Italiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Fiorentina» – «Inter» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Artemio Franki» stadionida kechgan o‘yinda jangovar durang qayd etildi.
"Fiorentina" so‘nggi 3 oy ichida uchinchi marta qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirib, uchinchi marta 3:3 hisobini qayd etishmoqda.
"Binafsharanglilar"ning bu galgi qurboni "Inter" bo‘ldi. O‘yin "neradzurri" juda yaxshi borayotgandi. Mezbonlarning 20-soniyadayoq (!) hisobni ochgan bo‘lsalar-da, milanliklar nafaqat tezda hisobni tenglashtirishdi, balki keyinchalik 3:1 hisobida ham oldinga chiqib olishdi.
Ammo dastlab 73-daqiqada mezbonlar hisobni bittaga qisqartirishdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa to‘p mehmon futbolchisining qo‘liga tegdi. Hakam esa VAR yordamida penalti belgiladi. Veretu 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
Umuman olganda, hakam 6ta goldan 4tasida VARga murojaat qildi. Natijada 13 daqiqa vaqt yo‘qotildi.
"Inter" esa 2 ochkodan mahrum bo‘ldi. Milanliklar 47 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda va peshqadam «Yuventus»dan 22 ochko ortda qolmoqda.
Fiorentina – Inter 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol de Vrey, 1:1 – 6 Vesino, 1:2 – 40 Politano, 1:3 – 52, penalti Perishich, 2:3 – 74 Muriel, 3:3 – 90+11, penalti Veretu.
Fiorentina – Lafon, Biragi, Lorini (Dabo, 79), Chekkerini, Vitor Ugo, Jerson, Fernandesh, Benassi, Veretu, Kyeza, Simeone.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Dalbert (Asamoa, 62), Shkrinyar, D`Ambrozio, Nainggolan (Valero, 89), Vesino, Brozovich, Perishich, Politano (Kandreva, 77), Martines.
Ogohlantirishlar: Nainggolan (57), Shkrinyar (64), Politano (71), Lafon (87), Brozovich (89).