Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lukas Podolski: «Bu turnir taraqqiyot kaliti...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Polshada tavallud topgan, lekin butun faoliyatini «Bavariya», «Arsenal», «Inter», «Galatasaroy» kabi klublar hamda Germaniya terma jamoasi tarkibida o‘tkazgan afsonaviy hujumchi Lukas Podolski yoshlar o‘rtasidagi JCH-2019ga kindik qoni to‘kilgan yurt mezbonlik qilishidan behad mamnun. Oxirgi mavsum Yaponiyada o‘ynagan faxriy goleador FIFA.com sayti muxbirlariga bergan intervyusida bo‘lajak kichik mundial Polsha iqtisodiyoti va futboli rivojiga sezilarli turtki bo‘lishiga umid bildirdi.

- Mana, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi JCH-2019 timsoli rasman namoyish etildi. Turnir startiga esa atigi 5 oy qoldi. Faoliyatingiz davomida Germaniya termasi sharafini himoya qilib, JCHda ikki bora sovrin yutgansiz - «bronza» va «oltin». Lekin Polshaga nisbatan mehr-ehtiromingiz o‘zgacha ekanligi barchaga ma’lum. Aytingchi, bu mamlakat muxlislari yangi yildan nimalarni kutishlari mumkin?

- Birinchidan, davlat va mahalliy futbol assosiasiyasi Polshaning barcha qadriyatlariyu, o‘ziga xos an’analarini keng doirada ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Mamlakat jadal rivojlanmoqda, keng va ravon yo‘llar, stadionlar barpo etildi, taomlari juda mazali. Shaxsan men qaysidir taomni alohida ko‘rsatolmayman, chunki bu borada tanlov juda keng. Ayniqsa, oyim pishirganlari bir-biridan mazali... To‘g‘ri, anchadan buyon Germaniyada yashayapmiz, ammo Polshada tug‘ilganimni hamisha yodda tutaman. Umuman, oilamizdagilar polyakcha taomlarni unutishmagan. Yana bir muhim tomoni, bo‘lajak futbol yulduzlari navbatdagi musobaqa bahona Polsha bilan yaqindan tanishib, ortga ijobiy taassurotlar bilan qaytishlari kerak. Chunonchi, kichik mundial ishtirokchilari ke-yinchalik «Real», «Barselona» yoki «Bavariya» kabi grandlar safida to‘p surishlari aniq. Ular o‘shanda chinakam faoliyatlari Polshada boshlanganini gapirib yurishadi. Bundan tashqari, turnir hamma yigitlar uchun tengi yo‘q yarmarka vazifasini o‘taydi. Axir yosh o‘yinchilar kuchli skautlar e’tiborida bo‘ladilar. Yaxshi taassurot shakllanishi mamlakatga sayyohlar oqimi kuchayishiga ham olib keladi. Mahalliy terma jamoa a’zolari esa vatan sharafini himoya qilishdan faxr va quvonch hissi tu-yish barobarida nufuzliroq chempionatlarga yo‘llanma olishlari mumkin. Zero, nomdor klublar vakillari bu kabi yirik musobaqalarni o‘ta sinchkovlik bilan kuzatadilar.

- Umuman, yoshlar doirasidagi musobaqalar futbolchi faoliyatida nechog‘li muhim ahamiyat kasb etadi?

- Qaysi yosh toifasi bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir JCH o‘z nomiga yarasha juda nufuzli sanaladi. Bunda futbolchilar eng sara raqiblar bilan kuch sinashadilar. Tushunarliki, shunday imkoniyatni pulga xarid qilishning iloji yo‘q. Demakki, har bir qatnashchi turnirdan maksimal darajada foydalanishga urinishi shart. Bir so‘z bilan ifoda etganda, JCH - misli yo‘q maktab. Buning qadriga yetish esa har kimning o‘ziga bog‘liq.

- Shunday, lekin shaxsan siz yoshlar miqyosidagi biror JCHda qatnashmagansiz. Bu borada qandaydir armon yo‘qmi? Deylik, ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanolmaganlik hissi qiynamayaptimi?

- Aslo. Agar faoliyatim davomida, xususan,  so‘nggi bosqichda jiddiyroq natijalarga erisholmaganimda, yoshlikda nimanidir boy berganimni tan olardim. Shukrki, ma’lum yutuqlarni tantana qildim. O‘zi o‘smirlik chog‘iyoq professional futbol ummoniga sakraganman. Xayriyatki, cho‘kib ketmadim (kuladi). Men uchun dastlabki yirik musobaqa - bu Portugaliya mezbonlik qilgan Yevro-2004. O‘shanda 19 yoshli yigitcha edim. Yana 2 yildan keyin Germaniya mundialida ishtirok etib, bronza medaliga ega chiqish barobarida turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi maqomini oldim. Faoliyatimning eng yorqin sahifasi esa 2014 yili Braziliya maydonlarida bitildi - jahon chempionati bosh sovrinini boshim uzra baland ko‘tardim. Futbolchi uchun bundan buyukroq baxt yo‘q! Har 4 yilda minglab o‘yinchilar shu nurli cho‘qqiga intiladilar. Biroq nufuzli sovrin atigi 23 nafar baxtiyor futbolchiga nasib etadi. Jahon kubogiga qo‘l tekkizishning o‘zi betakror hissiyotlarni uyg‘otadi. O‘zingiz o‘ylang, futbol olami ne-ne yulduzlarni, buyuk ijrochilarni ko‘rgan, ammo ulardan sanoqlilarigina nufuzli sovrin egasiga aylanishgan. Menga shunday  baxt nasib etdi, demakki, nimadandir nolishimga asos yo‘q. O‘z navbatida, Polsha-2019 turniri qatnashchilariga omad tilayman. Umidvormanki, musobaqa ko‘plab yigitlar uchun ulkan muvaffaqiyatlar debochasi bo‘ladi.

- Ayni faoliyatingizga qanday baho berasiz? Yaponiyadagi hayotingiz haqida ham gapirib bersangiz...

- Garchi Yevropadan tashqarida birinchi marta yashayotgan bo‘lsamda, hammasi joyida, hech qanday muammo yo‘q. Boshqa tomondan qarasak, musofirlik men uchun yangilik emas: klublar va Germaniya termasi safida butun dunyoni kezib chiqdim. Qachondir o‘zimga umrimdan mamnunligim, turli yurtlar va madaniyatlar bilan tanishganim xususida hisobot ham berarman. Zero, Polsha va Germaniyadan tashqari, Angliya, Italiya, Turkiya hamda Yaponiya bilan yaqindan tanishdim. Balki kelajakda yanada qiziqarli sayohatlar kutib turgandir...

- Hozirgi hayotingiz aynan qaysi jihati bilan farqlanmoqda, Yevropa turmush tarzining nimasi yetishmayapti?

- Aslida Yevropaning ichida ham qandaydir o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, Polsha va Germaniya o‘rtasida. Qolaversa, Yaponiya o‘zga sayyoradagi davlat emas. Shunday ekan, ularni qiyoslashda ma’no yo‘q. Umuman, yapon xalqi xushmuomala xalq, hayot yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, osuda va xotirjam yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Misol uchun, men yashayotgan Kobe shahrida 1,5 milliondan ko‘proq aholi bor. Xullas, hammasi zo‘r.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:12, 26.12.2018. O'qildi: 2253 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.