Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston karate milliy federasiyasi bilan bog‘liq mojaroga oydinlik kiritadi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/karate
Rukn: Yangiliklar
A A A

Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali shakllantirish, jahon andozalari darajasidagi sport infratuzilmasini yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, zamonaviy sport infratuzilmasini barpo etish hamda jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar, kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Jumladan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmdan amaliyotda noto‘g‘ri foydalanilayotganligi qator muammolarni yuzaga chiqarmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmonida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar va boshqa sport mutaxassislarini tayyorlash hamda olimpiya sport turlarini rivojlantirish qismi bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport sub’ektlari, shu jumladan, Vazirlikning faoliyatini muvofiqlashtirishi belgilab qo‘yilgan. Farmonga ko‘ra, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federasiya (assosiasiya)lari uchun ajratilayotgan homiylik mablag‘lari O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida jamlanishi hamda sport federasiya (assosiasiya)lari faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga va shu jumladan yetuk xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilish uchun sarflanadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2018 yil 2 apreldagi 35-sonli bayoniga muvofiq, sport federasiya (assosiasiya)lari uchun belgilangan mablag‘larning maqsadli va to‘g‘ri sarflanishiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ul hisoblanadi.

Ushbu talablardan kelib chiqib, sport federasiya (assosiasiya)lari faoliyatini tashkil qilish, ularni tegishli sport inventarlari bilan ta’minlash, mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, xalqaro musobaqalarda milliy terma jamoa a’zolarining ishtiroki uchun ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri va maqsadli sarflanishi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining doimiy e’tibori va nazoratida.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ajratilgan mablag‘larni amaldagi qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri va maqsadli ishlatilishi holatlarini sport federasiya (assosiasiya)lari tomonidan taqdim etilgan texnik va moliyaviy hisobotlar asosida doimiy ravishda tahlil qilib kelmoqda. O‘z navbatida, tahlil natijalari bo‘yicha hamda ayrim sport federasiya (assosiasiya)lari rahbarlarining xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarda bayon etilgan vajlarga baho berish va qonuniy qaror qabul qilish uchun taalluqliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilmoqda.

Xuddi shunday, O‘zbekiston Karate Milliy federasiyacining sobiq rahbarlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan bir guruh sportchilarning shikoyatlari o‘rganib chiqilib, natijasiga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan 2018 yil 31 oktyabrda N.Iminovning murojaati yuzasidan yuborilgan so‘rov xatiga asosan mavjud hujjatlar prokuratura idoralariga taqdim etilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan O‘zbekiston Karate Milliy federasiyasi sobiq rahbari Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167 va 165-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga tegishliligi masalasini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan.

O‘tkazilgan tekshiruvlarda N.Nafasovning 2018 yil 16 maydan boshlab, ya’ni O‘zbekiston Karate milliy federasiyasi raisi lavozimiga tayinlangan kundan 2018 yil 1 dekabrgacha bo‘lgan faoliyati tekshirilganda 4 ta holatda 125,5 mln.so‘mdan ziyod pul mablag‘lari maqsadsiz va ortiqcha sarflanganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan bu kabi salbiy holatlarni kelgusida oldini olish, sport federasiya (assosiasiya)lariga ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash, xodimlar o‘rtasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash hamda sohada suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarini bartaraf etishga qaratilgan tegishli tushuntirish va profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:55, 24.01.2019. O'qildi: 4948 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик