Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lokomotiv», «Paxtakor» va yana 4 klub akademiya bo‘yicha minimal talabni hozirgacha bajarmagan

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2017 yilning to‘rtinchi choragidan boshlab Superliga futbol klublarini akademiya masalasida ogohlantirib keldi. Davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirib kelingan klublar aslida 2007 yildan boshlab o‘z akademiyalariga bosqichma-bosqich ega bo‘lib borishlari belgigab qo‘yilgan. Ammo oradan 12 yil vaqt o‘tsa-da, bir qator klublar hukumatning bu talabini bajarmagan. Hozirgacha faqatgina “Nasaf” va “Bunyodkor” futbol akademiyalari qoniqarli faoliyat olib bordi. “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” futbol akademiyalari esa yildan-yilga izdan chiqib borgan.

2018 yilga kelib mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 14 ta futbol akademiyasi O‘FA qoshida tashkil etildi. Ya’ni, klublar 12 yildan buyon paysalga solib kelgan ish birgina 2018 yilda uddalandi. 2022 yilga qadar mazkur 14 ta futbol akademiyasi to‘liq ta’mirdan chiqib ulguradi. Muhimi, akademiyalar uchun joy ajratilgan, endilikda ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kerak bo‘ladi.

2018 yilda “Lokomotiv”, “Paxtakor”, AGMK, “Metallurg”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912” kabi futbol klublari natija ketidan quvib, yulduz futbolchilar uchun katta chiqimlar qildi. Biroq mana shu davr ichida ular o‘z futbol akademiyasini tashkil qilib ulgurmadi. Faqatgina O‘FA 2019 yilgi lisenziyalash jarayoniga futbol akademiyasi talabini qat’iy joylashtirgach, ular harakatga keldi.

O‘FA o‘z qaramog‘ida bo‘lgan futbol akademiyalarini bosqichma-bosqich futbol klublariga beradi. Ayni vaqtda hukumat 14 ta futbol akademiyaning har biriga 2,5 milliard yillik smeta ajratayotgan bo‘lsa, o‘z futbol akademiyasiga ega bo‘lmagan klublar 2019 yilda shuning teng yarmi — 1,25 milliard so‘m bilan futbol akademiyalariga sherikchilik qilishi ko‘zda tutilgan. Shunda futbol akademiyasi yillik 3,75 milliard so‘mga ega bo‘ladi. Bu mablag‘lar moddiy-texnik bazani mustahkamlash, malakali kadrlarni jalb qilish, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining talab qilingan darajada ovqatlanishi, tibbiy muolajalari va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi. 2020 yilga kelib futbol klublari davlat korxonalaridan olayotgan mablag‘laridan endi 2,5 milliard, ya’ni, davlat ajratayotgan ulush bilan teng miqdorda futbol akademiyasi uchun jalb qilishlari kerak bo‘ladi. 2021 yilga kelib futbol klublari 3,75 milliard so‘mni bevosita futbol akademiyasi yo‘naltiradi va 2022 yilga kelib bu miqdor 5 milliard so‘mga yetkaziladi.

Mana shu reja asosida davlat korxonalari ajratayotgan smetalardan ma’lum foizi maqsadli ravishda bolalar futbol akademiyalariga yo‘naltiriladi. Natijada O‘zbekistonda “Nasaf” va “Bunyodkor”ning hozirgi holatidan kam bo‘lmagan yigirmaga yaqin futbol akademiyasi faoliyat olib boradi. Agar futbol klublari 2019 yil davomida o‘z futbol akademiyalarini ishga tushirsa, O‘FA qoshidagi futbol akademiyalariga pul ajratishi shart emas. Biroq O‘FA har bir klub o‘z futbol akademiyasi uchun ajratayotgan summani nazorat qilib boradi. Bu summa minimal talabdan kam bo‘lmasligi shart. Masalan, “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi klublar o‘z futbol akademiyasi uchun yillik tahminan 4 milliard so‘m ajratib keladi. Natijasini hamma ko‘rib turibdi. Birgina Odil Hamrobekovning transferi ortidan “Nasaf” 2,5 milliard so‘m ishlab olmoqda. “Bunyodkor” esa Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov, Sardor Rashidov kabi tarbiyalanuvchilari ortidan ancha salmoqli transferlarga qo‘l ura olgan.

2019 yilga kelib yuqorida nomi ko‘rsatilgan Superliganing olti klubi yana eski bahonalar bilan cheklanyapti. Ammo endi qaror qat’iy. O‘FA ularning kelajakdagi rejalarini hurmat qiladi, biroq klublarni musobaqaga qo‘yayotganda ularning akademiya bo‘yicha talablarini jiddiy nazorat qiladi. Yillik 30 milliard smetaga ega klublarning futbol akademiyasi uchun 1,25 milliard so‘m ajrata olmasligini tushunish qiyin. Aslida klublar faqatgina shu summani birgina futbolchini qo‘lga kiritish, uni ikki shartnomaga qo‘l qo‘ydirish uchun bo‘lgan kurashlarga ham sarflab yuboradi.

Ayni vaqtda “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912”, AGMK, “Metallurg” va “Buxoro” futbol klublari bu talablarni bajarmagan. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, mazkur klublar Superliga uchun bo‘lgan 600 millionlik badal puli yoniga 1,25 milliard so‘mni to‘labgina chempionatga qo‘shiladi. PFL ularning ayrimlari uchun va’da qilingan mukofot pullarini shuning hisobidan qoplab beradi. Ortganini esa bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga o‘tkazib beradi. Yo‘qsa, yuqorida nomlari qayd etilgan futbol klublari Superligadan chetlashtiriladi. Ular qanday natijalar qayd etgan bo‘lmasin, endi o‘zbek futboli o‘z-o‘zini aldamaydi. Davlat korxonalari ajratayotgan pullarning maqsadli sarflanishi yo nazorat qilinishi yoki biz o‘z-o‘zimizni aldashda davom etishimiz kerak.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Mash’al” izdan chiqib ketgan futbol akademiyasini qayta tiklash ustida ishlayapti. Shuningdek, “Xorazm” va “Surxon” klublari ham akademiya uchun qo‘yilgan minimal talablarni bajarishni boshlagan. PFL yangi mavsumga qur’a tashlash marosimini shu kabi sabablar, klublarning eski tizimda ishlashga o‘rganib qolgani vajidangina kechiktiryapti. Agar talablar o‘z vaqtida bajarilmasa, klublar chetlashtirilishi yoki chempionat starti yana cho‘zilishi mumkin. Har yili bo‘lgani kabi kamchiliklarga ko‘z yumib, chempionatni start oldirish ham mumkin. Biroq 2019 yilgi mavsumda bunday bo‘lmaydi. O‘nlab klublar shu vaqtgacha sarf etib yuborgan pullar hisobiga bir qator samarali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Biroq hozir qat’iy turilmasa, bu kabi ishlar to‘xtashi qiyin. Oddiy misol, 2019 yilgi mavsum davomida yuqoridagi klublar legionerlar uchun umumiy qancha sarf qilganini tekshirish mumkin. O‘sha legionerlar klubga qanchalik foyda keltirgani har kimning o‘ziga havola. Akademiya uchun qo‘yilgan kapital esa “Bunyodkor” va “Nasaf” misolida samaraliroq ekani isbotlanib bo‘lgan.

Professional futbol ligasi yuqoridagi talabni to‘g‘ri tushungani va shu yo‘lda ish olib borayotgani uchun “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladzega minnatdorchilik bildiradi. Biroq yakuniy qadam tashlanmaguniga qadar “Paxtakor”dek klubga ham Superligada ishtirok etish uchun ruxsat bermaydi. Bu fikr qolgan 5 ta klub uchun ham tegishlidir.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:40, 14.02.2019. O'qildi: 4779 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик