Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rasman! OTJga chet ellik murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Olimpiya terma jamoasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lgan Lyubinko Drulovich bilan muzokaralar olib borayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.   Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov hamda serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda Drulovich bilan 1 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Agar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, shartnoma muddati Olimpiada yakuniga qadar uzaytiriladi.   "O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Umid qilib qolamizki, Siz boshchiligingizda tarixiy natija qayd etib, terma jamoamiz Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Maqsadimiz, shunchaki Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish emas, balki ushbu musobaqada munosib ishtirok etish hisoblanadi. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Ish boshlashdan avval Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashib, fikr va tajriba almashib olishingiz ham mumkin. 

Shuningdek, Superligada qatnashayotgan klublar murabbiylari ham Siz bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishadi. Vaqt yo‘qotmaslik uchun hozirda Olimpiya terma jamoasi bilan tajribali mutaxassisimiz Ravshan Haydarov ish olib bormoqda. Terma jamoa ayni paytda Antaliyada tayyorgarlik ishlarini olib boryapti. Haydarov ham Sizning shtabingizdan joy olib, hamkorlikda ishlaydi. O‘ylaymanki, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, albatta o‘z maqsadimizga yetamiz. O‘zbekistonga xush kelibsiz!" - dedi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov serbiyalik mutaxassis bilan muloqot chog‘ida.

  "O‘zbekistonda ish boshlayotganimdan juda xursandman. Biz birgalikda oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalaymiz. Buning uchun yetarlicha tajribaga egamiz, deb o‘ylayman. Yuqorida to‘g‘ri ta’kidladingiz, agar bir oila bo‘lib ishlaydigan bo‘lsak, albatta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Bunga ishonchim komil", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Lyubinko Drulovich.   Ma’lumot uchun:   Lyubinko Drulovich Fuqaroligi: Serbiya Tug‘ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh) Murabbiylik darajasi: UYEFA "PRO" diplomi egasi (2007 yil) Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan   Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari: 1. Angola Superkubogi G‘olibi – "Agosto" FK 2010-2011  2. Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013 3. "Partizan" FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi - 2015-2016 4. BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan - 2017 yil    Shaxsiy yutuqlari: Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:13, 23.01.2019. O'qildi: 11882 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик