O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro uchrashuvlarni boshqarish uchun tayinlov olishayotgani haqida xabaringiz bor.
Hamyurtimiz Valentin Kovalenko 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan Xitoyning "Shandun Lunen" va Vyetnamning "Xanoy T&T" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Temur Gaynullinlar yordam berishadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni Toshkentning "Paxtakor" va Olmaliqning "AGMK" jamoalari ham 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarni o‘tkazishadi. "Paxtakor" BAAning "Al-Nasr" jamoasiga qarshi, "AGMK" esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoalariga qarshi kuch sinashishadi.
Kiritildi: 16:47, 14.02.2019. O'qildi: 1899 marta. Fikrlar: 1 ta.