Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

PFL legionerlar bo‘yicha talablarni kuchaytirish oldidan muxlislar fikrini bilmoqchi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oldinroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum ichki chempionatda raqobatni yanada kuchaytirish uchun reglamentning bir qator bandlariga o‘zgartirish kiritdi.

Unga ko‘ra, 2019 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga “A” uchun legioner futbolchilar limiti 4+1 bo‘ladi. Pro-liga “B” jamoalari esa 2+1 ko‘rinishida legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Shuni qayd etish joizki, shu paytga qadar milliy chempionatimizga klublar ko‘p hollarda saviyasi u qadar yuqori bo‘lmagan xorijlik futbolchilarni olib kelishgan. Agar chetdan keladigan futbolchi mahalliy o‘yinchilardan hech bo‘lmaganda “bir kalla” ustun bo‘lmasa, mahalliy futbolchilar o‘sha legionerdan nimadir o‘rganmasa, legionerlar uchun limitni shunchaki ko‘zbo‘yamachilik uchun to‘ldirishdan nima naf.

Milliy chempionatimizda raqobatni kuchaytirishga intilayotgan Professional futbol ligasi kelayotgan mavsumdan boshlab legionerlar saviyasi masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Klublar rahbarlari bilan bo‘lgan yig‘ilish davomida ham ularning bu boradagi fikrlari va takliflari so‘ralgan edi. Biroq hech bir klub bu borada aniq taklif bilan chiqmadi.

Professional futbol ligasi ishchi-guruhi yangi mavsumdan boshlab legionerlar uchun qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqdi. Mazkur talablar amalga oshirilishidan oldin futbolimiz jamoatchiligi va muxlislarning fikrini bilishni lozim, deya hisoblaymiz. 

Xo‘sh, sizningcha quyidagi talablar amalga tadbiq etilsa, klublar bundan buyon xorijdan saviyaliroq legionerlar bilan shartnoma imzolaydimi?

2019 yilgi mavsumdan boshlab klublar shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan legioner quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim: 

UYEFA

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki sakkiz pog‘onada borayotgan mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki sakkiz pog‘onada borayotgan mamlakatlarning ikkinchi raqamli divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki o‘n besh pog‘onada borayotgan mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki o‘n ikki pog‘onada borayotgan mamlakatlarning ikkinchi raqamli divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki yigirma pog‘onada borayotgan mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning hech bo‘lmaganda 60 daqiqasida to‘p surgan  30 yoshdan oshmagan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida dastlabki o‘ttiz pog‘onada borayotgan mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi hamda so‘nggi mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liga doirasidagi kamida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida ko‘rsatilgan mamlakatlar milliy terma jamoasining 2018 yilgi mavsumdagi kamida 5 ta uchrashuvida 60 daqiqadan ko‘proq o‘ynagan hamda 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

UYEFA assosiasiyalari klub reytingida ko‘rsatilgan dastlabki sakkiz mamlakat milliy terma jamoasi safida kamida 40 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 35 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchi;

UYEFA tasnifidagi U19 va undan yuqori bo‘lgan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqalarda dastlabki to‘rt o‘rinni qo‘lga kiritgan mamlakat termasi safida bo‘lgan hamda o‘sha musobaqadagi o‘yinlarning teng yarmida maydonga tushgan 23 yoshdan oshmagan futbolchi;

OFK

OFK assosiasiyalari klub reytingida dastlabki yetti pog‘onada borayotgan mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi klub safida so‘nggi chempionat o‘yinlarining yarmidan ko‘pida maydonga tushgan va 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

OFK reytingida dastlabki yetti pog‘onada borayotgan mamlakatlar milliy terma jamoasi safida kamida 15 ta uchrashuvni asosiy tarkibda o‘tkazgan va shu o‘yinlarda 60 daqiqadan ko‘proq o‘ynagan futbolchi;   

OFK reytingida qayd etilgan mamlakatlar milliy terma jamoasi safida kamida 20 ta uchrashuvni asosiy tarkibda o‘tkazgan va shu o‘yinlarda 60 daqiqadan ko‘proq o‘ynagan, 2018 yil davomida esa terma sharafini kamida 3 ta o‘yinda himoya qilgan 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

AMERIKA

Braziliya, Argentina, Urugvay, Paragvay, Chili, Kolumbiya, Meksika va AQSH kabi mamlakatlar yuqori divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi;

Braziliya, Argentina, Urugvay, Paragvay, Chili, Kolumbiya va Meksika kabi mamlakatlarning ikkinchi raqamli divizionida ishtirok etuvchi klub ro‘yxatidan o‘tgan va shu liganing so‘nggi mavsumi doirasidagi kamida 10 ta uchrashuvni 60 daqiqadan ko‘proq o‘tkazgan 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

Meksika hamda CONMEBOL’ga tegishli bo‘lgan 10 ta mamlakat milliy va olimpiya terma jamoalari safida o‘ynagan 35 yoshdan oshmagan futbolchi;

Meksika hamda CONMEBOL’ga tegishli bo‘lgan 10 ta mamlakat yoshlar yoki o‘smirlar terma jamoasi safida qit’a yoki Jahon chempionatida ishtirok etgan 32 yoshdan oshmagan futbolchi;

CONMEBOL va CONCACAF milliy terma jamoalari safida 2018 yilgi mavsum davomida kamida 3 ta rasmiy uchrashuvni 60 daqiqadan ko‘proq o‘tkazgan 30 yoshdan oshmagan futbolchi;

AFRIKA

Afrika qit’asi milliy terma jamoasi safida 2018 yilgi mavsum davomida kamida 3 ta uchrashuvni 60 daqiqadan ko‘proq vaqtida o‘ynagan futbolchi.  

Nima deb o‘ylaysiz, klublarimiz o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan legionerga talablar kuchaytirilishi yaxshimi? 

PFL rasmiy sayti va Telegramdagi rasmiy kanalida ovoz berishingiz mumkin: Ovoz berish  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:44, 08.01.2019. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик