Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

A’zamjon Aliyev: «Yangi format jamoamizga foydali bo‘ldi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Namanganning “Navbahor” klubi yakuniga yetgan mavsumda 14 yillik tanaffusdan keyin yana sovrindorlar safidan o‘rin olib, bronza medali sohibiga aylandi. Albatta, ushbu muvaffaqiyatda jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan yarim himoyachi A’zamjon Aliyevning ham munosib hissasi bor. Bu yilgi Superliga bahslarida Aliyev “lochinlar” ishtirokidagi barcha – 32ta  ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga assistentlik qildi. 

Biz yakunlangan mavsum borasida mahoratli xavbek bilan suhbat uyushtirib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat etdik.         

A’zamjon, yakunlangan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?

Umuman olganda, Superliga bahslari borasidagi fikrim ijobiy. Ammo shaxsiy fikrim bo‘yicha, ortda qolgan mavsum o‘rtacha kechdi.

Jamoangizning yakunlangan mavsumdagi o‘yinlaridan qoniqish hosil qildingizmi?

Ayrim xatolarni inobatga olmaganda, klubimizning yakunlangan mavsumdagi natijasidan qoniqish hosil qildim. Har holda, ko‘p yillik tanaffusdan keyin bronza medali sohibiga aylandik.

Siz Superliga bahslarida barcha 32ta uchrashuvda maydonga tushgan kam sonli futbolchilardan birisiz. “Navbahor”da esa bu borada yagonasiz. Bunga qanday erishdingiz?

Bu klubimiz murabbiylarining menga bildirgan ishonchlari hosilasi. Shu sababli ham, 32 ta bahsda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Menimcha, men ham o‘zimga bildirilgan ishonchni oqladim. Aks holda, bunday ijobiy natijani qayd etolmagan bo‘lardim.

A’zam Aliyev 4

Pepsi Superliganing bu yilgi formati borasida qanday fikrdasiz?

Yangi format jamoamiz uchun ancha foydali bo‘ldi. Boisi, ta’kidlaganimdek, 14 yillik tanaffusdan keyin 3-o‘rinni qo‘lga kiritdik. Bundan tashqari, Superliganing har bir bahsi kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar va “onlayn” teletranslyasiyalar borasidagi fikringiz?   

Albatta, Pepsi Superliga bahslarining televideniya orqali to‘g‘ridan –to‘g‘ri namoyish etilishi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi va futbolimiz rivoji uchun turtki berdi. Uchrashuvlarning muxlislarning bo‘sh vaqtlariga to‘g‘ri kelganligi esa yanada yaxshi bo‘ldi.  

Bu yilgi Superliga bahslarida jamoangiz uchun eng qiyin bahs sizningcha, qaysi o‘yin bo‘ldi?

30-tur doirasidagi o‘z maydonimizdagi “Bunyodkor” klubiga qarshi kechgan bahs biz uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Boisi, mazkur o‘yin bronza medali taqdirini hal qilardi. Shuning uchun o‘sha uchrashuvni 6 ochkolik o‘yin desa bo‘ladi. Xayriyatki, mazkur bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib,

3-o‘rinni deyarli naqd qildik.

Bu yil “Navbahor” safida ko‘plab xorijlik futbolchilar to‘p surishdi. Sizningcha, ulardan qaysi biri legioner nomini oqladi?

Xorijlik jamoadoshlarimning har biri o‘z imkoniyati darajasida to‘p surdi. Shuning uchun ularning o‘yinlari borasida biror fikr bildira olmayman.

“Navbahor”ning ayni paytdagi ustozi Andrey Kanchelskis boshqa mutaxassislardan mashg‘ulotlar olib borish, g‘alabaga ruhlantirish borasida qanday sifatlari bilan ajralib turadi?

Har bir murabbiyning o‘z uslubi bo‘ladi. Shular qatorida Andrey Antanasovich Kanchelskisning ham biz – futbolchilarni bo‘lajak o‘yinlarga o‘ziga xos tayyorlash uslubi bor. Uning ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratishini ta’kidlash joiz. 

“Navbahor” bu yil bronza medali sohibiga aylandi. Mazkur muvaffaqiyat sizningcha, qoniqarlimi yoki jamoa bundan ham yuqoriroq o‘rinni egallashga qodirmidi? Qodir bo‘lsa, sizningcha, buning uchun “Navbahor”ga nima yetishmadi?

Albatta, jamoamizda o‘tgan mavsumga qaraganda ancha o‘sish bo‘ldi. Chunki bu yil sovrinli o‘rinlar kurash olib bordik va yakunda va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdik. To‘g‘ri, bu ham ijobiy natija. Ammo bundan-da yaxshiroq natijani qo‘lga kiritishga ham qodir edik. Menimcha, buning uchun bizga biroz omad yetishmadi.

Sizningcha, klubingiz tarkibida kim bu yil yaxshi o‘yin namoyish etdi?

Jamoadoshlarimning har biri o‘z vazifasini sidqidildan bajardi. Barchamizning bir maqsad yo‘lida jipslashib, bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilganligimiz muvaffaqiyatimiz omili bo‘ldi.SHuning uchun jamoadoshlarimdan hech qaysinisini alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Ularning barchalari juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. 

“Navbahor”ning muvaffaqiyatida muxlislarning hissasi qanchalik ahamiyatga ega bo‘ldi?

Albatta, bronza medalini qo‘lga kiritishimizda muxlislarning ham munosib hissalari bor. Ishqibozlar jamoamizning har bir uchrashuvida bizni qo‘llab-quvvatlab, g‘alabalarimizga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Kelasi mavsumda ham “Navbahor”dagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

Nasib qilsa, davom ettiraman.

Ma’lumot uchun

A’zamjon Aliyev – 1991 yil 7 iyulda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

Futbol bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiyi: Nodirbek Xalilov.

Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan.

2010 yildan buyon “Navbahor”da.

Oilali, bir o‘g‘ilning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoasi: “Barselona”.

Havas qiladigan futbolchisi: Andres Inyesta.  

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 04:45, 25.12.2018. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик