Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerga aylangan terma jamoamiz futbolchilari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mavsumlar oralig‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bir qator futbolchilar xorijiy klublar safiga o‘tib, legionerga aylanishdi. E’tiboringizga qaysi futbolchimiz qaysi klubga o‘tgani haqida qisqacha tahliliy ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Ikrom Aliboyev - "Lokomotiv" - "Seul" (Janubiy Koreya)

Ikrom Aliboyev Toshkentning "Lokomotiv" klubida ajoyib mavsum o‘tkazdi. Uning Osiyo chempionlar ligasi 1-turida BAAning "Al-Vahda" jamoasiga maydon markazidan urgan goli turning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi. Keyin Aliboyev yozda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U musobaqaning chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Aynan mana shu o‘yindagi harakatlari Koreyaning "Seul" klubi rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan shekilli, ular Aliboyevga shartnoma taklif qilishdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi o‘tgan yilning 13 dekabr kuni "Seul" jamoasi a’zosiga aylandi.      "K-liga" musobaqasiga mart oyida start beriladi. Ikrom Aliboyev jamoasi 3 mart kuni "Poxang stilers" jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi. 

 

Doston Tursunov - "Neftchi" - "Renofa Yamaguchi" (Yaponiya)

O‘tgan yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasining chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri, Farg‘onaning "Neftchi" klubi sardori Doston Tursunov o‘tgan yil 17 dekabr kuni Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. «Renofa Yamaguchi» Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi. Klub o‘tgan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-o‘rinni egallagan.    Yaponiyaning "J2" ligasida yangi mavsum 24 fevralda boshlanadi. Shu kuni "Renofa Yamaguchi" jamoasi "Kashiva Reysol" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 



Sardor Rashidov - "Lokomotiv" - "Nasyonal" (Portugaliya)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, "Lokomotiv" klubi hujumchisi Sardor Rashidov endilikda Portugaliyaning "Nasyonal" jamoasi sharafini himoya qiladi. Rashidovga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo‘lganiga qaramay, u Yevropa klubida o‘ynashga qaror qildi. "Nasyonal" klubi shu yilning 16 yanvar kuni Sardor Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Terma jamoamiz hujumchisi "Nasyonal"da 77-raqamda harakat qiladi. Ayni paytda Portugaliyada 20-tur nihoyasiga yetdi. "Nasyonal" klubi so‘nggi turda "Vitoriya Setubal"ga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Rashidov jamoasi 21-turda "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz aynan mana shu o‘yinda debyut uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.

 

Ignatiy Nesterov - "Lokomotiv" - "Uhud" (Saudiya Arabistoni)

BAA yashil maydonlarida o‘tgan musobaqada o‘zining 5-Osiyo Kubogida ishtirok etgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Osiyodagi yagona futbolchiga aylangan Ignatiy Nesterov terma jamoamizning yuragi ekanini barchaga yana bir bor isbotlay oldi. Uning ishonchli harakatlari ko‘plab vaziyatlarda terma jamoamiz darvozasini muqarrar gollardan saqlab qola oldi. Nesterovning o‘yinlari nafaqat muxlislarda, balki Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasi rahbariyatida ham katta tassurot qoldirib, klub 27 yanvar kuni Nesterov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Nesterovning poyqadami omadli kelib, "Uhud" jamoasi u qatnashgan so‘nggi ikkita o‘yinda mavsum boshidan beri ilk marta ketma-ket ikkita g‘alabaga erishganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Shunga qaramay, "Uhud" jamoasi 19ta turdan keyin 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida boryapti.

 

Rustam Ashurmatov - "Bunyodkor" - "Gvangju" (Janubiy Koreya)

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan "Bunyodkor" a’zosi Rustam Ashurmatov yangi mavsumni Janubiy Koreyaning ikkinchi divizioni vakili "Gvangju" tarkibida boshlaydigan bo‘ldi. "K liga 2" musobaqasida yangi mavsumga mart oyida start beriladi. Rustam Ashurmatov jamoasi "Seoul E-Land" jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi.

  Barcha legionerlarimizga o‘zlarining yangi jamoalari tarkibida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:30, 08.02.2019. O'qildi: 13234 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик