O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda hakamlikni rivojlantirish, hakamlar malakasini oshirish, ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida, muntazam ravishda hakamalarni attestasiyadan o‘tkazib kelmoqda.
Shunga ko‘ra, bugun 25 dekabr kuni Toshkent shahrida Respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan 30 nafardan ortiq yosh hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
Attestasiyada hakamlar jismoniy tayyorgarlik hamda futbol o‘yini qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Kunning birinchi qismida Toshkent shahridagi Yengil Atletika federasiyasi yugurish yo‘lakchasida yosh hakamlardan normativlar qabul qilindi. Kunning ikkinchi yarmida "Chig‘atoy" sport majmuasida hakamlar o‘yin qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishadi. Imtihonlar O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh hakamlar kelasi yilning yanvar oyida Pro-liga hakamlar uchun bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif etiladi.