Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yana sodiqlik sindromi haqida...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolchilik faoliyatini faqat bir jamoada o‘tkazgan charm to‘p ustalari kamdan-kam topiladi. Ayniqsa, transferlar bozoridagi ishlar avjiga chiqqan paytda ham o‘z jamoasiga sodiq qolib, barchaga o‘rnak bo‘ladiganlarning bu qarorlari tahsinga sazovor, albatta.

Xo‘sh, millionlar o‘yini olamida qaysi futbolchilarni bunday e’tirofga munosib deb hisoblay olamiz? Quyida shu mavzuga to‘xtalib o‘tamiz.

LEV YASHIN («Dinamo» Moskva,1950-1971). Diqqatimiz markazida - «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon. Lev Yashin XX asr o‘rtalarida ajoyib o‘yinlari bilan birga, butun faoliyatini bir jamoaga bag‘ishladi. Hattoki, 1963 yili «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, mashhur jamoalardan ajoyib takliflar kelib tushganida ham, Yashin xotirjamlik bilan o‘z «Dinamo»siga sodiqligini namoyish etib, faoliyatini davom ettiraverdi. Albatta, uning bunday o‘yin va sadoqatini hech kim unutgan emas. Hozirda FIFA tomonidan darvozabonlar uchun ta’sis etilgan «The Best» mukofoti aynan Lev Yashin nomi bilan ataladi.

RIKARDO BOCHINI («Independente»,1972-1991). Aksariyat muxlislar sobiq futbolchini tanimasliklari mumkin. Lekin ikkita sabab bilan uning qanday shaxs ekanligini bilib olsa bo‘ladi: Meksika-86 chempioni va eng asosiysi, «Independete» jamoasining sodiq a’zosi. Klub libosida salkam 20 yil to‘p surgan yarim himoyachi 740ta uchrashuvda 107 bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Klub miqyosida muvaffaqiyatga erishgan futbolchi terma jamoada Maradona bilan birga to‘p surib, jahonni ham zabt etdi. Bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘targanidan so‘ng xalqaro faoliyatini yakunlagan Rikardo o‘zining sodiq jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

FRANKO BAREZI («Milan», 1977-1997). «Milan» sharafini 20 yil himoya qilgan Barezi jamoasi bilan barcha sovrinlarga ega chiqqan. Himoyachi «rossoneri»ga sodiq qolgan holda, barchaga ibrat bo‘ldi, klubga har tomonlama yordam berishga intildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 80-90 yillari, «qizil-qoralar»ning eng gullagan davrida u ham ishonchli o‘yinlari bilan jamoasi yutuqlariga munosib hissa qo‘shdi. Faoliyatining so‘nggi yillarida «Barselona» ustidan Chempionlar Ligasi finalida qozonilgan g‘alaba sobiq «milanchi»ning karyerasiga ajoyib tarzda yakun yasadi, deyish mumkin.

PAOLO MALDINI («Milan», 1985-2009). Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchisi, Italiya termasi va «Milan» klubi afsonasi. Maldini 24 yil davomida «rossoneri» uchun borini berdi. Jamoa bilan yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lgan sobiq himoyachidan hozirgi yosh futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishsa arziydi. Maydon ichida va tashqarisida doim jamoadoshlarini olg‘a yetaklagan Maldinining xizmatlarini «Milan» ham unutgani yo‘q: u to‘p surgan 3-raqami futbolchining hurmati uchun jamoaning boshqa hech qaysi a’zosiga berilmaydi. Hozirda ham Paolo sobiq jamoasi bilan birga. U «Milan» sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

RAYAN GIGGZ («Manchester Yunayted», 1990-2014). Uels terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyini barcha futbol muxlislari yaxshi tanishadi. U ham Maldini singari bir joyda 24 yil to‘p surib, «Yunayted» muxlislarining suyuklisiga aylandi. Giggzni hozir ham Manchesterda hurmat qilishadi. U jamoada Aleks Fergyuson tomonidan shakllantirilgan tarkibning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylangandi. Ayniqsa, maydonning ikkinchi yarmida ajoyib hujumlar tashkil etardi. «Manchester Yunayted»ning avvalgi yutuqlarida hissasi katta bo‘lgan sobiq yarim himoyachi kelajakda yana jamoasiga qaytishi mumkin - bu safar bosh murabbiy sifatida. Yaqinda Joze Mourinyoning iste’fosidan so‘ng «MYU»ning yangi ustozi sifatida Ole-Gunnar Sulsher tanishtirildi. Vaholanki, bosh murabbiylikka nomzodlar orasida Giggzning ham nomi keltirilgandi.

POL SKOULZ («Manchester Yunayted», 1993-2013). «Qizil iblislar»ning «sariq iblisi» ham 20 yil davomida «Old Trafford» mezboni sifatida maydonda to‘p surdi. Uning ham nomini klub tarixiga yozib qo‘yishgan. Skoulz shunday o‘yin namoyish etardiki, tezlik bilan chiqargan qarorlari raqiblarini shoshirib qo‘yardi. Bu o‘rinda kuchli zarbalari bilan urgan chiroyli va muhim gollarini eslash kifoya. Haqiqatan ham, sobiq yarim himoyachi mankunianliklar safida to‘p surganda o‘rni ancha salmoqli edi. Hozirda esa jamoaga aynan Skoulzga o‘xshagan futbolchilar yetishmayotgandek ko‘rinmoqda. Kelgusida u ham yana sobiq va sodiq jamoasiga qaytib, tajribalari bilan jamoasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘sha olar?! Agar bu jarayon amalga oshsa, «MYU» muxlislariga haqiqiy sovg‘a bo‘lardi.

JEYMI KARRAGER («Liverpul», 1996-2013). Ushbu futbolchi «Liverpul» safida ajoyib o‘yinlari bilan birga, jamoaga sadoqatini ham namoyish etib, hurmat qozongan. «Qizillar» safida 17 mavsum to‘p surgan angliyalik sobiq futbolchi garchi bu klubda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lsada, muhim bahslarda jamoasi joniga oro kirardi. Oddiy misol, Istanbuldagi mashhur YECHL finalini eslash mumkin. O‘shanda Stivi Ji bilan yonma-yon turgan Karrager «Liverpul»ning beshinchi marta Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqishiga munosib hissa qo‘shgandi. Umuman, Jeymi hozir ham futbol havosidan bahramand bo‘lmoqda: sobiq futbolchi sharhlovchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

KARLES PUYOL («BARSELONA», 1999-2014). Ispaniyalik Yevropa va jahon chempioni Kataloniya superklubida 15 yil davomida muqim to‘p surdi. Shu vaqt oralig‘ida himoyachini boshqa grand jamoalar o‘z saflarida ko‘rishni istadilar. Hattoki, ro‘yxatda azaliy raqib - «Real Madrid»ning borligi ham Puyolning qanday o‘yinchi ekanligini anglatib turibdi. Lekin sadoqat ruhida boshqalarga o‘rnak futbolchi jamosini o‘zgartirmadi, ajoyib o‘yinlari bilan «Barsa» muxlislarining suyuklisiga aylandi. Jamoaning haqiqiy yetakchisi va sardori (2004 yildan) «Barselona» bilan barcha turnirlarda g‘olib chiqqanidan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» safini tark etdi. U klubdagi faoliyatini davom ettirsa ham bo‘lardi, lekin yosh futbolchilarga yo‘l ochib berdi. Bu holat ham uning jamoani qanchalik yaxshi ko‘rishini yana bir bor isbotladi. Barakalla, Karles!

FRANCHESKO TOTTI («Roma», 1992-2017). Ha, jamoasiga sodiqlik borasida italiyalik futbolchilariga havas qilsa arziydi. Tottini ham shular qatoriga bemalol qo‘sha olamiz. «Imperator» o‘zining butun faoliyatini «Roma»ga bag‘ishladi. O‘z nomini klub tarixiga yozib qo‘ygan futbolchi har qanday sharoitda ham hurmat va sadoqatini namoyish qilib, «Roma» bilan faqat oldinga qarab intildi. To‘g‘ri, erishgan natijalari u qadar maqtashga arzimasdir, ammo bu uning uchun unchalik ahamiyatga ega emas. Asosiysi, doimo jamoasi uchun kerakli futbolchi bo‘lganligi tahsinga sazovor. Boz ustiga, ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozona oldi. Xayrlashuv uchrashuvida stadionga yig‘ilgan muxlislar Tottini ko‘rib, ko‘zlaridagi yoshlarini tiya olmadilar. Bu jihat ham uning qanday futbolchi bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Hozirda Totti sobiq jamoasi bilan birga - «Roma» klubi sport direktori lavozimi aynan unga tegishli.

A.VALIYEV tayyorladi 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:49, 02.01.2019. O'qildi: 3529 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.