Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ektor Kuper: «Terma jamoa uslubiga yangilik olib kiryapman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Intervyular
A A A

Taniqli sport jurnalisti Xayrulla Hamidov Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiy Ektor Kuper bilan suhbat uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi. Suhbatning videoshaklida O‘FAning telegramdagi rasmiy kanalida tanishib olishingiz mumkin. Biz esa e’tiboringizga intervyuning matn ko‘rinishini havola qilamiz.

— Janob Kuper. Turkiyadagi yig‘inga 27 nafar futbolchi taklif etilgan. Osiyo kubogiga yo‘l oladigan 23 futbolchini tanlab olishda nimalarga e’tibor qaratyapsiz?
— O‘zbekistonda mavsum yaqinda yakuniga yetdi. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli holatlarni inobatga olgan holda ko‘proq futbolchini Turkiyadagi yig‘inga olib kelgan edik. Avvalgi yig‘inlar orqali terma jamoa negizi shakllanib bo‘lgandi. Bu safar esa yanada ko‘proq futbolchilarga imkon berish orqali o‘yinchilar o‘rtasidagi raqobatni oshirishni ko‘zladik. Raqobat bor joyda ular o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilishadi. Natijada terma jamoaning ba’zi pozisiyalariga yangi futbolchilarni ham kashf qilishimiz mumkin.

Yig‘in haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, mashg‘ulotlarimiz a’lo darajada o‘tmoqda. Turkiyaga kelganimizdan keyin dastlabki 2-3 kunda Antaliyada kuchli yomg‘ir yog‘di. Shunga qaramay, biz mashg‘ulotlarni to‘xtatib qo‘ymadik.

— Terma jamoa safida Osiyo kubogiga yo‘l olmasligi aniq bo‘lgan futbolchilarni tanlab olishda asosan nimalar rol o‘ynadi?
— Turkiyaga 4 nafar darvozabonni olib kelgan bo‘lsak, hozirda ular o‘zlarining eng yaxshi formalarida. Faqatgina Eldor Suyunov jarohati tufayli bu yig‘inda ishtirok eta olmadi. Ivan Nagayev bizga bog‘liq bo‘lmagan sabab tufayli safdan chiqdi. U mashg‘ulot jarayonida jarohat oldi. Bundan afsusdaman.

Fozil Musayev yaqinda jarohatdan tiklanganiga qaramay, uni yig‘inga jalb qilgandik. U o‘z jamoasida endigina 1-2ta o‘yinlarda maydonga tushgandi. U O‘zbekiston terma jamoasi uchun foydali o‘yinchi ekanini bilganimiz uchun uning individual mahoratiga ishongan holda, hali o‘zining yuqori formasiga chiqib ulgurmagan bo‘lsa-da, Fozilni yig‘inga olib keldik.

— Muxlislar uzoq yillar davomida terma jamoa safida o‘ynagan futbolchilarni ko‘rib o‘rganib qolishgan. Shu bois, Vitaliy Denisov haqida so‘ramasam bo‘lmaydi. Uning Osiyo chempionatiga boradigan tarkibga kiritilmaganiga sabab nima: Eron bilan o‘yindagi xatolarmi, uning hozirgi formasi yaxshi emasmi yoki Vitaliyning o‘yin uslubi Kuperning falsafasiga to‘g‘ri kelmaydimi?
— Futbolchiga baho bergandi, biz uning bir nechta jihatlariga ahamiyat qaratamiz. Birinchi yig‘inda u ishtirok etdi. Undan keyin ham uning Rossiya chempionatidagi o‘yinlarini kuzatib bordim. Uning tarkibga kiritilmaganini asosiy sabab — uning hozirgi holatidir. Hozirda chap qanot himoyasida ixtiyorimizda ikki nafar juda yaxshi futbolchilar bor. Ular — Farrux Sayfiyev va Oleg Zoteev. Agar Denisovni chaqirganimdan ulardan biri Osiyo kubogidan chetda qolardi. Agar muxlislardan so‘rasak, kimdir Olegni tanlaydi, boshqa muxlis Sayfiyevni aytadi. Yakuniy qarorni esa murabbiy qabul qilishi kerak. Shuni ham ta’kidlashim lozimki, murabbiyning qarori hamisha to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Agar bu borada men xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsam, ayb faqat menda bo‘ladi. Bu bilan Vitaliyni terma jamoaga boshqa chaqirilmaydi, degan fikrdan yiroqman. Uni JCH saralash bosqichida O‘zbekiston milliy jamoasiga taklif qilishim mumkin. Hozirga bosqichda esa men e’tiborni Sayfiyev va Zoteevga qaratishga qaror qildim. Shuni aytishim mumkinki, futbolchilar terma jamoada o‘ynash uchun hamisha shay bo‘lishi, kerak bo‘lsa, o‘zidagi ba’zi narsalarni qurbon qilishga ham tayyor bo‘lishi kerak. Shundagina u terma jamoaga loyiq bo‘ladi.

— Hozirgi tarkibga qanday xususiyatga ega bo‘lgan futbolchi yetishmayapti?
— (kuladi). Agar bu savolga javob bersam, futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. Shuning uchun ixtiyorimda bor futbolchilardan kelib chiqib jamoani shakllantirishda davom etaman. Bir murabbiyning fikrini takrorlab o‘tmoqchiman: “Men uchun eng kuchli tarkib — hozirda qo‘lostimda o‘ynayotgan tarkibdir”. Men bu fikrga doimo amal qilib kelaman. Ixtiyorimda bor futbolchilardan foydalanib, doimo maksimal natijaga erishishga harakat qilaman.

— O‘zbekistonga kelishdan oldin 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi jamoamizning o‘yinini kuzatganingizni va ularning iqtidoriga ishongan holda yurtimizga kelganingizni eshitgandim. Mana keldingiz. Taxminlaringiz o‘zini oqladimi? Bu savol orqali shuni bilmoqchimanki, O‘zbekiston uchun avvaldan tuzil qo‘ygan strategiya asosida ishlayapsizmi yoki futbolchilarning holatidan kelib chiqib boshqa reja tuzishga to‘g‘ri keldimi?
— Olimpiya terma jamoasi hamisha kattalar jamoasiga eng yaqin terma hisoblanadi. Ha, 23 yoshli futbolchilarning o‘yinlarini ko‘rganman. Ular yaxshi saviyadagi futbolchilar. Avval ko‘rgan narsalarimdan hozir ham ko‘nglim to‘q. Ammo bitta muammo bor: olimpiya termasi safida o‘ynagan futbolchilarning milliy jamoaga moslashib ketishi qiyin kechyapti negadir. Boisi, bu ikki xil toifa. Ularni tushunaman. Futbolchi o‘zidan kattalar bilan birga o‘ynaganda, avvalgidek o‘zini ko‘rsata olmaydi. Jahon futbolida ba’zi istisnolar bor. 18-19 futbolchining o‘zining shaxsiy xususiyatlar evaziga kattalar orasida ham yo‘qolib qolmaydi.

Bundan tashqari, men O‘zbekistonning U19, U16 terma jamoalarini ham kuzatdim. U yerda ham milliy jamoada o‘ynab ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor. Ammo ular avvalo milliy terma jamoa futbolchilari bilan birga yashab, birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishi lozim. Shunda ular asosiy jamoaga tez moslashishadi. Shuningdek, ko‘pchilik o‘ylaydiki, o‘yinchi 30 yoshdan oshsa, undan voz kechish kerak. Ammo men doim bugungi kun bilan yashayman. Qaysidir futbolchi terma jamoa talabiga mos kelsa, u 35 yoshda bo‘lsa ham uni yig‘inga taklif qilaman.

— Endi o‘yin uslubiga murojaat qilmoqchiman. O‘zbekiston Osiyo kubogiga raqib tanlamaydigan o‘zining aniq o‘yin uslubi bilan ketyaptimi yoki raqiblarga qarab turib turlicha o‘yin uslubini qo‘llaysizmi?
— Avvalo, to‘rt oylik faoliyatimdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, bu davr men uchun o‘zbek futboli bilan tanishuv jarayoni bo‘ldi. Har bir mamlakatning o‘z urf-odatlari, o‘zining futbol falsafasi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, terma jamoada ba’zi yangiliklarni amalga oshiryapmiz. Bu joriy qilayotgan yangiliklarim futbolchilarga yoqayotgandek tasavvur uyg‘otyapti. Shu bois, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in davomida o‘zining yangi uslubiga ega bo‘lib boryapti. Osiyo kubogida bizning aniq o‘yin uslubimiz bo‘lishi kerak. Raqibdan kelib chiqib uslub tanlaydigan bo‘lsak, qisqa vaqt ichida biz ko‘p narsani o‘zgartira olmaymiz. Bu noto‘g‘ri hisoblanadi. To‘g‘ri, biz kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushganimizda ba’zi o‘zgarishlarni qilishimiz mumkin. Ammo uslubni tubdan o‘zgartira olmaymiz. Misrda ishlaganimda ham shunday qilganmiz. Nigeriya va Gana kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda o‘yin uslubimizga juz’iy o‘zgartirishlar kiritganmiz. Natijalarimizga qarab, biz kiritayotgan ba’zi o‘zgarishlar qanchalik samara keltirishini bilib olamiz. Hamma xato qilishi mumkin, jumladan, murabbiy ham xatolardan holi emas.

— Siz ham klubda, ham terma jamoada ishlagansiz. Siz uchun qaysi joyda ishlash qiyinroq?
— Terma jamoada ishlashning qiyin jihati men uchun shundan iboratki, unda ishlash uchun kam vaqt bo‘ladi. Misol uchun, klubda 1 oy davomida o‘rgatishim kerak bo‘lgan narsa terma jamoada 4-5 kun ichida o‘rgata bilishim kerak. Bu juda ham qiyin. Bundan tashqari, o‘yinchilar o‘z klubida boshqacha funksiyalarni bajarishga o‘rganib qolgan bo‘lishadi, terma jamoada esa men ulardan umuman boshqacha narsani talab qilishim mumkin. Ular milliy jamoa safida butunlay boshqacha o‘ynay olishlari kerak. Termada qisqa vaqt ichida ikki baravar ko‘p mehnat qilishimiz kerak bo‘ldi. Mehnat deganda men nafaqat jismoniy mashqlarni, balki aqliy tomondan ham ular ko‘proq ishlashlari lozim.

— Murabbiy sifatida sizga qaysi uslubga qarshi o‘ynash osonroq. Misol uchun: yuqori pressingga asoslangan Kloppning o‘yiniga qarshi, yoki Gvardiolaning “tiki-taka”siga o‘xshagan uslubga qarshi, yoxud qattiq himoyalanib, olis paslar bilan hujumga o‘tadigan Mourinyoning uslubiga qarshi?
— (kuladi). Qaysi uslubga qarshi o‘ynash osonroq degan savolga javob berish juda ham qiyin. Boisi, murabbiy hech bir uslubga past nazar bilan qaramasligi kerak. Masalan, “Manchester Siti” o‘zining so‘nggi o‘yinida 2:3 hisobida yutqazdi. Gvardiola esa o‘yindan keyingi matbuot anjumanida: “Raqib butun jamoa bo‘lib himoyalanib, barcha gollarni qarshi hujumda urdi”, — deb aytib o‘tdi. Demak, biz Gvardiola jamoasiga qarshi o‘ynaydigan bo‘lsak, biz ham qarshi hujumda o‘ynashimiz kerak. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, men kuchsizroq jamoalarni boshqarib, o‘zimizdan kuchli bo‘lgan jamoalarga qarshi o‘yinlarda to‘g‘ri taktika tanlash orqali ularni yutganmiz. Shuning uchun men uchun eng muhimi futbolchilarimning o‘ziga bo‘lgan ishonchi. Men hozir qanday taktika o‘ynashimiz mumkinligini aytmayman. Bu — sir. O‘yinchilar men talab qilayotgan narsani yurakdan to‘g‘riligini his qilib, 100 kuch bilan harakat qilishlari shart. Shundagina har qanday raqib, har qanday taktikaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin. Barcha murabbiyning o‘z falsafasi bor, barchani hurmat qilamiz, hech kimni kamsitmaymiz. Men qaysidir jamoani osonroq yutamiz desam, u raqib bizga qarshi syurpriz tanlab, bizni mag‘lub etib qo‘yishi mumkin. Bu murabbiyni yomon holatga tushirib qo‘yishi mumkin. Biz barcha raqiblarga qarshi birdek tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Ajoyib suhbat uchun rahmat. Keyingi suhbatni 2 fevral kuni — Osiyo chempioni bo‘lganimizdan keyin uyushtiramiz, degan umiddamiz.
— (kuladi). Rahmat.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 25.12.2018. O'qildi: 9838 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.