Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MOQ eng yaxshilarni aniqladi. Nomzodlarni tanlashda qaysi mezonlarga asoslanilgan?

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

28 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosimda bir necha nominasiyalar bo‘yicha mukofot sohiblari aniqlandi.

Barcha mukofot sovrindorlariga hurmat saqlagan holda aytish lozimki, aslida tadbir davomida aniqlangan nominasiyalarga mukofot sohiblaridan ko‘ra munosibroq nomzodlar ham mavjud edi.

Hammasini bir chekkadan boshlaymiz. O‘zbekistonda eng yaxshi jamoaviy sport turi, bu – futbol. Dunyoning qaysidir chekkasida sportning bu turiga voleybol, basketbol, xokkey yoki regbi munosib raqobat tug‘dirsa-da, O‘zbekistonda uning yaqiniga yo‘laydigan boshqa yo‘nalishning o‘zi yo‘q. O‘tgan yillarda futzal qaysidir ma’noda bunga erishay degan paytda bir nimalar bo‘ldi-yu, bu sport turining butun tizimi ostin-ustin bo‘lib ketdi. Shunday ekan, dastlabki nominasiya uchun O‘zbekiston U-23dan ko‘ra munosibroq nomzodning o‘z yo‘q edi. Boshqacha aytganda, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa yagona nomzod edi, deyishimiz ham mumkin.

Yilning eng yaxshi innovasion va intellektual federasiyasi nominasiyasi borasida ham shunga o‘xshash fikr bildirish mumkin. Sababi, O‘zbekistonda intelektual kuch talab qiluvchi sport turlaridan faqatgina shaxmat ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, kibersport federasiyasi ham alohida federasiya sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

Ammo u, birinchidan, olimpiya sporti turlariga kiritilmagan, ikkinchidan kiritilgan taqdirda ham, bu sport turining O‘zbekiston sharoitida shaxmat bilan raqobatlasha olishi qiyin masala. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, "Yilning eng yaxshi innovasion va intellektual federasiyasi" nominasiyasi uchun shaxmat federasiyasidan boshqa nomzod yo‘q edi va bu mukofot bilan ularni ham tabriklab qolamiz.

Tadbir davomida nominasiyalarga qaysi ko‘rsatkichlar asosida g‘oliblar saralab olinganidan bexabarmiz. Ammo yilning eng faol federasiyasi sifatida kurash federasiyasining tanlanishi kishini biroz o‘ylantirdi. Agar bu mukofot sport turlarida erishilgan yutuqlar bo‘yicha hisoblanganda, ko‘plab yo‘nalishlarni kurashchilar bilan solishtirish mumkin. O‘zbekiston kurash federasiyasining Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan medallari va federasiya tomonidan O‘zbekiston sport majmuasida tashkil etgan xalqaro turnirni hisobga olmaganda, yil davomida qandaydir faolligi ko‘zga tashlanganicha yo‘q.

Umuman olganda, Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallarning ko‘pligi Osiyoda o‘zbek kurashchilariga raqobat tug‘dira oladigan sportchilarning kam ekanligi bilan bog‘liq. Ushbu sport turida Eron, Qozog‘iston, Turkmaniston va shu kabi etnik va tarixiy jihatdan o‘zbeklarga yaqin mamlakat vakillarini hisobga olmaganda, boshqa davlatlarda hali bu yo‘nalish u qadar rivojlanmagan. Bundan tashqari, o‘tgan butun 2018 yil faqat Osiyo o‘yinlari bilan o‘lchanmaydi. Olaylik, yutuqlar borasida shaxmatchilar kurashchilardan qolishgani yo‘q.

Gresiyaning Saloniki shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko to‘plagan holda musobaqaning bronza medali, Nodirbek Yoqubboyev esa 7 ochko to‘plagan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Eronning Hamadon shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha "Osiyo millatlar kubogi-2018" musobaqasida O‘zbekiston shaxmatchilari 9 ta medalga sazovor bo‘ldi.

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Turkiyaning Ko‘nyo shahridagi o‘smirlar shaxmat olimpiadasida chempion bo‘lishdi. Yaqinda o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov Sankt-Peterburgda shaxmat toji egasi Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi. Agar faollik g‘alabalar bilan o‘lchanganda, shaxmatchilar kurashchilardan ko‘ra ko‘proq va nufuzliroq yutuqlarga erishishdi.

Bu kabi misollarni og‘ir atletikachilar yoki bokschilar misolida ham keltirish mumkin. Agar federasiyalar tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro turnirlarga qaralgan taqdirda, qilichbozlik federasiyasi tomonidan ketma-ket 2 ta yirik turnir: Satellit xalqaro turniri va o‘smir qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogi Toshkent mezbonligida o‘tkazildi.

Bu, albatta, kurash federasiyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan xalqaro turnirdan ko‘ra muhimroq va ahamiyatli. Bundan tashqari, dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran prisi ham Toshkentda o‘tkazildi. Bu musobaqa Tokio olimpiadasi uchun muhim reyting ballarini taqdim etadi. Bu darajadagi musobaqalarni yana boshqa sport turlaridan ham sanash mumkin.

O‘zbek sportining eng yaxshi sport homiysi nominasiyasi borasida bahslashish mushkul. Chunki O‘zbekiston temir yo‘llari aksionerlik kompaniyasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar va MOQ yoki sportchilarga ko‘rsatilgan homiylik yordamlarining aniq miqdori bizga qorong‘i. Shuningdek, hududlarda sportni rivojlantirishda Andijon viloyati ajralib turdi.

Harqalay, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov, Ruslan Nuriddinov kabi sportchilar aynan Andijon viloyati vakillari hisoblanishadi. Bu masalada ham ortiqcha bahslashishga o‘rin yo‘q. Oksana Chusovitina ham xalqaro maydonda o‘zbek sportini targ‘ib qilishda joriy yilda sezilarli natijalarni ko‘rsatdi. Xususan, 43 yoshida Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘ldi, Dohada o‘tkazilgan Jahon chempionatida final bosqichiga yetib bordi.

Gimnastikada yoshning o‘sib borishi bilan kishida elastiklikning yo‘qolib borishini hisobga olgan holda, bu haqiqatda uning uchun yuksak natija. Bundan tashqari, qaysi musobaqada ishtirok etishidan qat’i nazar, dunyoning yirik nashrlari u haqda hech bo‘lmaganda, bitta maqola chop etdi. Bu maqolalar ham o‘zbek sporti uchun qaysidir ma’noda tekin reklama vazifasini bajarib berdi.

To‘g‘ri, Denis Istomin tennis bo‘yicha O‘zbekistonga Tokio olimpiadasi uchun ilk lisenziyani taqdim etdi, Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha 2010 yilda o‘zi o‘rnatgan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Biroq natijalar salmog‘i baribir Chusovitinada balandroq bo‘ldi.

Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi sifatida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev taqdirlandi. Tan olish lozim, O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati o‘zining faolligi bo‘yicha O‘zbekistonning ancha-muncha matbuot xizmatlarini ortda qoldiradi.

Bu faollikning bosh tashkilotchisi ham aynan Imomxo‘jayev ekanligiga shak-shubha yo‘q. Ammo biror mavzuni batafsil yoritish va uni targ‘ib qilish, bu – alohida tushuncha. Shu nuqtai nazarda kelib chiqqan holda, bu yo‘nalishda ham chuqurroq o‘ylab ko‘rish o‘rinliroq bo‘lardi.

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi nominasiyasiga esa 2018 yilda Roza Qo‘ziyevadan ko‘ra munosibroq nomzod yo‘q edi. Xususan, o‘zbekistonlik pauerliftingchi avvaliga Yaponiyaning Kitakyushu shahrida o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya chempionatida, keyinchalik Indoneziyada o‘tgan Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qolgan nomzodlar – Feruz Saidov va Roziyaxon Ergashevalarga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, uchala nomzod orasida 2018 yil Roza Qo‘ziyeva uchun omadliroq keldi.

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti nima uchun Marina Yakubovaga topshirilgani ham biroz tushunarsiz bo‘ldi. Vaholanki, yil davomida o‘zbek sportida undan ko‘ra kuchliroq pozisiyaga ega va sportdagi masalalarga undan ko‘ra chuqurroq yondashgan sport jurnalistlari ancha ko‘p edi. Ularni nomma-nom sanashdan yiroqmiz.

Biroq fakt shuki, 2018 yilda Marina Yakubovadan ko‘ra o‘zbek sporti uchun ko‘proq qayg‘urgan jurnalistlar ancha edi. "Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun"  va "Yilning eng yaxshi ijtimoiy loyihasi" nominasiyalari  "Uzreport" va “Sport” telekanallariga topshirilishini shunchaki minnatdorchilik o‘rnida qabul qilish mumkin. Ammo 2018 yilning kashfiyoti haqiqatda, Akbar Jo‘rayev bo‘ldi.

Yosh og‘ir atletikachi Toshkentda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kumush, Buenos Ayresdagi o‘smirlar olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik Ashxobod mezbonligida o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ikki yo‘nalishda jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi. Bu esa uning yil kashfiyoti bo‘lishi uchun yetarli asos. 

Yilning eng yosh va istiqbolli sportchisi nominasiyasida ham ba’zi savolli o‘rinlar mavjud. Aniqrog‘i, nominasiya talabgorlari orasida og‘ir atletikachi Kumushxon Fayzullayeva bokschi Abdumalik Xalakov bilan deyarli teng, hatto yuqoriroq ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Xalakov yil davomida Osiyo va olimpiada chempioni bo‘ldi.

Bir necha xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va aytish mumkinki, yil davomida o‘zining yuqori potensialini barchaga namoyish etib bo‘ldi. Ammo Kumushxon Fayzullayeva ham Argentina poytaxtidan oltin medal bilan qaytdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchiga aylandi. Mana shu o‘rinda Fayzullayevaning yil davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari salmog‘i bokschiga nisbatan balandroq bo‘ldi, deyish mumkin. 

Yilning eng yaxshi murabbiyi va yilning eng yaxshi ayol sportchisi nominasiyalari borasida ham MOQ fikrini qo‘llab-quvvatlash mumkin. Har ikki yo‘nalishda ham mukofot munosib egalariga topshirildi. Xususan, boks bo‘yicha terma jamoa o‘zi ishtirok etgan har qanday musobaqada albatta medallarni qo‘lga kiritib qaytdi.

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishdagi seleksiya ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ham o‘zining samarasini berib kelayapti. Bu borada esa Marat Qurbonovning xizmatlarini hech kim inkor eta olmaydi. Radzivil esa Osiyo o‘yinlari o‘zining 8 yillik rekordini yangiladi. Bu esa sportchi uchun haqiqatda yuksak natija. 

Bu masalada Bekzod Abdurahmonov uchun ham 2018 yil muvaffaqiyatli keldi, deyish mumkin. Ba’zi muxlislar ushbu mukofotga Isroil Madrimov nomzodini loyiq deb hisoblashlari mumkin.

Biroq shuni unutmaslik lozimki, Osiyo o‘yinlarida Madrimovning bayroqdor bo‘lganini hisobga olmaganda, har ikkala sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgan oltinlarning qiymati bir xil. Bundan tashqari, 2020 yilgi Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi uchun Madrimovning ilk professional jangida qo‘lga kiritgan kamaridan ko‘ra, Abdurahmonovning Jahon chempionatidagi bronza medali ahamiyatlikroq. 

Shu bilan birgalikda, “Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun” nominasiyasining yo‘lga qo‘yilganini ham olqishlash mumkin. Chunki sportda katta avlod vakillarini qadrlash, ularning mamlakat sporti oldidagi mehnatlarini e’tirof etish juda yaxshi tashabbus. Bundan tashqari, Rufat Risqiyevning o‘zbek boksi tarixidagi o‘rni haqida ortiqcha gapirish ham o‘rinsiz.

Bahodir Hasanov

Manba: Turon24
Kiritildi: 11:54, 02.01.2019. O'qildi: 3090 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.