Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Kovalyov qamaladi...mi?

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A
Rossiyalik va kolumbiyalik bokschilar - Sergey Kovalyov hamda Eleyder Alvares o‘rtasidagi chempionlik jangi o‘tkazilishiga sanoqli kunlar qolganida rossiyalik charm qo‘lqop ustasi borasida noxush yangilik tarqaldi.    18 yanvar kuni TMZ Sports Kovalyovni jinoyat sodir etishda ayblanayotganligi borasida ma’lumot berdi.     Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik bokschiga bir ayolni do‘pposlash bo‘yicha ayb qo‘yilmoqda. Xabarda aytilishicha, Sergey 2018 yilning 9 iyun kuni AQSHning Big-Ber (Kaliforniya shtati) shahridagi tadbirda bir qiz bilan tanishib, bir do‘sti bilan uni uyiga kuzatib qo‘yishga qaror qilgan. TMZning ma’lumotiga qaraganda, rossiyalik bokschi yo‘lda qizga hujum qilgan. Bunga esa bokschining qizga uni yoqtirib qolganligini aytganligi, u esa bunga rad javobini berganligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Jabrlanuvchi qizning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng, Kovalyov uni do‘pposlagan. Buning natijasida esa qiz jiddiy tarzda jarohat olib, burni sinib, miyasi chayqalgan va bo‘yin sohasi lat yegan.   AQSH polisiyasi jurnalistlarga bokschi qizga jiddiy tan jarohati yetkazishda ayblanganidan keyin darhol qamoqqa olinganligini ta’kidladi. Bunday xatti-harakatlar uchun esa Kovalyov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.   Ishni qayta ko‘rib chiqish esa mart oyida bo‘ladi. Boisi, Kovalyov o‘z aybini tan olmadi. Xabarlarga qaraganda, mazkur hodisa rossiyalik charm qo‘lqop ustasining kolumbiyalik bokschi Eleyder Alvares bilan bo‘lib o‘tgan birinchi jangi arafasida yuz bergan.  Eslatib o‘tamiz, o‘sha bellashuvning 7-raundida Kovalyov nokautga uchrab, WBO tasnifi bo‘yicha yarim og‘ir vazndagi chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgandi.   Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, o‘sha jangda rossiyalik bokschining jismoniy holati yaxshi bo‘lmagan va uning unchalik ham taniqli bo‘lmagan, ammo baquvvat bo‘lgan Alvaresdan mag‘lubiyatga uchragani ko‘pchilik eks-pertlar uchun kutilmagan holat bo‘lgandi. Sergeyning o‘sha jang arafasidagi holatini esa mazkur janjal bilan izohlash mumkin. TMZ-ning taxmini bo‘yicha, sportchi tadbirda o‘sha qiz bilan kun tartibiga amal qilmagan holda ishtirok etib, keyin tanishgan. Bunga esa ishonsa bo‘ladi. Boisi, Kovalyov oldin ham shunga o‘xshash muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, ancha chidamliligi bois, bu uning ishtirokidagi bellashuvlarda unchalik ham bilinmasdi.   Bunga misol sifatida esa Sergeyning Andre Uord va Ayzek Chilembga qarshi kechgan janglarini keltirish mumkin. Qisqasi, Kovalyovning jismoniy holati unchalik ham yaxshi emasligi oldin ham ma’lum edi. Albatta, R4R (The Ring jurnali) reytingi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turgan va asosiy 3ta tasnif bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan bokschining Amerika qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jiddiy muammosi ko‘pchilik rossiyalik mutaxassislarni xavotirga solmoqda. Bu haqda Kovalyovning menejeri Egis Klimas ham ta’kidlab o‘tdi   - Hozir Sergeyning ko‘z o‘ngida jang unga qo‘yilgan ayblov bilan boshlanmoqda. Umid qilamizki, Kovalyovda bellashuvdan so‘ng, sudda barchasini o‘z o‘rniga qo‘yish imkoniyati yuzaga keladi, - dedi bokschining menejeri Klimas «360» telekanaliga bergan intervyusida.   Uning fikriga shuningdek, boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Yegor Mexonsev ham qo‘shiladi. Shuningdek, u nima uchun mazkur hodisa oldinroq emas, nega aynan Sergeyning revansh jangiga sanoqli kunlar qolganida kun tartibiga olib chiqilganligiga tushunmayotganligini ta’kidladi. - Bu salbiy holat. Lekin men aslida bu voqelik qanday yuz berganligini bilmayman. Bokschi qizga hujum qilganmikan yoki qiz unga? Internetda Kovalyov qizning burnini sindirganligi, yana tanasining ayrim qism-lariga jarohat yetkazganligini ham o‘qidim. Balki qizning o‘zi Sergeyga tashlangandir va mast bo‘lgandir? Buni hech kim bilmaydi.   Nima uchun bu janjalli hodisa endi qo‘zg‘atalayotganligini tushunolmayapman. Balki qiz do‘pposlangan paytda Kovalyov uning yonida bo‘lgandir? Shuning uchun qiz hamma aybni unga ag‘darishga harakat qilgandir? Muhim jangga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sizda sud va qamoqqa tushish xavfi yuzaga kelsa, qanday ahvolga tushishni tasavvur qilavering. Men AQSHda qonunlarning qattiqligi va bunday hodisaga qanday munosabatda bo‘lishlarini juda yaxshi bilaman.   Boisi, men u yerda yashaganman. Ushbu voqelik Sergey uchun ozodlikdan mahrum etilishi va ringda qiynalib topgan mablag‘larini sarflash bilan yakun topishi ehtimoldanxoli emas. Lekin bu yomon ssenariy. Menimcha, ushbu hodisaning salbiy tomoni bo‘lganida, ushbu voqelik ertaroq yuzaga chiqqan bo‘lardi, - dedi Mexonsev «Chempionat»ga. Ammo rossiyalik charm qo‘l-qop ustasining promouteri Ket Duvaning ta’kidlashicha, Sergeyning Alvaresga qarshi kechadigan revansh jangi o‘tkaziladi va sport atrofidagi   boshqa voqeliklarga sportchi bahorda qaytadi.   Hozircha mazkur janjalning qahramonlari borasida xulosa chiqarish qiyin. Kovalyovning o‘zi yuz bergan janjalli hodisa bo‘yicha hozircha hech qanday bayonot bermadi. Lekin ishonch bilan aytish mumkinki, bu haqda undan Alvaresga qarshi kechadigan bellashuv oldidan so‘rashadi. Har qanday holatda ham ushbu voqelikka mart oyida oydinlik kiritiladi. Shuning uchun Sergeyning muhim jang oldidan sovuqqonlikni yo‘qotmasligi va unga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, keyin esa o‘zining boksdan tashqaridagi muammolari bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Aytgancha, kuni kecha Sergey Kovalyov kamarini qaytarib olish uchun amaldagi WBO yo‘nalishi chempioni kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.  Jang 12 raund to‘liq davom etdi va g‘olib bokschi ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Raundlarning kattagina qismida ustunlikka ega bo‘lgan Kovalyov hakamlar qaroriga ko‘ra 116-112, 120-108 hisobida g‘alaba qozonib, WBO chempionlik kamarini qaytarib oldi. U o‘tgan yilning avgust oyida yettinchi raundda texnik nokaut evaziga Alvaresga imkoniyatni boy bergandi. 
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:11, 04.02.2019. O'qildi: 4867 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик