«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva mavsum yakunida klubni tark etadi.
Bu haqda «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning yordamchisi Pep Leynders Angliya Kubogi doirasida shanba kuni «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yindan (4:0) so‘ng ma’lum qildi.
«Bir futbolchini xuddi shunday boshqasi bilan almashtirishning iloji yo‘q, chunki bunaqasi boshqa mavjud emas. Bernardu Silva — noyob futbolchi. U o‘yinni nazorat qiladi, harakatlanadi, qarorlar qabul qiladi, jamoani o‘z ortidan boshlaydi va yechimlarni ko‘ra oladi. Bu juda qiyin bo‘ladi, chunki avval aytganimdek, u o‘ynamagan paytda uning yo‘qligi darrov bilinadi — va bu atigi birgina o‘yin. Endi butun bir mavsumni tasavvur qilib ko‘ring.
Ammo har qanday yaxshi voqea qachondir yakuniga etadi. Umid qilamanki, u [jamoadagi] so‘nggi oylaridan zavq oladi — oldinda atigi oltita tur qoldi — va munosib tarzda xayrlashadi. U bunday e’tiborga to‘laqonli loyiq», — dedi Leynders.
Bernardu 2017 yildan beri «Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda va klub bilan birga 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Chempionlar ligasi va APLdagi 6 ta chempionlik tituli ham bor.