Kuper yangi o‘yin tizimini yaratib olmoqda. Gap u yo bu taktika haqida emas. U bir oylik yo bir yillik o‘yinga emas, u uch yillik o‘yin darajasiga va natijasiga qarab intilmoqda. OK-2019 turnirining o‘yinlarida o‘sha manzil sari katta masofani bosib o‘tmoqchi. Kuper birinchi marta 20 kun jamoa bilan birga uzluksiz ishlamoqda. Va shuning uchun yangi o‘yin tasvirini tugal yaratib olmoqchi. O‘yinga pardoz ishlarini guruh va pley-off o‘yinlarida davom ettirmoqchi. Tur sayin o‘yinga o‘yin qo‘shmoqchi. Man uni shunday tushunaman. Ilohim, yigitlarimiz kamida 6ta o‘yinda tajriba orttirib qaytishsin.

Xoliqov gapida davom etib, tarkib haqida yangi xabarlar, ma’lumotlar keltirdi. Tarkib borasida hammaning o‘z fikri, o‘z gapi bor. Bu haqda gapirsak tong otmaydi. Sabringizni sinab nima qildim. Man nima demayin, Sizning o‘z fikringiz boshqacharoq bo‘ladi. Faqat bosh murabbiyning qarori so‘ngi haqiqat bo‘lib qola bersin. Shuni aytishim kerakki, yaqin 12 yildan beri hech bir murabbiy terma tarkibini shakllantirishda beg‘araz bo‘lmagan. Doim ko‘rpani qaysidir klub bo‘y-bastiiga tortar edi. Bu borada birinchi marta Bosh murabbiy beg‘araz bo‘lmoqda. Bu hol jamoa ruhiyatiga ijobiy ta’sir qilmoqda.

Hurmatli hamyurtim, sirtdan turib Xayrulla Xoliqov bilan bahslashib, termaga bo‘lgan e’tiboringizni bir oz olovlantirgan bo‘sam, lov-lov yondirgan bo‘lsam, yozaman deb chiranishlarim bekor ketmagan bo‘ladi. Terma jamoamiz besh kundan keyin yurtimizga qaytib kelishadi.

OK janglari boshlanishiga 11 kun qoldi.

Sizni, azizlarim, sog‘inib Hasanali-otangiz yozdim. 24.12.2018y.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:46, 24.12.2018. O'qildi: 5076 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 8
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Бунёдкор Luis Kachorri 5
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
6 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
7 Нефтчи Zoran Marushich 4
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 4
9 Қизилқум Alen Mashovich 3
10 ОКМК Ali Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.